Jahon yangiliklari dayjesti
23 fevral 2023, 23:36

Jahon yangiliklari dayjesti

Qozog‘istonda vertolyot qulashi oqibatida to‘rt kishining halok bo‘lgani, Moldovaning MDH doirasida o‘nlab bitimlardan chiqayotgani, AQShda qotillikni yoritishga borgan jurnalistning o‘q yeb halok bo‘lgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

23 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
23 fevral 2023, 22:00

23 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida sezilgan zilzila, yana havo sovishi, homilador ayolini o‘ldirgan toshkentlik erkak, Farg‘ona hayvonot bog‘ida nobud bo‘lgan jirafa, O‘zbekistonning qo‘llovi juda muhimligini aytgan Ukraina elchisi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Qashqadaryoda 162 mln so‘mlik imtiyozli kreditni talon-toroj qilgan hokim yordamchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
23 fevral 2023, 18:19

Qashqadaryoda 162 mln so‘mlik imtiyozli kreditni talon-toroj qilgan hokim yordamchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Shahrisabzda hokim yordamchisi o‘zi ta’sischiligidagi MCHJga 162 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib, ushbu mablag‘larni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Unga nisbatan JKning 3 ta moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Namangan viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi
23 fevral 2023, 17:45

Namangan viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi

Shuxrat Aliyev Namangan viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U bungacha Buxoro viloyati IIB boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Tojikistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda yana sezildi
23 fevral 2023, 16:45

Tojikistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda yana sezildi

Farg‘ona va Andijon viloyatlarida Tojikistonda bo‘lgan zilzila kuchi sezildi (2 ball). Payshanba tongida ham O‘zbekistonning 10 dan ortiq hududida yer silkinishlari qayd etilgandi.

Toshkentda ko‘p qavatli uy yerto‘lasida tayanch devorlar o‘zgartirilgani aniqlandi
23 fevral 2023, 15:53

Toshkentda ko‘p qavatli uy yerto‘lasida tayanch devorlar o‘zgartirilgani aniqlandi

Shayxontohur tumani Labzak dahasida fuqaro ko‘p qavatli uy yerto‘lasining tayanch devorlari va kommunikatsiya tarmoqlari joylashuvini o‘zgartirgani ma’lum bo‘ldi. Unga bayonnoma tuzilib, 15 kun muddatda binoni o‘z holiga keltirish topshirildi.

Orenburgda ag‘darilgan avtobusda o‘zbekistonliklar bo‘lmagan — Transport vazirligi
23 fevral 2023, 15:45

Orenburgda ag‘darilgan avtobusda o‘zbekistonliklar bo‘lmagan — Transport vazirligi

Transport vazirligi 22 fevral kuni Rossiyaning Orenburg viloyatida ag‘darilib ketgan avtobusda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lmaganini ma’lum qildi.

Toshkentda toksikologiya markazi tashkil etilishi mumkin
23 fevral 2023, 15:29

Toshkentda toksikologiya markazi tashkil etilishi mumkin

SSV va JSST hamkorligida o‘tkazilgan seminarda Toshkentda toksikologiya markazi tashkil etish masalasi muhokama qilindi. Qo‘llanayotgan kimyoviy moddalar hajmining ortishi, ularning internetdagi savdosi va bular haqda yetarli bilimga ega emaslik tizim uchun qo‘shimcha xavf ekani ta’kidlandi.

O‘zbekistonda 117 ta Volkswagen Caddy «Tez yordam» mashinasi hududlarga tarqatildi
23 fevral 2023, 15:04

O‘zbekistonda 117 ta Volkswagen Caddy «Tez yordam» mashinasi hududlarga tarqatildi

Jizzakh Auto tomonidan 117 ta Volkswagen Caddy «Tez yordam» avtomashinasi hududlarga taqdim etildi. Hozirda ularning umumiy soni 337 taga yetdi. Respublika bo‘yicha yana 640 ta mashina xarid qilinishi rejalashtirilgan.

Yunusoboddagi ko‘chaga Usmon Nosir nomi berildi
23 fevral 2023, 14:42

Yunusoboddagi ko‘chaga Usmon Nosir nomi berildi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori bilan Yunusobod tumani «Buyuk Turon» mahallasidagi (Oloy bozori orqasidagi) ko‘chalarning biriga Usmon Nosir nomi berildi.

O‘zbekiston Turkiya bilan imtiyozli savdo sohasida hamkorlik qiladi
23 fevral 2023, 13:56

O‘zbekiston Turkiya bilan imtiyozli savdo sohasida hamkorlik qiladi

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning 2022 yil bahoridagi tashrifida 2 davlat o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim imzolangandi. Shavkat Mirziyoyev shartnomani tasdiqlash bo‘yicha qaror qabul qildi. Endilikda imtiyozli savdo sohasida hamkorlik qilinadi.

Toshkentda erkak egizak farzand kutayotgan homilador ayolini o‘ldirdi
23 fevral 2023, 12:48

Toshkentda erkak egizak farzand kutayotgan homilador ayolini o‘ldirdi

Chilonzor tumanida 33 yoshli erkak o‘zaro janjal sabab ayolini bo‘g‘ib o‘ldirdi. Natijada ayol qornidagi egizak bolalar ham vafot etdi. Sud ayblanuvchiga 18 yil qamoq jazosini tayinladi.

Subway fastfud tarmog‘i Toshkentda birinchi restoranini ochadi
23 fevral 2023, 12:46

Subway fastfud tarmog‘i Toshkentda birinchi restoranini ochadi

Amerikaning Subway fastfud tarmog‘i Toshkentda o‘zining birinchi restoranini ochadi. U yangi qurilayotgan Tashkent City Mall savdo-ko‘ngilochar markazida joylashadi.

Toshkent viloyatida 3 ayol bola o‘g‘irlayotgani rad etildi
23 fevral 2023, 12:34

Toshkent viloyatida 3 ayol bola o‘g‘irlayotgani rad etildi

Ohangaron shahrida 3 nafar ayol bola o‘g‘irlamoqchi bo‘lgani rad etildi. Toshkent viloyati IIBB ayollar dori sotib yurgani va mahalliy aholi ulardan shubha qilganini bildirdi.

O‘zbekistonda havo yana soviydi
23 fevral 2023, 11:57

O‘zbekistonda havo yana soviydi

25−26 fevral kunlari O‘zbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Harorat kechasi 0…−5 darajagacha, kunduzi 0…+5 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi 19,7 foizga o‘sdi — ITIM
23 fevral 2023, 11:35

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi 19,7 foizga o‘sdi — ITIM

Yanvar oyida o‘zbekistonliklar orasida ko‘chmas mulk sotib olishga talab dekabrga nisbatan 19,7 foizga oshdi. Shu bilan birga, ikkilamchi bozorda uy-joy narxi bir yilda 20,2 foizga ko‘tarildi.

O‘zbekiston yanvarda 633,1 mln dollarlik 13 ta samolyot sotib oldi
23 fevral 2023, 11:35

O‘zbekiston yanvarda 633,1 mln dollarlik 13 ta samolyot sotib oldi

Yanvar oyida O‘zbekistonga Germaniya, Litva, Fransiya, Singapur va Buyuk Britaniyadan 13 ta samolyot olib kelindi. Ularning narxi 633,1 mln dollarni tashkil etdi.

Hududlarda Raqamli tashqi reklama portali ishga tushiriladi
23 fevral 2023, 11:22

Hududlarda Raqamli tashqi reklama portali ishga tushiriladi

Prezident raqamlashtirishni jadallashtirish uchun hududlarda Raqamli tashqi reklama portali ishga tushishini ma’lum qildi. Tashqi reklamadan tushgan pulning 20 foizi viloyatlarning o‘zida sohani rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholining 1,3 mln nafari ishsiz qolmoqda — Behzod Musayev
23 fevral 2023, 11:04

O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholining 1,3 mln nafari ishsiz qolmoqda — Behzod Musayev

Bandlik vaziri Behzod Musayevning ta’kidlashicha, mamlakatda mehnatga layoqatli aholining 1,3 mln nafari ishsiz. 2022 yilda qashshoqlik darajasi 17 foizdan 14,1 foizga tushgan, 2023 yilda bu ko‘rsatkichni 12 foizgacha kamaytirish kutilmoqda. Iqtisodchi hamda bloger esa vazirning bayonotiga ishonchsizlik bildirdi.

Salom Samadov bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga qaytdi
23 fevral 2023, 10:45

Salom Samadov bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga qaytdi

Qashqadaryo prokurori Salom Samadov bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U ushbu lavozimda 2017−2018 yillarda ham ishlagan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting