Hafta davomida harorat +37 darajagacha ko‘tariladi
10 aprel 2023, 12:12

Hafta davomida harorat +37 darajagacha ko‘tariladi

Seshanba kuni Eron hududlaridan juda iliq va quruq havo massasi kirib keladi. Hafta davomida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda va harorat +37 darajagacha ko‘tariladi. Biroq tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.

Izboskan tumani hokimi o‘rinbosari 5,3 mln so‘m pora bilan ushlandi
10 aprel 2023, 12:12

Izboskan tumani hokimi o‘rinbosari 5,3 mln so‘m pora bilan ushlandi

Andijon viloyati Izboskan tumani hokimi o‘rinbosari 8 sotix yerni noqonuniy ravishda olib berishga uringanlikda gumonlanmoqda. U buning evaziga 5,3 mln so‘m olganida qo‘lga tushdi.

Shavkat Umurzoqov Toshkentni suv bosishiga qisman fuqarolarning o‘zi aybdorligini aytdi
10 aprel 2023, 11:57 1

Shavkat Umurzoqov Toshkentni suv bosishiga qisman fuqarolarning o‘zi aybdorligini aytdi

Toshkent shahri hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov poytaxtni suv bosishiga nimalar sabab bo‘layotgani haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunda qisman odamlarning o‘zi aybdor. “O‘zimizdan ham ayb qidiraylik, 20−30 foiz drenajlarni fuqarolar uy qurish jarayonida yopib yuborgan”, — deydi hokim.

Mahallalarga deputatlar ko‘rib chiqishi uchun taklif kiritish huquqi beriladi
10 aprel 2023, 10:50

Mahallalarga deputatlar ko‘rib chiqishi uchun taklif kiritish huquqi beriladi

Mahallalarga tuman va shahar mahalliy kengashlarida ko‘rib chiqish uchun taklif kiritish, kun tartibini ishlab chiqish va muhokama qilishda qatnashish huquqi beriladi. 2327 ta mahalla uchun esa yangi bino qurib beriladi. sentabrda “Mahalla institutining jamiyat hayotida tutgan o‘rni” xalqaro forumi o‘tkaziladi.

Aholi va tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkaziladi
10 aprel 2023, 10:25

Aholi va tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkaziladi

2023-yilda aholi va tadbirkorlarning mavjud muammolarini “xonadonbay” o‘rganish bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkaziladi. Qolaversa, daftarlarga kiritilgan aholiga ko‘rsatilgan yordam haqidagi ma’lumotlar yagona axborot tizimiga kiritiladi. Har bir mahallaning elektron xaritasi ishlab chiqiladi.

Yaponiya O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyatiga Brayl alifbosidagi bosma uskunalarni topshirdi
10 aprel 2023, 09:52

Yaponiya O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyatiga Brayl alifbosidagi bosma uskunalarni topshirdi

Yaponiya O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyatiga o‘zbek tilidagi kitoblar va o‘quv materiallari ishlab chiqarish va Brayl alifbosiga tarjima qilish uchun dasturiy ta’minot sifatida Brayl yozuvidagi printerlarni taqdim etdi.

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kurslari ko‘tarildi
10 aprel 2023, 09:44

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kurslari ko‘tarildi

Tijorat banklari 10-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 320 — 11 410 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 405 — 11 455 so‘m.

Navoiydagi savdo markazida yong‘in chiqdi
10 aprel 2023, 09:29

Navoiydagi savdo markazida yong‘in chiqdi

Karmana tumanidagi 3 qavatli qurilish mollari do‘konida yong‘in chiqdi. Uni o‘chirishga 14 ta qutqaruv ekipaji jalb qilinib, yong‘in qariyb 3 soatda bartaraf etildi.

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovning onasi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
9 aprel 2023, 13:31

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovning onasi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovning onasi vafoti munosabati bilan Turkmaniston Xalq Maslahati raisi va Turkmaniston prezidentiga hamdardlik bildirdi.

Qashqadaryoda pastlikka tushib ketgan Nexia-2 yo‘lovchisi vafot etdi
9 aprel 2023, 13:16

Qashqadaryoda pastlikka tushib ketgan Nexia-2 yo‘lovchisi vafot etdi

Qarshi tumanida Nexia-2 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida pastlikka tushib ketdi. Og‘ir tan jarohatlari olgan mashina yo‘lovchisi shifoxonada vafot etdi.

Buxoroda yerto‘lada yashirin faoliyat ko‘rsatayotgan mayning fermasi aniqlandi
9 aprel 2023, 12:27

Buxoroda yerto‘lada yashirin faoliyat ko‘rsatayotgan mayning fermasi aniqlandi

Buxorolik fuqaro o‘z uyining yerto‘lasida yashirin mayning fermasini ochgani aniqlandi. U yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, davlatga 93 mln so‘mlik zarar yetkazgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Activist blogeri ixtilof va tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan g‘oyalarni tarqatgan — Diniy qo‘mita xulosasidan
9 aprel 2023, 12:11

Activist blogeri ixtilof va tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan g‘oyalarni tarqatgan — Diniy qo‘mita xulosasidan

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Activist blogerining aholi o‘rtasida ixtilof va tushunmovchiliklar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan g‘oyalarni tarqatgan, degan xulosa bergani ma’lum qilindi. Fatvo markazi bloger keltirgan karmin moddasi mavjud mahsulotlarni iste’mol qilish joizligini bildirdi.

Toshkent hokimi v.b. bekatlarni tartibga solishga va’da berdi
8 aprel 2023, 21:55

Toshkent hokimi v.b. bekatlarni tartibga solishga va’da berdi

Toshkent shahri hokimligi rahbari Shavkat Umurzoqov va IIV o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev poytaxtga keltirilgan yangi avtobuslardan birida harakatlandi. Hokim v.b. tez orada bekatlar tartibga keltirilishi, ularning oldida suv to‘planib qolmasligini bildirdi. “Salgina sabr qiling”, — dedi u.

Toshkentga 233 ta avtobus va elektrobus olib kelindi. Foto
8 aprel 2023, 21:23

Toshkentga 233 ta avtobus va elektrobus olib kelindi. Foto

Toshkentga Xitoyda ishlab chiqarilgan 233 ta avtobus va elektrobus keltirildi. Shundan 203 tasi Yutong elektrobus va avtobuslari, 30 tasi esa o‘ta katta sig‘imli (18 metrli) King Long avtobuslaridir.

Activist loyihasi muallifi Hojiakbar Nosirov 15 sutkaga qamaldi
8 aprel 2023, 20:46

Activist loyihasi muallifi Hojiakbar Nosirov 15 sutkaga qamaldi

Tarkibida karmin moddasi mavjudligi sababli ayrim yogurtlar harom ekanini aytib chiqqan Activist loyihasi muallifi Hojiakbar Nosirov 15 sutkaga qamaldi. U “diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallar tarqatish” va “ichki ishlar xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”da ayblangan.

O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov vafot etdi
8 aprel 2023, 19:53

O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov uzoq davom etgan qand kasalligidan so‘ng 74 yoshida vafot etdi.

Akademik Habibulla Akbarov vafot etdi
8 aprel 2023, 17:58

Akademik Habibulla Akbarov vafot etdi

Fanlar akademiyasi akademigi Habibulla Akbarov 87 yoshida vafot etdi. U fan arbobi, geologiya sohasida yirik olim hisoblanadi.

Buxoroda fuqaro tomorqasiga zarar yetkazgan eshakning quloqlarini kesib tashladi
8 aprel 2023, 13:52 1

Buxoroda fuqaro tomorqasiga zarar yetkazgan eshakning quloqlarini kesib tashladi

Peshku tumanida fuqaro qo‘shnisining eshagi tomorqaga zarar yetkazgani uchun uning quloqlarini kesib tashladi. Jonivor ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida nobud bo‘ldi. Fuqaro 3 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin.

Toshkentda ayol va uning 8 oylik o‘g‘li vafot etdi
8 aprel 2023, 12:44

Toshkentda ayol va uning 8 oylik o‘g‘li vafot etdi

Mirobod tumanidagi uylarning birida 25 yoshli ayol va uning 8 oylik o‘g‘li vafot etdi. Ularning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

Yanvar-mart oylarida “Tez yordam”ga 3 milliondan ortiq murojaat kelib tushdi
8 aprel 2023, 12:29

Yanvar-mart oylarida “Tez yordam”ga 3 milliondan ortiq murojaat kelib tushdi

O‘zbekistonda so‘nggi 3 oyda “Tez yordam” xizmatiga 3 mln 90 mingta chaqiriq kelib tushdi. Ularning eng ko‘pi Farg‘ona, Andijon viloyatlari hamda Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting