O‘zgidromet xizmati agentligi direktori Sherzod Habibullayev 12−14-aprel kunlari shamol kuchayishi va chang-to‘zon kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirdi.

12-aprel kuni O‘zbekiston hududiga quruq va issiq havo kirib kelishi boshlanadi. 13−14-aprel kunlari respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati +30…+35 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +37 darajagacha ko‘tariladi.

ўзгидроmет, shamol kuchayishi

Foto: Khabibullakhoja Sherzodkhoja / Facebook

12−14-aprelda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Shu kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 13−14-aprelda esa Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarining ba’zi joylarda shamol 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin.