10-aprel kuni ertalab Qamchiq dovonida yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Toshkent-O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining 216-kilometrida poytaxt tomon ketayotgan Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va avtomobil xandaqqa tushib ketgan. Voqea joyiga FVV “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari yetib kelgan.

Mashina chiqarib olingan. Hodisa sababli 2 kishi jarohat olgan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

YTH oqibatlarini bartaraf etish jarayonida dovonda avtomobillar harakati to‘xtatilmadi, deyiladi xabarda.