Siyosat

2021 yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili deb e’lon qilindi
29 dekabr 2020, 12:31

2021 yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili deb e’lon qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yilni Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili deb e’lon qilishni taklif qildi.

O‘zbekiston prezidenti parlamentga murojaatlarida eng ko‘p qaysi so‘zlarni ishlatgan
28 dekabr 2020, 17:13 1

O‘zbekiston prezidenti parlamentga murojaatlarida eng ko‘p qaysi so‘zlarni ishlatgan

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari oxirgi 3 yilda qilingan parlamentga murojaatlarning lingvistik va kontent tahlilini o‘tkazib, ularni tasviriy ifodalovchi so‘zlar jamlanmasini tuzdi.

Prezident bir guruh vatandoshlarga mukofotlarni topshirdi
28 dekabr 2020, 16:34

Prezident bir guruh vatandoshlarga mukofotlarni topshirdi

Prezident mustaqillikning 29 yilligi arafasida taqdirlangan bir guruh vatandoshlarga faxriy unvonlar, orden va medallarni topshirdi. “Bu yerda o‘tirganlar bugungi kunning qahramonlari, mardona xalqimizning buyuk vakillari” — deya ta’kidladi davlat rahbari.

Prezident murojaatnomasi 29-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi
28 dekabr 2020, 15:57 1

Prezident murojaatnomasi 29-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi

Davlat rahbari murojaatnomada 2021-yilga nom berishi, mamlakatni yanada rivojlantirishga qaratilgan eng muhim vazifalar, ichki va tashqi siyosatga doir ustuvor yo‘nalishlarni belgilashi kutilmoqda.

Deputatlar prezident xavfsizlik xizmatiga oid qonun loyihasini ko‘rib chiqdi
28 dekabr 2020, 13:06

Deputatlar prezident xavfsizlik xizmatiga oid qonun loyihasini ko‘rib chiqdi

Deputatlar ko‘rib chiqqan prezident xavfsizlik xizmatiga oid qonun loyihasi MDH hamkorlik kelishuvi asosida ishlab chiqilgan hamda AQSh, Rossiya va Koreya tajribasi o‘rganilgan. Hozirga qadar xizmat bir qancha qonunosti hujjatlar asosida faoliyat yuritib kelmoqda. Qonun esa xizmat faoliyatida huquqiy asosni yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.

Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashdi
25 dekabr 2020, 18:01

Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi marta o‘tkazilayotgan O‘zbekiston yoshlari forumiga tashrif buyurib, nutq so‘zladi. Davlat rahbari o‘z nutqida Uchinchi Renessans, yosh volontyorlar faoliyati, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Toshkent tajribasi, «Yoshlar: 1+1» dasturi, Yoshlar kichik sanoat zonalari, «Yoshlar murojaati» elektron platformasi, tadbirkorlikka o‘qigan yoshlarga 4 foizlik kreditlar, yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash va boshqa mavzularga to‘xtaldi.

Qonunga zid izohlar uchun javobgarlik joriy qilindi
25 dekabr 2020, 16:14

Qonunga zid izohlar uchun javobgarlik joriy qilindi

OAV va bloglarda qoldirilgan izohlar uchun javobgarlik joriy etilmoqda. AOKA qonunga zid izohlar haqida resurs egasi va blogerlarni ogohlantiradi, 24 soat ichida izohlar o‘chirilmasa, sudga murojaat qilishi mumkin.

Korrupsiya haqida xabar berganlar to‘g‘risidagi ma’lumot davlat siri etib belgilanishi mumkin
25 dekabr 2020, 12:41

Korrupsiya haqida xabar berganlar to‘g‘risidagi ma’lumot davlat siri etib belgilanishi mumkin

Korrupsiya to‘g‘risida axborot berayotganlarning shaxsi sir saqlanishi, o‘zi va yaqin qarindoshlarining ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishi davlat tomonidan kafolatlanadi. Bu boradagi qonun loyihasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Abdulaziz Kamilov Misrning yangi elchisini qabul qildi
24 dekabr 2020, 17:25

Abdulaziz Kamilov Misrning yangi elchisini qabul qildi

Abdulaziz Kamilov Misr Arab Respublikasining yangi elchisi Amira Fahmiyni qabul qilib, O‘zbekistonga tayinlangani bilan tabrikladi va mas’uliyatli diplomatik missiyasini bajarishida muvaffaqiyat tiladi.

«Qarz oluvchi tarmoq rahbarlari mas’uliyat va javobgarlikni sezayaptimi?» — prezident
24 dekabr 2020, 13:41

«Qarz oluvchi tarmoq rahbarlari mas’uliyat va javobgarlikni sezayaptimi?» — prezident

Shavkat Mirziyoyev investitsiyalar va tashqi savdo sohasidagi bag‘ishlangan yig‘ilishda moliya institutlaridan olingan qarzlarning holati va natijalariga e’tibor qaratdi. «Qarz oluvchi tarmoq rahbarlari qarorlarda belgilangan mas’uliyat va javobgarligini sezayaptimi, yo‘qmi? Man o‘ylaymanki, hali yo‘q», — dedi prezident.

Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollarining ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
24 dekabr 2020, 12:50

Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollarining ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollarining ilk muloqoti tashkil etildi. 2021 yilda muloqotga raislik qilish topshirilgan Tanzila Narbayeva uchrashuvni «mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun mutlaqo yangi maslahat maydonchasi» bo‘lib shakllanayotganini ta’kidladi.

«Markazning bosimi hech qayerda O‘zbekistondagidek kuchli ta’sir ko‘rsatmadi» — Rafiq Nishonov
24 dekabr 2020, 10:38 1

«Markazning bosimi hech qayerda O‘zbekistondagidek kuchli ta’sir ko‘rsatmadi» — Rafiq Nishonov

O‘zbekiston SSR Kommunistik partiya markaziy qo‘mitasining sobiq birinchi kotibi Rafiq Nishonov Sharof Rashidov bilan bo‘lgan munosabatlari, sovet tuzumining siyosati va 1989 yilgi Farg‘ona voqealari haqida gapirib berdi.

AES shartnomasi deyarli tayyor, faqat texnik jihatlari qoldi — Rossiya elchisi
22 dekabr 2020, 10:08

AES shartnomasi deyarli tayyor, faqat texnik jihatlari qoldi — Rossiya elchisi

Atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida shartnoma «deyarli tayyor holatga keltirilgan», faqat texnik jihatlari qolmoqda. Xususan, AES uchun suv sarfini kamaytirish masalalari muhokama qilinmoqda, deya xabar berdi Rossiyaning Toshkentdagi elchisi Vladimir Tyurdenev.

Rossiya O‘zbekistonga mehnat muhojirlari uchun 1 million doza «Sputnik V» vaksinasini yetkazib beradi
21 dekabr 2020, 22:19

Rossiya O‘zbekistonga mehnat muhojirlari uchun 1 million doza «Sputnik V» vaksinasini yetkazib beradi

O‘zbekistondan Rossiyaga ketayotgan mehnat muhojirlari uchun 1 million doza «Sputnik V» vaksinasi yetkazib beriladi, dedi elchi Vladimir Tyurdenev. Bundan tashqari, kelgusi yilda Rossiyadan koronavirusga qarshi ikkinchi «Epivakkorona» vaksinasini sotib olish kutilmoqda.

Markaziy bank va Iqtisodiyot vazirligi rahbariyatlarida tayinlovlar amalga oshiriladi
21 dekabr 2020, 18:02

Markaziy bank va Iqtisodiyot vazirligi rahbariyatlarida tayinlovlar amalga oshiriladi

Saidqahhor Xolxo‘jayev iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari, Akmalxon Ortiqov Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori, Ayubxon Kamalov Markaziy bank raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Oybek Usmanov O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi bo‘ldi
19 dekabr 2020, 14:11

Oybek Usmanov O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi bo‘ldi

Oybek Usmanov O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi lavozimiga tayinlandi.

Ilhomjon Ne’matov MDH Ijrochi kotibining o‘rinbosari bo‘ldi
19 dekabr 2020, 13:50

Ilhomjon Ne’matov MDH Ijrochi kotibining o‘rinbosari bo‘ldi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Ilhomjon Ne’matov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Ijroiya qo‘mitasi raisi — Ijrochi kotibining o‘rinbosari bo‘ldi.

Senat 2021 yil Davlat byudjetini ma’qulladi
18 dekabr 2020, 15:03

Senat 2021 yil Davlat byudjetini ma’qulladi

Senat tomonidan ma’qullangan Davlat byudjetining 2021 yilgi xarajatlari 165,8 trln so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Shuningdek, 2021 yilda Davlat byudjeti daromadlari 147,2 trln so‘m miqdorida yoki joriy yilga nisbatan 13 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda.

Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish masalasi ko‘rib chiqilmaydi — Tanzila Norboyeva
18 dekabr 2020, 14:41

Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish masalasi ko‘rib chiqilmaydi — Tanzila Norboyeva

Senat raisi Tanzila Norboyeva o‘ninchi yalpida Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish masalasi ko‘rib chiqilmasligini va kun tartibidan o‘rin olmaganini aytdi. 11-dekabr kuni o‘tgan Senat Kengashi majlisida esa bu bo‘yicha qonun kun tartibidan o‘rin olgani va ko‘rib chiqilishi ma’lum qilingan edi.

Toshkentda mustaqillikning 30 yilligiga «Istiqlol» majmuasi tashkil etiladi
17 dekabr 2020, 23:05

Toshkentda mustaqillikning 30 yilligiga «Istiqlol» majmuasi tashkil etiladi

Toshkentda mustaqillikning 30 yilligiga «Istiqlol» majmuasi tashkil etiladi. Shuningdek, poytaxtda qurilayotgan yer usti metro halqa yo‘li «O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz yilligi» deb nomlanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting