O‘zbekiston 10 ta davlat bilan xalqaro aviaqatnovlarni to‘xtatdi
1 dekabr 2021, 13:31

O‘zbekiston 10 ta davlat bilan xalqaro aviaqatnovlarni to‘xtatdi

Koronavirusning yangi «omikron» shtammi O‘zbekistonga kirib kelishining oldini olish uchun Janubiy Afrika Respublikasi, Botsvana, Namibiya, Zimbabve, Mozambik, Madagaskar, Lesoto, Esvatini, Tanzaniya va Gonkong xalqaro aviaqatnovlar to‘xtatildi. Mazkur davlat fuqarolari va so‘nggi 2 hafta ichida ushbu davlatlarda bo‘lganlar O‘zbekiston hududiga kiritilmaydi.

1-martdan boshlab haydovchilik guvohnomasi o‘rniga pasport ham o‘tadi
1 dekabr 2021, 12:50

1-martdan boshlab haydovchilik guvohnomasi o‘rniga pasport ham o‘tadi

Haydovchilarning yonida pasport (ID-karta) mavjud bo‘lgan taqdirda, ulardan haydovchilik guvohnomasi, texpasport, ishonchnoma va sug‘urta polisini olib yurish talab etilmaydi. O‘zgartishlar 3 oydan keyin — 1-martdan kuchga kiradi.

Noyabr oyida inflyatsiya 1,2%ni tashkil qildi
1 dekabr 2021, 12:47

Noyabr oyida inflyatsiya 1,2%ni tashkil qildi

Noyabr oyida inflyatsiya 1,2%ni tashkil qildi. Oziq-ovqat mahsulotlari oy davomida 1,9% ga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,8% ga, aholiga pullik xizmatlar narxlari 0,5% ga qimmatlashdi.

Ukraina fuqarosi moliyaviy piramida yaratganlikda gumonlanib, hisbga olindi
1 dekabr 2021, 12:11

Ukraina fuqarosi moliyaviy piramida yaratganlikda gumonlanib, hisbga olindi

IIV huzuridagi Tergov departamenti Ukraina fuqarosi asos solgan Golden cash store xorijiy korxonasini moliyaviy piramida tashkil etganlikda ayblamoqda. Tergovga ko‘ra, gumondor oltin va kumush mahsulotlarni ishlab chiqarishga sarmoya kiritish orqali uning sotuvidan yillik 260 foiz daromad ko‘rishni taklif qilgan. Foizlar esa yangi mijozlar hisobidan to‘lab berilgan.

O‘zbekistonliklarga «Umra» safarini ado etishga ruxsat berilishi kutilmoqda
1 dekabr 2021, 11:13

O‘zbekistonliklarga «Umra» safarini ado etishga ruxsat berilishi kutilmoqda

Shu kunlarda O‘zbekiston fuqarolariga «Umra» safarini ado etishga ruxsat berilishi kutilmoqda. Ushbu masalani hal etish uchun muftiy Nuriddin Xoliqnazarov boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.

Valyutani noqonuniy sotib olish va sotganlik uchun jazo yumshatildi
1 dekabr 2021, 11:04

Valyutani noqonuniy sotib olish va sotganlik uchun jazo yumshatildi

O‘zbekistonda valyuta boyliklarini noqonuniy ravishda sotib olish yoki o‘tkazish uchun belgilangan jazo choralari yumshatildi.

Haydovchilarga quloqchin yoki bluetooth orqali telefondan foydalanishga ruxsat etildi
1 dekabr 2021, 10:33

Haydovchilarga quloqchin yoki bluetooth orqali telefondan foydalanishga ruxsat etildi

O‘zbekistonda haydovchilarga harakat vaqtida quloqchin va qo‘l ishlatmasdan muloqot olib borish imkonini beruvchi boshqa qurilmalar orqali telefondan foydalanishga ruxsat berildi. O‘zgarishlar 1 dekabrdan kuchga kirdi.

5 yilda 21 ta yirik GES quriladi, yangi mini GESlar ham paydo bo‘ladi
1 dekabr 2021, 09:32

5 yilda 21 ta yirik GES quriladi, yangi mini GESlar ham paydo bo‘ladi

2022−2026 yillarda 740 MVt quvvatga ega 21 ta yirik GES loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Qishloqlarni elektr energiya bilan ta’minlash uchun esa 22 ta maydonda 5 MVtlik mini GESlarni qurish ko‘zda tutilgan.

Jahon yangiliklari dayjesti
30 noyabr 2021, 23:10

Jahon yangiliklari dayjesti

Ukraina bosh vazirining Rossiyani davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rishda ayblagani, Turkiyada Fathulloh Gyulenning 137 nafar tarafdori hibsga olingani, Barbadosning respublikaga aylangani, Qozog‘iston 6 oy muddatga qoramol eksportini cheklagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

30 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
30 noyabr 2021, 21:30

30 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Milliy gvardiyaning qonun va tartibni himoya qilish vakolatlari kengaytirilishi, noyabr-dekabr oylarida yetkazib berilishi kutilgan UzAuto Motors avtomobillari 2 oyga kechikishi, Adliya vazirligi Rasul Kusherbayevni “qora bozor"dan valyuta ayirboshlaganini qoralashi — “Gazeta.uz"ning 30 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Qoraqalpog‘iston qo‘riqxonasida uch kun davom etgan yong‘in 35 gektar o‘rmonga zarar yetkazdi
30 noyabr 2021, 19:35

Qoraqalpog‘iston qo‘riqxonasida uch kun davom etgan yong‘in 35 gektar o‘rmonga zarar yetkazdi

27 noyabr kuni Qoraqalpog‘istonning quyi Amudaryo biosfera rezervatida boshlangan o‘rmon yong‘inlari 30 noyabrning tongiga kelib to‘liq o‘chirildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rmonning 30−35 gektar maydoni zarar ko‘rgan. Yong‘in boshlangan hududda chodirlar o‘rnatilgani ma’lum qilindi.

Toshkentda BMT Ayollar qo‘mitasining vakolatxonasi ochilishi mumkin
30 noyabr 2021, 18:12

Toshkentda BMT Ayollar qo‘mitasining vakolatxonasi ochilishi mumkin

Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva BMT Ayollar qo‘mitasining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Aliya Al-Yosir bilan uchrashdi. Unda Toshkentda BMT Ayollar qo‘mitasining vakolatxonasi ochish taklifi ilgari surildi.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
30 noyabr 2021, 17:45

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 8,05 so‘mga ko‘tarilib, 10 778,98 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.

O‘zbekistonda uchta quyosh elektr stansiyasini qurishga 15 ta xalqaro kompaniya qiziqish bildirdi
30 noyabr 2021, 17:36

O‘zbekistonda uchta quyosh elektr stansiyasini qurishga 15 ta xalqaro kompaniya qiziqish bildirdi

Energetika vazirligi uchta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha tenderning ilk bosqichida 15 ta xalqaro kompaniyadan ariza kelib tushganini ma’lum qildi. Loyiha Namangan, Buxoro va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVtgacha bo‘lgan stansiyalarni qurishni nazarda tutadi.

Noyabr-dekabr oylarida yetkazib berilishi kutilgan UzAuto Motors avtomobillari 2 oyga kechikadi
30 noyabr 2021, 16:37

Noyabr-dekabr oylarida yetkazib berilishi kutilgan UzAuto Motors avtomobillari 2 oyga kechikadi

UzAuto Motors kompaniyasi noyabr-dekabr oylarida avtomobili yetkazib berilishini kutayotgan xaridorlarga transport vositalari 2 oydan keyin berilishini ma’lum qildi. Bunga sabab sifatida butlovchi qismlar yetishmovchiligi hamda global logistika muammolari ko‘rsatilgan.

Milliy gvardiyaning qonun va tartibni himoya qilish vakolatlari kengaytirildi
30 noyabr 2021, 16:04

Milliy gvardiyaning qonun va tartibni himoya qilish vakolatlari kengaytirildi

Endilikda Milliy gvardiya ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda, shuningdek, jamoat joylarida jamoat tartibini mustaqil ravishda ta’minlaydi. Bundan tashqari, Milliy gvardiya jamoat tartibini saqlash sohasida sodir etiladigan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish huquqini olishi mumkin.

1−2 dekabr kunlari havo harorati ko‘tarilishi va ayrim hududlarda changli bo‘ron kuzatilishi mumkin
30 noyabr 2021, 15:57

1−2 dekabr kunlari havo harorati ko‘tarilishi va ayrim hududlarda changli bo‘ron kuzatilishi mumkin

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 1−2 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan juda iliq va quruq havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha shamol 17−22 m/s gacha, ba’zi joylarda 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim viloyat va tumanlarda changli bo‘ron hamda chang g‘uborlar ko‘tarilishi kuzatilishi aytildi.

Fuqarolardan Janubiy Koreya va Avstraliya davlatlariga yuborish evaziga pul talab qilgan shaslar qo‘lga olindi
30 noyabr 2021, 15:55

Fuqarolardan Janubiy Koreya va Avstraliya davlatlariga yuborish evaziga pul talab qilgan shaslar qo‘lga olindi

Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida fuqarolarning ishonchiga kirib, ularni Janubiy Koreya va Avstraliya davlatlariga yuborishni va’da qilgan va buning evaziga pul talab qilgan shaslar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan firibgarlik moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

UzAuto Motors Captiva 5 avtomobili uchun to‘lovlar qaytarilishi bo‘yicha izoh berdi
30 noyabr 2021, 15:34

UzAuto Motors Captiva 5 avtomobili uchun to‘lovlar qaytarilishi bo‘yicha izoh berdi

UzAuto Motors kompaniyasi xabariga ko‘ra, hozirgacha Captiva 5 avtomobili uchun jami 461 ta shartnoma puli to‘langan bo‘lib, 207 nafar xaridor ushbu avtomobil o‘rniga boshqa transport vaositasini olishga, 161 nafari esa to‘langan mablag‘ni qaytarilishiga qaror qilgan. Shuningdek, 41 nafar mijoz kechadan boshlab kompensatsiya sifatida taqdim etilgan 5 foizlik to‘lov summasini olgan.

Adliya vazirligi Rasul Kusherbayevni «qora bozor»dan valyuta ayirboshlaganini qoraladi
30 noyabr 2021, 13:46

Adliya vazirligi Rasul Kusherbayevni «qora bozor»dan valyuta ayirboshlaganini qoraladi

Adliya vazirligi deputat Rasul Kusherbayevning valyutani bila turib «qora bozor»dan ayirboshlaganini amaldagi qonunlarni buzishga qaratilgan namoyishkorona harakat deb baholadi. «Rasul Kusherbayevning shaxsiy o‘rnak sifatida qonunlarni buzish orqali muammoni hal etish usulini tanlagani, shu orqali huquqiy nigilizmni targ‘ib qilishga olib kelayotganini oqlab bo‘lmaydi», — deyiladi xabarda. Vazirlik ushbu muammo mavjudligini tan olgan, biroq uni birgalikda hal qilishga chorlagan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting