Andijon viloyati Izboskan tumani hokimining Investitsiya sanoat va savdo yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosari pora olishda gumonlanib ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Gazeta.uz” so‘roviga ko‘ra ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 8-aprel kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan utkazilgan tadbirda, Izboskan tumani hokimining Investitsiya sanoat va savdo yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosari A.K. (1990-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlanmgan) Izboskan tumanidagi Katta Farg‘ona kanali himoya hududidan 0,08 ga yer maydonini E-Auksion`dagi savdolarni yopiq shaklida o‘tkazib, sotib olib berishni aytgan. Buning evaziga, 5 300 000 so‘m pulni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (xizmat mavqeidan foydalangan holda firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.