Tadbirkor Xurshid To‘rayev AKT vazirligi va “Aloqabank” binolari sotib olinishiga aloqador bo‘lishi mumkin
11 aprel 2023, 18:33

Tadbirkor Xurshid To‘rayev AKT vazirligi va “Aloqabank” binolari sotib olinishiga aloqador bo‘lishi mumkin

Samarqandlik tadbirkor Xurshid To‘rayev Toshkent shahri markazidagi Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Aloqabank” binolarini sotib olgan kompaniyaga aloqador bo‘lishi mumkin. Bu yerda savdo va ko‘ngilochar majmua paydo bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

“Yangi O‘zbekiston yoshlari tashabbuslari” jamg‘armasi tuziladi
11 aprel 2023, 18:30

“Yangi O‘zbekiston yoshlari tashabbuslari” jamg‘armasi tuziladi

1-iyundan “Yoshlar daftari”dagi talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan stajirovka tizimi joriy qilinadi. Viloyatlarda “Kreativ park” tashkil etiladi. Shu maqsadda “Yangi O‘zbekiston yoshlari tashabbuslari” jamg‘armasi tuzilib, unga 100 mln dollar yo‘naltiriladi.

Prezident Sirdaryoda avtomobil zavodi qurishni taklif qildi
11 aprel 2023, 18:15

Prezident Sirdaryoda avtomobil zavodi qurishni taklif qildi

O‘zbekiston prezidenti xitoylik hamkorlar bilan Sirdaryo viloyatida avtomobil zavodi qurishni taklif qildi. “Avtomobil zavodlari qancha ko‘p bo‘lsa, narx ham shunchalik arzon bo‘ladi, sifat ham o‘zgaradi”, deb hisoblaydi Shavkat Mirziyoyev. Shuningdek, Sirdaryoda yo‘l qurilishiga biznesni jalb qilish boshlanadi.

Yanvar oyida inflyatsiya kutilmalari 18,7−18,9% gacha ko‘tarildi. Bu 2020-yil iyulidan beri bo‘lgan maksimal ko‘rsatkich
11 aprel 2023, 18:14

Yanvar oyida inflyatsiya kutilmalari 18,7−18,9% gacha ko‘tarildi. Bu 2020-yil iyulidan beri bo‘lgan maksimal ko‘rsatkich

Markaziy bank uy xo‘jaliklari va korxonalarning inflyatsiya kutilmalari ma’lumotlarini e’lon qildi. Aholining inflyatsion kutilmalari yanvarda 18,9 foizga, tadbirkorlikda esa 18,7 foizga oshdi. Bu koronavirus pandemiyasi avjiga chiqqan 2020-yilning iyulidan beri kuzatilgan maksimal ko‘rsatkichdir.

Xorazmda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini zo‘rlaganlar ishi Toshkentda ko‘rib chiqiladi
11 aprel 2023, 17:48

Xorazmda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini zo‘rlaganlar ishi Toshkentda ko‘rib chiqiladi

Xorazmda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqada bo‘lganlikda ayblangan ikki nafar sobiq amaldorning ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga o‘tkazildi. Avvalroq Oliy sud ishni qayta ko‘rish uchun apellyatsiya instansiyasiga qaytargan edi.

Raqqosa Malika Ahmedovaning uyidan 600 ming dollarlik taqinchoqlar o‘g‘irlangani aytilmoqda
11 aprel 2023, 17:13

Raqqosa Malika Ahmedovaning uyidan 600 ming dollarlik taqinchoqlar o‘g‘irlangani aytilmoqda

O‘zbekiston xalq artisti Malika Ahmedova yashash uyidan 600 ming dollarga teng qimmatbaho taqinchoqlar o‘g‘irlab ketilganini aytmoqda. Uning fikricha, o‘g‘rilar topilgan, ammo qimmatbaho brilliant va tillalar qaytirilmagan. 11-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori Aliakbar Pulatov raqqosa bilan uchrashdi.

Transport vaziri — prezidentning qarori, tramvay va ko‘chalarni kengaytirish haqida
11 aprel 2023, 16:58

Transport vaziri — prezidentning qarori, tramvay va ko‘chalarni kengaytirish haqida

Toshkentga keltirilgan katta hajmli yangi avtobuslar taqdimotida transport vaziri voz kechilgan tramvay va trolleybuslar va poytaxt markaziga tezda qaytarishning iloji yo‘q tramvaylar to‘g‘risida gapirdi. Shuningdek u ko‘chalarni kengaytirish hamda yo‘l o‘tkazgichlar qurish xato ekanini aytdi.

O‘zbekistonda yoshlar “yaxshi”, “o‘rta” va “ahvoli og‘ir” toifalariga ajratildi
11 aprel 2023, 16:50

O‘zbekistonda yoshlar “yaxshi”, “o‘rta” va “ahvoli og‘ir” toifalariga ajratildi

O‘zbekistonda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlaridan kelib chiqib, “yaxshi” (4,4 mln), “o‘rta” (4,6 mln) va “ahvoli og‘ir” (396 ming) toifalariga ajratildi.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi
11 aprel 2023, 15:53

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqotda tovar ayirboshlash, qo‘shma kooperatsiya loyihalari va boshqa masalalarni muhokama qildi. Mamlakatlar rahbarlari madaniy-gumanitar almashinuv dasturi bo‘yicha hamkorlik sermahsul bo‘layotganini ham ta’kidladi.

Prezident ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha qonunni imzoladi
11 aprel 2023, 15:48

Prezident ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha qonunni imzoladi

Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston prezidenti bolalar va ayollarni himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan qonunni imzoladi, unda oiladagi zo‘ravonlik hamda tazyiqlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Toshkentdagi maktablarning birida 8-sinf o‘quvchisi vafot etdi
11 aprel 2023, 15:38

Toshkentdagi maktablarning birida 8-sinf o‘quvchisi vafot etdi

Mirobod tumanidagi 110-maktabning 8-sinf o‘quvchisi vafot etdi. Uning o‘limiga oshqozon osti beziga keng ko‘lamli qon quyilishi, o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Farg‘onada imtihon natijalari qayta ko‘rib chiqilib, 145 nafar fuqaro talaba bo‘ldi
11 aprel 2023, 15:15

Farg‘onada imtihon natijalari qayta ko‘rib chiqilib, 145 nafar fuqaro talaba bo‘ldi

Jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg‘ona filialiga o‘qishga kirishda yuqori ball to‘plagan, ammo soxta natijalar tufayli o‘qishga qabul qilinmagan 145 nafar abituriyent ishi ko‘rib chiqilib, ular talabalikka tavsiya etildi. Oliygoh qabul komissiyasi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Surxondaryoda Lacetti va Nexia to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi vafot etdi
11 aprel 2023, 14:24

Surxondaryoda Lacetti va Nexia to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi vafot etdi

Jarqo‘rg‘on tumanida Lacetti va Nexia ishtirokidagi YTHda 2 kishi vafot etdi, 6 nafari esa jarohatlandi.

O‘zbekistonda banklardagi omonatlarni himoyalashga oid yangi qonun ishlab chiqiladi
11 aprel 2023, 12:59

O‘zbekistonda banklardagi omonatlarni himoyalashga oid yangi qonun ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda “Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasi tayyorlanishi kutilmoqda. Unga ko‘ra, banklar omonatlarni kafolatlash fondiga a’zo bo‘lishi talab etiladi, omonatchilarning bankdan ustuvor ravishda talab qilish huquqi fondga o‘tkaziladi.

Namanganda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagani aytilgan erkak qidirilmoqda
11 aprel 2023, 12:49

Namanganda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagani aytilgan erkak qidirilmoqda

IIV Namangan shahrida voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlangan erkakka nisbatan qidiruv e’lon qildi. Tarmoqlarda uni qo‘lga olish maxsus tadbiri aks etgan video tarqalgandi. Vazirlik erkakning ruhiy xastaligi va “nihoyatda tajovuzkorligi” sababli uni uchratganlardan ehtiyot bo‘lishlarini so‘radi.

Antikorrupsiya agentligi 2023-yilgacha kimlardan va qanday sovg‘alar olganini ochiqladi
11 aprel 2023, 12:37

Antikorrupsiya agentligi 2023-yilgacha kimlardan va qanday sovg‘alar olganini ochiqladi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Sovg‘alar reyestrini shakllantirish boshlandi. Agentlik shu vaqtgacha xalqaro tashkilotlardan jami 14,5 mln so‘mlik 8 ta sovg‘a qabul qilib olganini ma’lum qildi. Ularning barchasi tashkilot direktoriga berilgan.

Namanganda yil boshidan beri 152 marta qoida buzgan mashina aniqlandi
11 aprel 2023, 12:24

Namanganda yil boshidan beri 152 marta qoida buzgan mashina aniqlandi

Namangan shahrida 2023-yil boshidan beri 152 marta qoidabuzarlik qayd etilgan Hyundai aniqlandi. Jarimalarning umumiy summasi 410 million so‘mga teng.

Toshkentda korxona ishtirokidagi 3,2 mlrd so‘mlik davlat xaridi natijalari soxtalashtirilgani aniqlandi
11 aprel 2023, 11:56

Toshkentda korxona ishtirokidagi 3,2 mlrd so‘mlik davlat xaridi natijalari soxtalashtirilgani aniqlandi

“Toshkent xalqa avtomobil yo‘llaridan foydalanish uchastka boshqarmasi” unitar korxonasi buyurtmachiligida o‘tgan 3,2 mlrd so‘mlik davlat xaridida qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Xarid natijalari komissiya ishtirokisiz, boshqa shaxs tomonidan ularning elektron raqamli imzolari orqali baholanib, imzolangan.

Nozim Xusanov lavozimidan ozod etildi
11 aprel 2023, 11:35

Nozim Xusanov lavozimidan ozod etildi

2022-yilning oxirida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Nozim Xusanov lavozimidan ozod etildi. Uning nima sababdan ishdan ketgani hozircha ma’lum emas.

Davlat organ va tashkilotlari rahbarlari har oy mahallalarda hisobot beradi
11 aprel 2023, 11:06

Davlat organ va tashkilotlari rahbarlari har oy mahallalarda hisobot beradi

Har oy mahalla kengashida davlat organ va tashkilotlari rahbarlarining faoliyati yuzasidan axborotlari eshitiladi. Qolaversa, “Mahalla nazorati” va “mahalla raisi so‘rovi” institutlari joriy qilinadi. Prezidentning tegishli qarori loyihasi avgustga qadar ishlab chiqilishi kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting