UNG Petro shoxobchalarida Ai-92 benziniga chegirma bekor qilinmaydi
30 aprel 2023, 18:48

UNG Petro shoxobchalarida Ai-92 benziniga chegirma bekor qilinmaydi

Energetika vazirligi UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-92 benziniga berilgan chegirmalar 1-maydan boshlab to‘xtatilishi to‘g‘risidagi xabarni rad etdi.

Referendum: Soat 17:00 holatiga ovoz berganlar ulushi 81,39 foizga yetdi
30 aprel 2023, 18:38

Referendum: Soat 17:00 holatiga ovoz berganlar ulushi 81,39 foizga yetdi

Referendumda ovoz berganlar ulushi 17:00 holatiga 81,39 foizga yetdi, deya ma’lum qildi MSK vakili Bahrom Qo‘chqorov. U ovoz berish natijalariga ta’sir ko‘rsatmaydigan qonun buzilishi holatlari borligini tan oldi, ayni vaqtda qonunbuzarliklar haqidagi xabarlar orasida haqiqatga zidlari ham borligini aytdi.

UNG Petro shoxobchalarida Ai-92 benzini uchun chegirma 1-maydan to‘xtatiladi
30 aprel 2023, 16:42

UNG Petro shoxobchalarida Ai-92 benzini uchun chegirma 1-maydan to‘xtatiladi

UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i tomonidan Navro‘z bayrami arafasida e’lon qilingan Ai-92 benzini uchun chegirma 1-maydan boshlab to‘xtatildi. Aksiya davomida bir litr yoqilg‘i 7500 so‘mdan sotildi.

Referendum uchun ro‘yxatga olingan o‘zbekistonliklarning 73,17 foizi ovoz berib bo‘ldi
30 aprel 2023, 16:26

Referendum uchun ro‘yxatga olingan o‘zbekistonliklarning 73,17 foizi ovoz berib bo‘ldi

Eng yuqori faollik Sirdaryo, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida kuzatilmoqda — soat 15:00 holatiga qariyb 80 foiz fuqaro ovoz berib bo‘ldi. Vladivostok, Tokio, Seul, Kvangjuda ovoz berish yakuniga yetdi. MSK internetda berilayotgan qonun buzilishi holatlari haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Bosh prokuratura referendumdagi qonun buzilishi holatlari haqida xabar berishni so‘radi
30 aprel 2023, 15:59

Bosh prokuratura referendumdagi qonun buzilishi holatlari haqida xabar berishni so‘radi

O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari Shohrux Aminov jurnalistlar va kuzatuvchilarni ehtimoliy qonun buzilishi holatlari haqida xabar berishga chaqirib, aynan qanday holatlar qonun buzilishi deb hisoblanishini eslatib o‘tdi.

O‘zbekistonda referendum bo‘lib o‘tgan deb topildi
30 aprel 2023, 14:31

O‘zbekistonda referendum bo‘lib o‘tgan deb topildi

O‘zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahriri bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tgan deb topildi, deya ma’ulm qildi MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov. Soat 13:00 holatiga 12 milliondan ortiq kishi yoki ro‘yxatga olingan saylovchilarning 62,24 foizi ovoz berib bo‘lgan.

Hududlar rahbarlari referendumda ovoz berdi
30 aprel 2023, 14:22

Hududlar rahbarlari referendumda ovoz berdi

O‘zbekiston viloyatlari rahbarlari va Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi yangi tahrirdagi Konstitutsiya bo‘yicha referendumda ishtirok etdi.

Referendumda 9 679 nafar mahkum ovoz berish imkoniyatiga ega — IIV
30 aprel 2023, 12:25

Referendumda 9 679 nafar mahkum ovoz berish imkoniyatiga ega — IIV

Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida referendumda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan 9 679 nafar shaxslar ovoz berishi mumkin, deya ma’lum qildi IIV rahbari o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev. Uning bildirishicha, soat 11:00 ga qadar qonunchilikni buzish bilan bog‘liq ariza yoki xabar kelib tushmagan.

Soat 11:00 holatiga 6,8 mln fuqaro referendumda ovoz berdi
30 aprel 2023, 12:16

Soat 11:00 holatiga 6,8 mln fuqaro referendumda ovoz berdi

O‘zbekiston va xorijdagi referendum uchastkalarida soat 11:00 ga ko‘ra 6,82 million nafardan ortiq fuqaro ovoz berdi.

Referendumning ayrim uchastkalarida oila a’zolari uchun ovoz berish holatlari kuzatilmoqda
30 aprel 2023, 11:53

Referendumning ayrim uchastkalarida oila a’zolari uchun ovoz berish holatlari kuzatilmoqda

“Gazeta.uz” muxbirlari Toshkentdagi referendum uchastkalarida bir qator qoida buzilishi holatlarini qayd etdi. Eng ko‘p kuzatilgan holat — oila a’zolari uchun ovoz berishdir. Shuningdek, jurnalistlar kuzatuvchilarning sust ekanligiga ham e’tibor qaratgan.

Shavkat Mirziyoyev referendumda ovoz berdi
30 aprel 2023, 11:50

Shavkat Mirziyoyev referendumda ovoz berdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yangi Konstitutsiyani qabul qilish bo‘yicha referendumda ovoz berdi.

Xorijdagi ovoz berish jarayonlari 39 davlatda o‘tkaziladi
30 aprel 2023, 10:35

Xorijdagi ovoz berish jarayonlari 39 davlatda o‘tkaziladi

Toshkent vaqti bilan ertalab soat 4:00 da O‘zbekistonning Yaponiya va Janubiy Koreyadagi vakolatxonalarida Konstitutsiyaning yangi tahrirdagi referendumini o‘tkazish bo‘yicha dastlabki referendum uchastkalari ochildi. Oxirgi uchastka 1-may, Toshkent vaqti bilan 05:00 da AQShda yopiladi.

2030-yilga borib O‘zbekistonga 7 mlrd kub metr suv yetishmaydi — Suv xo‘jaligi vazirligi
30 aprel 2023, 05:28

2030-yilga borib O‘zbekistonga 7 mlrd kub metr suv yetishmaydi — Suv xo‘jaligi vazirligi

Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Azimjon Nazarovning aytishicha, O‘zbekistonga suv resurslarining 80 foizi boshqa davlatlardan keladi, 20 foizi mamlakatda hosil bo‘ladi. Tahlillarga ko‘ra, 2030-yilga borib O‘zbekistonga 7 mlrd kub metr suv yetishmaydi. Vazirlik suvdan oqilona foydalanish zarurligini aytdi.

Migratsiya agentligi Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirining migrantlar soni oshgani haqidagi so‘zlarini rad etdi.
29 aprel 2023, 20:55

Migratsiya agentligi Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirining migrantlar soni oshgani haqidagi so‘zlarini rad etdi.

Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov so‘nggi yetti yil ichida O‘zbekistondan Rossiyaga ishlash uchun kelgan mehnat muhojirlari soni to‘rt baravar oshganini aytdi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bu ma’lumotlarni rad etib, aksincha, ularning soni kamayganiga ishora qildi.

MHTI ichki turizmdan qoniqish darajasini baholadi
29 aprel 2023, 17:18

MHTI ichki turizmdan qoniqish darajasini baholadi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ichki turizm bo‘yicha so‘rov o‘tkazdi. Respondentlarning yarmidan ko‘pi oilalari bilan sayohat qilishni afzal ko‘rishlarini aytdi. Asosiy muammolar qatorida yo‘llar sifati, narxlar, suv, internet va sanitariya punktlari sanaldi.

O‘zbekistonda yil boshidan beri 37 nafar bemorda qizamiq tasdiqlangan, epidemik vaziyat barqaror — SES
29 aprel 2023, 16:44

O‘zbekistonda yil boshidan beri 37 nafar bemorda qizamiq tasdiqlangan, epidemik vaziyat barqaror — SES

O‘zbekistonda 2023-yil boshidan beri 37 nafar bemorda qizamiq tasdiqlangan, kasallikka qarshi zarur choralar ko‘rilmoqda, epidemik vaziyat barqaror, deb xabar bermoqda SES. Avvalroq JSST kasallanganlar soni ortayotganidan ogohlantirgandi.

Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga tashrif buyuradi
29 aprel 2023, 15:42

Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyev 2−3-may kunlari Germaniyaga tashrif buyurib, u yerda Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer va kansler Olaf Shols bilan muzokaralar o‘tkazadi, shuningdek, mamlakat kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashadi.

O‘zbekiston Serra-Leone bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
29 aprel 2023, 15:09

O‘zbekiston Serra-Leone bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

Serra-Leone O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 143-davlat bo‘ldi.

Ilhom Qilichxanov Nurafshon shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi
29 aprel 2023, 13:24

Ilhom Qilichxanov Nurafshon shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Toshkent viloyati ma’muriy markazi bo‘lgan Nurafshon shahriga Ilhom Qilichxanov hokim etib tasdiqlandi. Avvalroq sobiq hokim Muzaffar Soliyev vazifasidan ozod etilgani, vazir lavozimida ishlagan vaqtidagi holat bilan bog‘liq ish bo‘yicha tergovga jalb etilgan bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi.

Nima tayyorlaymiz: Osiyo taomlari
29 aprel 2023, 10:50

Nima tayyorlaymiz: Osiyo taomlari

Uyda tayyorlangan koreyscha kim-pab rollari, ramyon, vok lapshasi, Tom Yam sho‘rvasi va boshqalar — Zira.uz turli Osiyo mamlakatlari oshxonasiga mansub mazali taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting