Norasmiy sektorda ishlovchilar hisobiga 2022-yilda davlat budjetiga 32,9 trln so‘m tushmagan — MHTI

MHTI tahliliga ko‘ra, 2022-yilning o‘zida 9 milliondan oshiq aholi norasmiy sektorda band bo‘lgani hisobiga davlat budjetiga soliq ko‘rinishida 32,9 trillion so‘m mablag‘ tushmagan. Bu summaga 500 o‘quv o‘rinli 4100 ta umumta’lim maktablari qurish mumkin bo‘lardi, deyiladi tahlilda.

“Tashabbusli budjet”da g‘olib deb topilmagan 1309 ta loyiha uchun qo‘shimcha 1,3 trln so‘m mablag‘ ajratiladi

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2023-yil 1-mavsumida ishtirok etib, har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 1309 ta loyihani amalga oshirish uchun qo‘shimcha 1,3 trln so‘m mablag‘ ajratiladi.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari martda qariyb 1,5 mlrd dollarga oshdi

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari dekabr oyida 4,3 foizga oshib, 35,44 mlrd dollarga yetdi. O‘sish oltin zaxiralari qiymatining oshishi bilan bog‘liq.

“Qo‘ng‘iroqdan qo‘ng‘iroqqacha o‘tirishadi”. Senator — firibgarlik bo‘yicha shartli ozod etilishning bekor qilinishi haqida

O‘zbekistonda xalq yoki davlatning milliardlab pulini o‘g‘irlaganlar firibgarlik aybi bilan 5−6 yilga qamalib, muddatining uchdan birini o‘tayapti va ozodlikka chiqib, “yashirgan pulini” sarflashda davom etmoqda, dedi senator Shuhrat Chulliyev. Yangi tuzatishlarga ko‘ra, ular endi “qo‘ng‘iroqdan qo‘ng‘iroqqacha o‘tiradi”.

Hafta davomida harorat +37 darajagacha ko‘tariladi

Seshanba kuni Eron hududlaridan juda iliq va quruq havo massasi kirib keladi. Hafta davomida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda va harorat +37 darajagacha ko‘tariladi. Biroq tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.

O‘zbekistonning 7 ta hududida shamol kuchayib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin

O‘zgidromet 12−14-aprel kunlari mamlakatning qator hududlarida shamol 25−28 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zon kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Shavkat Umurzoqov Toshkentni suv bosishiga qisman fuqarolarning o‘zi aybdorligini aytdi

Toshkent shahri hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov poytaxtni suv bosishiga nimalar sabab bo‘layotgani haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunda qisman odamlarning o‘zi aybdor. “O‘zimizdan ham ayb qidiraylik, 20−30 foiz drenajlarni fuqarolar uy qurish jarayonida yopib yuborgan”, — dedi hokim.

Izboskan tumani hokimi o‘rinbosari 5,3 mln so‘m pora bilan ushlandi

Andijon viloyati Izboskan tumani hokimi o‘rinbosari 8 sotix yerni noqonuniy ravishda olib berishga uringanlikda gumonlanmoqda. U buning evaziga 5,3 mln so‘m olganida qo‘lga tushdi.

Nurafshon shahri hokimi Muzaffar Soliyev ishdan olindi

Toshkent viloyati ma’muriy markazi bo‘lgan Nurafshon shahrining hokimi Muzaffar Soliyev o‘z lavozimidan ozod etildi. U javobgarlikka tortilishi mumkin.

Mahallalarga deputatlar ko‘rib chiqishi uchun taklif kiritish huquqi beriladi

Mahallalarga tuman va shahar mahalliy kengashlarida ko‘rib chiqish uchun taklif kiritish, kun tartibini ishlab chiqish va muhokama qilishda qatnashish huquqi beriladi. 2327 ta mahalla uchun esa yangi bino qurib beriladi. sentabrda “Mahalla institutining jamiyat hayotida tutgan o‘rni” xalqaro forumi o‘tkaziladi.

Aholi va tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkaziladi

2023-yilda aholi va tadbirkorlarning mavjud muammolarini “xonadonbay” o‘rganish bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkaziladi. Qolaversa, daftarlarga kiritilgan aholiga ko‘rsatilgan yordam haqidagi ma’lumotlar yagona axborot tizimiga kiritiladi. Har bir mahallaning elektron xaritasi ishlab chiqiladi.

Yaponiya O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyatiga Brayl alifbosidagi bosma uskunalarni topshirdi

Yaponiya O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyatiga o‘zbek tilidagi kitoblar va o‘quv materiallari ishlab chiqarish va Brayl alifbosiga tarjima qilish uchun dasturiy ta’minot sifatida Brayl yozuvidagi printerlarni taqdim etdi.

Navoiydagi savdo markazida yong‘in chiqdi

Karmana tumanidagi 3 qavatli qurilish mollari do‘konida yong‘in chiqdi. Uni o‘chirishga 14 ta qutqaruv ekipaji jalb qilinib, yong‘in qariyb 3 soatda bartaraf etildi.

Toshkentda tez yordam feldsherini haqoratlagan erkakka ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi

Toshkent shahar IIBB tez yordam dispetcherini haqoratlab, unga tahdid qilgan shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilganini ma’lum qildi. Erkak onasiga ayol shifokor jo‘natilishini talab qilgan, bo‘sh ayol shifokorlar brigadasi bo‘lmagani sababli erkak shifokorlar yuborilgandi.

Toshkentda “O‘zbekistonliklar butunjahon forumi” o‘tkaziladi

Kuzda Toshkent shahrida “O‘zbekistonliklar butunjahon forumi” o‘tkaziladi va xorijdagi eng faol vatandoshlar taqdirlanadi. Qolaversa, xorijdagi vatandoshlar orasida o‘zbek tilini keng targ‘ib qilish maqsadida maxsus onlayn mashg‘ulotlar tashkil etish ham rejalashtirilmoqda.