«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda qatlamali xamirdan tayyorlasa bo‘ladigan bir qancha pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Tovuq va pishloqli sloykalar


Biz to‘yimli va ishtahaochar bo‘lgan, tovuqli sloykalar tayyorlashingizni maslahat beramiz. Agar ular mayin pishloq va ko‘kat bilan to‘ldirsa, yanada mazali bo‘ladi.

Pishloq, ismaloq va tuxumli sloykalar


Pishloq va tuxumli sloykalar nonushta uchun juda mos keladigan ajoyib pishiriqdir. Ushbu qarsildoq sloykalarni tayyorlash uchun muzlatgichda tayyor hamir va juda oz vaqt kerak bo‘ladi.

Pishloq va tvorogli qatlamachalar


Tez tayyorlaniladigan va ishtahaochar ko‘rinishga ega bo‘lmish pishloq va tvorogli qatlamachalar kutilmaganda mehmon kelganda ayni muddao bo‘ladi.

Bananli qatlamachalar


Bu tayyor qatlamali xamir va bananlardan 15 daqiqada tayyorlash mumkin bo‘lgan mazali yegulik retseptiga hisoblanadi. U ayniqsa kun bo‘yi ishlaydigan ayollarimizga juda asqotadi.

Qaynatilgan kremli qavatchalar


Qaynatib pishirilgan kremli qavatchalar — bu oddiy masalliqlardan pishirsa bo‘ladigan eng mazali desert. Bunday shirinliklni oshxonangizda tayyorlash juda oson, shunday ekan pishirib ko‘rishingizni maslahat beramiz.

Jem solingan qatlamali pishiriqlar


Bunday usulda tayyorlangan qatlama xamirdan yuzdan ortiqroq har xil pishiriqlar tayyorlash mumkin. Bugun esa bizlar bunday xamir ichiga jem solingan shirinliklardan tayyorlashni tavsiya qilamiz.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15