Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi
29 noyabr 2023, 17:02

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Yetakchilar keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari rivojlanib, kengayib borayotganini qayd etdi.

Farg‘ona viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
28 noyabr 2023, 20:18

Farg‘ona viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Nuriddin Mamajonov Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshlig‘i sifatida ishlab kelgan.

Raqobat qo‘mitasi rahbari ishdan olindi
28 noyabr 2023, 14:47

Raqobat qo‘mitasi rahbari ishdan olindi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Shaxrux Sharaxmetov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Ochiq e’lon qilinishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati keygaytirildi
28 noyabr 2023, 10:13

Ochiq e’lon qilinishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati keygaytirildi

Prezident farmoni bilan Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati kengaytirildi. 1-dekabrdan “Haj”ga borish uchun navbatda turganlar, bolalarni “bog‘cha”ga qabul qilish bo‘yicha arizalar navbati va yana 3 turdagi ma’lumotlar ham ochiq e’lon qilinadi.

O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi yangi bosh konsuli vazifasini bajarishga kirishdi
27 noyabr 2023, 10:27

O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi yangi bosh konsuli vazifasini bajarishga kirishdi

Jamil Sharapov O‘zbekistonning Nyu-Yorkda bosh konsuli vazifasini bajarishga kirishdi. U shu paytga qadar TIVning Konsullik-huquqiy departamenti direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Senatda deputatlarni aralash saylov tizimi asosida saylash ko‘zda tutilgan qonun ma’qullandi
24 noyabr 2023, 17:45

Senatda deputatlarni aralash saylov tizimi asosida saylash ko‘zda tutilgan qonun ma’qullandi

Senatorlar Qonunchilik palatasi saylovi aralash saylov tizimi asosida o‘tkazilishini nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Shuningdek, siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlar ko‘rsatayotganda ayollar sonining eng kam miqdorini nomzodlar umumiy sonining 30 foizdan 40 foizga oshirish rejalashtirilmoqda.

YIning sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili 29−30-noyabr kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi
24 noyabr 2023, 15:22

YIning sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili 29−30-noyabr kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi

Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O’Sallivan 29−30-noyabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu uning so‘nggi yetti oy ichida Toshkentga qilgan ikkinchi tashrifi sanaladi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Bokuda muzokara o‘tkazdi
24 noyabr 2023, 14:32

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Bokuda muzokara o‘tkazdi

BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi birinchi sammitida qatnashish uchun Bokuga borgan Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokara olib bordi. 2024-yilni mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni jadal rivojlantirish yili deb e’lon qilish taklif etildi.

Prezident yerlardan samarasiz foydalanayotgan hokimlarni tanqid qildi
23 noyabr 2023, 11:26

Prezident yerlardan samarasiz foydalanayotgan hokimlarni tanqid qildi

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligidan olingan 17,5 ming gektar yer tadbirkorlarga berilmagan va auksionga ham qo‘yilmagan. Prezident viloyat hokimlarini bu yerlar yil oxirigacha auksionga chiqarilmasa, qishloq xo‘jaligi toifasiga qaytarilishi haqida ogohlantirdi.

Samarqand YUNESKOning navbatdagi anjumaniga mezbonlik qiladi. U 1985-yildan beri ilk bora Parijdan tashqarida o‘tkaziladi
23 noyabr 2023, 09:51

Samarqand YUNESKOning navbatdagi anjumaniga mezbonlik qiladi. U 1985-yildan beri ilk bora Parijdan tashqarida o‘tkaziladi

YUNESKO Bosh konferensiyasining navbatdagi sessiyasi 2025-yilda Samarqandda bo‘ladi. U 1985-yildan beri ilk marta Parijdan tashqarida o‘tkaziladi. Tashkilotga a’zo davlatlardan hech biri o‘z hududida konferensiyani o‘tkazishga taklif bermagani sabab oxirgi sessiyalar tashkilot shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tayotgandi.

Pekinda Xitoy va O‘zbekiston TIV rahbarlarining birinchi strategik muloqoti bo‘ldi
22 noyabr 2023, 21:07

Pekinda Xitoy va O‘zbekiston TIV rahbarlarining birinchi strategik muloqoti bo‘ldi

O‘zbekiston va Xitoy tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov hamda Van I Pekinda ikki davlat tashqi ishlar vazirlarining birinchi strategik muloqotini o‘tkazdi. Unda siyosiy va iqtisodiy sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Prezident 23-noyabr kuni Ozarbayjonga boradi
22 noyabr 2023, 17:38

Prezident 23-noyabr kuni Ozarbayjonga boradi

Shavkat Mirziyoyev Bokuda o‘tkaziladigan BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPEKA) birinchi sammitida ishtirok etish uchun 23−24-noyabr kunlari Ozarbayjonda bo‘ladi.

Endi viloyat kadastr boshliqlari bosh vazir tomonidan tayinlanadi
22 noyabr 2023, 17:37

Endi viloyat kadastr boshliqlari bosh vazir tomonidan tayinlanadi

O‘zbekiston bosh vaziri Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish huquqini oldi. O‘zbekiston prezidenti kadastr sohasi uchun kadrlar tayyorlash sifati “zamondan orqada” ekanini ta’kidladi.

Sharof Uralov IIV Probatsiya xizmatiga rahbar bo‘ldi
21 noyabr 2023, 12:07

Sharof Uralov IIV Probatsiya xizmatiga rahbar bo‘ldi

Sharof Uralov IIV Jamoat xavfsizligi departamenti probatsiya xizmati boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar vazirlikning Voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlashni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

“Iqlim o‘zgarishini inobatga olib, dunyoqarashimizni ham o‘zgartirishimiz kerak” — prezident
20 noyabr 2023, 14:22

“Iqlim o‘zgarishini inobatga olib, dunyoqarashimizni ham o‘zgartirishimiz kerak” — prezident

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallaga tashrifi chog‘ida energiyani tejash, har bir insonda tejamkorlik madaniyatiga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish zarurligini ta’kidladi. “Dunyodagi iqlim o‘zgarishlari bizdan uzoqda, deb bo‘lmaydi. O‘tgan yilgi sovuq buni ko‘rsatdi”, — dedi u.

Zafarbek Ahmedov O‘zbekistonning O‘sh shahridagi bosh konsuli bo‘ldi
20 noyabr 2023, 14:04

Zafarbek Ahmedov O‘zbekistonning O‘sh shahridagi bosh konsuli bo‘ldi

Zafarbek Ahmedov O‘zbekistonning O‘sh shahridagi bosh konsuli etib tayinlandi. Shu paytga qadar u konsullik-huquqiy departamenti bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

O‘zbekistonning Italiyadagi yangi elchisi o‘z missiyasini boshladi
20 noyabr 2023, 10:18

O‘zbekistonning Italiyadagi yangi elchisi o‘z missiyasini boshladi

O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi etib tayinlangan Abat Fayzullayev mamlakat prezidenti Serjo Mattarellaga ishonch yorliqlarini topshirdi.

O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi missiyasini yakunlamoqda
19 noyabr 2023, 14:41

O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi missiyasini yakunlamoqda

O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi Jahongir G‘aniyev diplomatik missiyasi yakunlanishi munosabati bilan mamlakat tashqi ishlar vazirligi vakili Anxeles Morena Bau bilan uchrashdi. U o‘zbekistonlik diplomatga ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston 2−3 yil ichida neft mustaqilligiga erishmoqchi
18 noyabr 2023, 16:27

O‘zbekiston 2−3 yil ichida neft mustaqilligiga erishmoqchi

Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida o‘tgan yig‘ilishda Surxondaryoda amalga oshirilayotgan yirik sanoat loyihalari haqida gapirdi. Boysundagi gaz-kimyo majmuasining ishga tushirilishi va geologiya-qidiruv ishlarining kengayishi O‘zbekistonning 2−3 yil ichida neft mustaqilligiga erishishiga olib kelishi kutilmoqda.

O‘zbekiston TIV rahbari strategik muloqotda ishtirok etish uchun Xitoyga tashrif buyuradi
17 noyabr 2023, 20:37

O‘zbekiston TIV rahbari strategik muloqotda ishtirok etish uchun Xitoyga tashrif buyuradi

O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov 19−22-noyabr kunlari Xitoyda tashqi ishlar vazirlarining birinchi Xitoy-O‘zbekiston strategik muloqotida ishtirok etadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting