Open budget uchun ovoz yig‘ishga majburlash majburiy mehnatga jalb qilish sifatida baholanadi
11 aprel 2023, 09:49

Open budget uchun ovoz yig‘ishga majburlash majburiy mehnatga jalb qilish sifatida baholanadi

Prezident qarori bilan “Tashabbusli budjet” loyihasi uchun rahbarlarning majburiy ovoz yig‘ish bo‘yicha xodimlarga topshiriq berishlari taqiqlanadi. Bunday holat majburiy mehnatga jalb qilish sifatida baholanadi. Loyiha doirasida ovoz to‘plash va g‘oliblarni aniqlash mexanizmi tanqidiy ko‘rib chiqiladi.

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 465 so‘mgacha ko‘tarildi
11 aprel 2023, 09:46

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 465 so‘mgacha ko‘tarildi

Tijorat banklari 11-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 340 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 415 — 11 465 so‘m.

Jahon banki O‘zbekistonda ijtimoiy sohadagi davlat xarajatlarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berdi
10 aprel 2023, 23:27

Jahon banki O‘zbekistonda ijtimoiy sohadagi davlat xarajatlarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berdi

Jahon banki O‘zbekiston hukumati so‘roviga ko‘ra, ijtimoiy sohadagi davlat xarajatlari sharhini tayyorladi. Bank uzoq muddatda shifoxonalar infratuzilmasini yaxshilash, ta’limni iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashtirish, ijtimoiy himoya organini yaratish va pensiya yoshini oshirishni tavsiya qildi.

10-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
10 aprel 2023, 22:00

10-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

“Tashabbusli budjet”da g‘olib bo‘lmagan 1309 ta loyiha uchun yana 1,3 trln so‘m pul, martda qariyb 1,5 mlrd dollarga oshgan oltin-valyuta zaxiralari, kunlar +37 darajagacha isishi, pora bilan ushlangan tuman hokimi o‘rinbosari, ishdan ketgan Nurafshon shahri hokimi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Bolalar bog‘chada “Konstitutsiya bizniki” deya qichqirishdi. MTV tarbiyalovchilarni ogohlantirdi
10 aprel 2023, 20:19

Bolalar bog‘chada “Konstitutsiya bizniki” deya qichqirishdi. MTV tarbiyalovchilarni ogohlantirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida tarbiyalanuvchilar Konstitutsiya targ‘ibotiga jalb qilingani aks etgan videoyozuv tarqaldi. Maktabgacha ta’lim agentligi barcha hudud vakillariga ogohlantirish hamda bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berilganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda 10-apreldan “Toza havo” oyligiga start berildi
10 aprel 2023, 18:30

O‘zbekistonda 10-apreldan “Toza havo” oyligiga start berildi

O‘zbekistonda 10-apreldan 10-maygacha “Toza havo” oyligi bo‘lib o‘tadi. Bu davr mobaynida 79 ta YPXda ko‘rik nuqtalari, markaziy ko‘chalarda esa ko‘chma postlar tashkil etilib, avtomobillar chiqarayotgan zararli gazlar miqdori ko‘rikdan o‘tkaziladi.

“Tashabbusli budjet”da g‘olib deb topilmagan 1309 ta loyiha uchun qo‘shimcha 1,3 trln so‘m mablag‘ ajratiladi
10 aprel 2023, 17:41

“Tashabbusli budjet”da g‘olib deb topilmagan 1309 ta loyiha uchun qo‘shimcha 1,3 trln so‘m mablag‘ ajratiladi

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2023-yil 1-mavsumida ishtirok etib, har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 1309 ta loyihani amalga oshirish uchun qo‘shimcha 1,3 trln so‘m mablag‘ ajratiladi.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari martda qariyb 1,5 mlrd dollarga oshdi
10 aprel 2023, 17:33

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari martda qariyb 1,5 mlrd dollarga oshdi

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari dekabr oyida 4,3 foizga oshib, 35,44 mlrd dollarga yetdi. O‘sish oltin zaxiralari qiymatining oshishi bilan bog‘liq.

“Qo‘ng‘iroqdan qo‘ng‘iroqqacha o‘tirishadi”. Senator — firibgarlik bo‘yicha shartli ozod etilishning bekor qilinishi haqida
10 aprel 2023, 17:26

“Qo‘ng‘iroqdan qo‘ng‘iroqqacha o‘tirishadi”. Senator — firibgarlik bo‘yicha shartli ozod etilishning bekor qilinishi haqida

O‘zbekistonda xalq yoki davlatning milliardlab pulini o‘g‘irlaganlar firibgarlik aybi bilan 5−6 yilga qamalib, muddatining uchdan birini o‘tayapti va ozodlikka chiqib, “yashirgan pulini” sarflashda davom etmoqda, dedi senator Shuhrat Chulliyev. Yangi tuzatishlarga ko‘ra, ular endi “qo‘ng‘iroqdan qo‘ng‘iroqqacha o‘tiradi”.

O‘zbekistonning 7 ta hududida shamol kuchayib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin
10 aprel 2023, 16:44

O‘zbekistonning 7 ta hududida shamol kuchayib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin

O‘zgidromet 12−14-aprel kunlari mamlakatning qator hududlarida shamol 25−28 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zon kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Toshkentda “O‘zbekistonliklar butunjahon forumi” o‘tkaziladi
10 aprel 2023, 16:26

Toshkentda “O‘zbekistonliklar butunjahon forumi” o‘tkaziladi

Kuzda Toshkent shahrida “O‘zbekistonliklar butunjahon forumi” o‘tkaziladi va xorijdagi eng faol vatandoshlar taqdirlanadi. Qolaversa, xorijdagi vatandoshlar orasida o‘zbek tilini keng targ‘ib qilish maqsadida maxsus onlayn mashg‘ulotlar tashkil etish ham rejalashtirilmoqda.

Toshkentda tez yordam feldsherini haqoratlagan erkakka ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi
10 aprel 2023, 16:07

Toshkentda tez yordam feldsherini haqoratlagan erkakka ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi

Toshkent shahar IIBB tez yordam dispetcherini haqoratlab, unga tahdid qilgan shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilganini ma’lum qildi. Erkak onasiga ayol shifokor jo‘natilishini talab qilgan, bo‘sh ayol shifokorlar brigadasi bo‘lmagani sababli erkak shifokorlar yuborilgandi.

Nurafshon shahri hokimi Muzaffar Soliyev ishdan olindi
10 aprel 2023, 16:06

Nurafshon shahri hokimi Muzaffar Soliyev ishdan olindi

Toshkent viloyati ma’muriy markazi bo‘lgan Nurafshon shahrining hokimi Muzaffar Soliyev o‘z lavozimidan ozod etildi. U javobgarlikka tortilishi mumkin.

Norasmiy sektorda ishlovchilar hisobiga 2022-yilda davlat budjetiga 32,9 trln so‘m tushmagan — MHTI
10 aprel 2023, 15:37

Norasmiy sektorda ishlovchilar hisobiga 2022-yilda davlat budjetiga 32,9 trln so‘m tushmagan — MHTI

MHTI tahliliga ko‘ra, 2022-yilning o‘zida 9 milliondan oshiq aholi norasmiy sektorda band bo‘lgani hisobiga davlat budjetiga soliq ko‘rinishida 32,9 trillion so‘m mablag‘ tushmagan. Bu summaga 500 o‘quv o‘rinli 4100 ta umumta’lim maktablari qurish mumkin bo‘lardi, deyiladi tahlilda.

Asialuxe Travel Chexiyaga unutilmas sayohatlarni taklif etadi
10 aprel 2023, 15:00

Asialuxe Travel Chexiyaga unutilmas sayohatlarni taklif etadi

May oyidan boshlab Asialuxe Travel Chexiyaga sayohatni, shuningdek, Fransiya, Germaniya, Avstriya va Italiyaga tashrif buyurish imkonini beruvchi haftalik dasturini e’lon qildi.

Qamchiq dovonida Lacetti xandaqqa tushib ketdi
10 aprel 2023, 13:58

Qamchiq dovonida Lacetti xandaqqa tushib ketdi

Qamchiq dovonida xandaqqa tushib ketgan Lacetti avtomobili maxsus qutqaruv xodimlari tomonidan chiqarib olindi. Hodisa oqibatida 2 kishi jarohat oldi.

Surxondaryoda YPX inspektori haydovchidan $800 olganlikda gumonlanmoqda
10 aprel 2023, 12:37

Surxondaryoda YPX inspektori haydovchidan $800 olganlikda gumonlanmoqda

Uzun tumanida YPX inspektori fuqarodan 800 dollar olayotganda ushlangani aytilmoqda. Xodim haydovchiga mashinasining oynalarini ruxsatnomasiz qoraytirib olgan uchun hujjat rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hafta davomida harorat +37 darajagacha ko‘tariladi
10 aprel 2023, 12:12

Hafta davomida harorat +37 darajagacha ko‘tariladi

Seshanba kuni Eron hududlaridan juda iliq va quruq havo massasi kirib keladi. Hafta davomida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda va harorat +37 darajagacha ko‘tariladi. Biroq tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.

Izboskan tumani hokimi o‘rinbosari 5,3 mln so‘m pora bilan ushlandi
10 aprel 2023, 12:12

Izboskan tumani hokimi o‘rinbosari 5,3 mln so‘m pora bilan ushlandi

Andijon viloyati Izboskan tumani hokimi o‘rinbosari 8 sotix yerni noqonuniy ravishda olib berishga uringanlikda gumonlanmoqda. U buning evaziga 5,3 mln so‘m olganida qo‘lga tushdi.

Shavkat Umurzoqov Toshkentni suv bosishiga qisman fuqarolarning o‘zi aybdorligini aytdi
10 aprel 2023, 11:57 1

Shavkat Umurzoqov Toshkentni suv bosishiga qisman fuqarolarning o‘zi aybdorligini aytdi

Toshkent shahri hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov poytaxtni suv bosishiga nimalar sabab bo‘layotgani haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunda qisman odamlarning o‘zi aybdor. “O‘zimizdan ham ayb qidiraylik, 20−30 foiz drenajlarni fuqarolar uy qurish jarayonida yopib yuborgan”, — deydi hokim.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting