Toshkentda BMTning Markaziy Osiyoda giyohvand moddalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi dasturi imzolandi

Toshkentda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha boshqarmasi va Markaziy Osiyoning beshta davlati o‘rtasida 2022−2025 yillarga mo‘ljallangan yangi hamkorlik dasturi imzolandi. Dasturning budjeti 90 mln dollarni tashkil etadi.

Retseptsiz beriladigan preparatlar ro‘yxati kengaytirilmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatini bekor qilib, uni yangilash bo‘yicha buyruq loyihasini ishlab chiqdi. Unga muvofiq, retseptsiz beriladigan preparatlar ro‘yxati kengaytirilmoqda.

Farg‘onada 86 mln so‘mlik pirotexnika vositalari savdosi to‘xtatildi

Farg‘ona viloyatida Nexia avtomashinasida 25 mln 200 ming so‘mlik pirotexnika vositalari aniqlandi. Yana bir holatda 61 mln 240 ming so‘mlik pirotexnika vositalari ushlab qolindi.

Toshkentda 12 gektar yerni 1,5 mln dollar evaziga olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Olmazor tumani hokimligining mansabdor shaxslaridan biri 2 nafar sherigi bilan boshqa fuqaroga 12 gektar yerni 1 mln 560 ming dollar evaziga olib bermoqchi bo‘lganida ushlandi. Shuningdek, bank xodimi poytaxtdan fuqaroga uy-joy olishida ko‘maklashish evaziga 2000 dollar olganida qo‘lga olindi.

Poytaxtda o‘quvchilarning sumkalari Milliy gvardiya tomonidan tekshirilgani bo‘yicha izoh berildi

Milliy gvardiya axborot xizmati Toshkentning Yakkasaroy tumanida Milliy gvardiya xodimlari pirotexnika vositalarini yashirgan maktab o‘quvchilarining sumkasidan ularni olib qo‘yganini ma’lum qildi. Voyaga yetmagan shaxslarning ota-onalari voqea haqida zudlik bilan xabardor qilinganligi aytildi.

Toshkent viloyati hokimligi binosi panjaralari olib tashlandi. O‘rniga daraxtlar ekiladi

Toshkent viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yashil bog‘ tashkil etish maqsadida hokimlik binosi atrofidagi panjaralar olib tashlandi. Ularning o‘rniga daraxt ko‘chatlari ekiladi.

MIB 3000 nafardan ko‘proq qarzdorni qidirmoqda. Ularning mingdan ortig‘i xorijda

Majburiy ijro byurosi tomonidan 2021 yilning o‘tgan davrida qarzdorligi tufayli qidiruvga berilgan 7 800 dan ortiq fuqarodan 4 500 nafardan ko‘prog‘i topilgan, 3 264 nafar fuqaro qidirilmoqda. Ushbu shaxslarning 2 149 nafari respublika hududida yashirinib yurganligi, 1 115 nafari chet elga turli maqsadlarda chiqib ketganligi aniqlangan. Shuningdek, qidiruv e’lon qilingan 4 222 ta avtotransport vositalarining 3 073 tasi topilgan.

oktabr oyida 55 ta elektromobil import qilingan

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning oktabr oyida O‘zbekistonga xorijdan 55 ta elektromobil import qilingan. Ushbu xarid uchun O‘zbekiston 1,5 mln dollar sarflagan.

Qashqadaryoda qotillik qilib, qidiruvda bo‘lgan shaxs Toshkent viloyatida ushlandi

Qashqadaryoda qotillik sodir etib, 2020 yilning sentabr oyidan qidiruvda bo‘lgan shaxs Toshkent viloyatida qo‘lga olindi. Hozirda ushbu shaxsga nisbatan yuritilgan qidiruv ishi tugatilgan.

O‘zbekiston Jahon bojxona tashkiloti bilan raqamlashtirish bo‘yicha hamkorlik qilishga umid qilmoqda

O‘zbekiston prezidenti va Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi o‘rtasidagi uchrashuvda korrupsiya, kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish sohasida raqamlashtirish mavzulari muhokama qilindi. Xalqaro standartlarni joriy etish, bojxona postlarini modernizatsiya qilish va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Alisher Usmonovga tegishli kompaniya “Kapitalbank” aksiyalarini sotib oldi

“Kapitalbank” aksiyadorlik jamiyati banki 215,3 mlrd so‘mlik aksilari emissiyasini joylashtirdi. Ushbu aksiyalarni Alisher Usmonovga tegishli USM Holdings kompaniyasi sho‘ba korxonasi bo‘lgan “Telekominvest” MCHJ xarid qildi.

Asakada 9 yoshli qizchaning o‘limida gumon qilingan ayol qamaldi

Asakada 2020 yilning iyunida 9 yoshli qizaloqni o‘ldirishda gumonlangan qo‘shni ayol aybdor deb topilib, 12 yil 4 oy 24 kun ozodlikdan mahrum qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 noyabr kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o‘n beshinchi sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ashxobodga boradi.

Samarqandda 13 yoshli maktab o‘quvchisi homiladorligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda 13 yoshli maktab o‘quvchisi 25 haftalik homilador ekani aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Xalq ta’limi vaziri Jomboydagi maktab o‘quvchilarini vaqtincha boshqa binoga ko‘chirish bo‘yicha topshiriq berdi

Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov juma kuni tunda Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi o‘quvchilar sig‘imi 2 koeffitsentdan oshib ketgan 28 umumta’lim maktabiga bordi. U qishki mavsumda o‘quvchilarning munosib sharoitlarda ta’lim olishini ta’minlash uchun yaqin hududda joylashgan kasb-hunar kollejiga qisqa muddatda ko‘chirish chorasini ko‘rishni so‘radi.

Avstriyadan O‘zbekistonga 150 ming doza vaksina jo‘natildi

Avstriyadan O‘zbekistonga COVID-19'ga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 150 ming doza “AstraZeneca” vaksinasi jo‘natildi. Qayd etilishicha, ushbu jo‘natma Avstriya hukumati tomonidan beg‘araz yordam va mustahkam do‘stlik ramzi sifatida taqdim etilgan.

“O‘zbekneftegaz"ga tegishli AYOQSHlarda Ai-80 markali benzin narxi tushiriladi

“O‘zbekneftgaz” AJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 26 noyabr kuni soat 20:30dan boshlab Ai-80 markadagi benzinning 1 litri 6890 so‘mdan sotuvga chiqariladi. Qayd etilishicha, respublika hududidagi “O‘zbekneftgaz"ning barcha AYOQSHlarda benzin bo‘lishi ta’minlanadi.