Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov bugun, 26 noyabr kuni tunda Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 28-umumta’lim maktabiga bordi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.

Ma’lumotga ko‘ra, 1975 yilda hashar yo‘li bilan qurilgan mazkur maktabning bugungi kundagi o‘quvchilar sig‘imi 2 koeffitsentdan oshib ketgan.


Xalq ta’limi vaziri sinfxonalarni ko‘zdan kechirar ekan qishki mavsumda o‘quvchilarning munosib sharoitlarda ta’lim olishini ta’minlash maqsadida yaqin hududda joylashgan kasb-hunar kollejiga qisqa muddatda ko‘chirish chorasini ko‘rishni so‘ragan.

«Birinchi navbatda o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun munosib sharoit yaratishimiz zarur. Bino eski bo‘lganligi sababli imkon boricha tezroq bolalarni boshqa binoga ko‘chirib, maktabni investitsiya dasturiga kiritish chorasini ko‘rishimiz lozim», — dedi Baxtiyor Saidov.

Avvalroq, xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov o‘qituvchilar va ota-onalarga мuрожаатиниэълон qilgan edi.Unda u butun xalq kelajagiga daxldor sohaning ulkan mas’uliyatini ta’kidladi. «Bugun yechimi kechikayotgan har bir muammo ertaga falokatga aylanishiga shak-shubha yo‘q», — dedi vazir va barchani taklif va mulohazalarni yuborishga chaqirgan.

Qayd etilishicha, XTV rahbari Samarqand viloyatida 4 ta maktabga va O‘qituvchilar malakasini oshirish markaziga tashrif buyurgan.