Dolchinli mayin trdlo, o‘tkir romantik hislar, qadimiy shaharning olov rang tomlari ortidan quyosh nurlarining tushishi va tor ko‘chalarda gullayotgan yorongullarni ko‘rish, to‘qilgan kresloda qahva ichib o‘tirish va har bir daqiqadan zavqlanish uchun Pragaga borsa bo‘ladi. Ushbu shahar bilan muhabbat bir lahzada sodir bo‘ladi — Praga o‘zining jozibasi bilan mehmonlarni maftun qilib qo‘yadi. Ushbu muhabbat esa bir umrlikdir.

May oyidan Asialuxe Travel milliy turoperatori Uzbekistan Airways qanotlarida Chexiyaga parvoz dasturini boshlaydi. Aynan erta bahor va yozda bu yerda yangiliklar va baxt hissini tuyish mumkin.

Praga quchog‘ida

Ushbu chiroyli poytaxt afsonaviy ertaklardan olingandek: qadimiy soatlar, gotik arxitektura, o‘rta asrlar gumbazlari, panoramalar, kamalak ranglaridagi tomlar, taomlar, jozibali traktirlar. Bu yerning go‘zalligi sizni hayratda qoldiradi. Pragaga bo‘lgan minglab ijobiy ta’riflarga uni dam olish uchun doimo buyuk insonlar, gurmanlar va aristokratlar tanlagani sababdir.

реклама

Davolanish uchun sayohat

Chexiyaga faqatgina betakror arxitektura va chiroyli ko‘chalar uchun borishmagan — bu yerga davolanish uchun ham kelishgan. Bugungi kunda bu yerda sog‘lomlashtiruvchi turizm yuqori darajada, va bundan albatta foydalanish kerak. Pragadan ikki soatli uzoqlikda ko‘plab qaynoq mineral buloqlarga ega afsonaviy Karlovыye Varы kurorti mavjud. Poytaxtdan uch soatli uzoqlikda esa mehmonlarni balneologik jannat — Marianske Lazne kutib oladi.

реклама

Dunyoning yuqori malakali shifokorlari, birinchi toifali sanatoriylar, va tabiat kuchi mo‘’jiza ko‘rsatishadi, shifo hadiya qilishadi va bir umrga ijobiy taassurotlar qoldirishadi.

Borish punkti — butun dunyo

Praganing yana bir afzalligi shundaki, bu yerdan istalgan Yevropa davlatlariga bemalol borish mumkin. Bu mavsumda Asialuxe Travel ikkita katta premeralarni taklif qilmoqda — quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bir haftalik ekskursion turlar:

  • Praga — Vena — Drezden;
  • Praga — Rim — Parij.

реклама

Shu tariqa, bitta go‘zal shahardan keyin Fransiya go‘zalligi, Italiya jozibasi, Avstriya va Germaniya aristokratizmini ko‘rish mumkin. Butun dunyo — oyoqlaringiz ostida. U esa Pragadan boshlanadi.

реклама

Viza masalasida hammasi oddiy

Asialuxe Travel siz uchun barchasi haqida o‘ylab qo‘ygan. Viza markazining saytida turoperator reyslari uchun hatto ertaga yozilish mumkin bo‘lgan joylar kvotasiga ega alohida bo‘lim mavjud. Asialuxe Travel viza rasmiylashtirishda yordam beradi — hujjatlarni yig‘ish va topshirishda ko‘maklashadi, zarurat bo‘lganida esa — sayyohni viza markaziga kuzatib boradi. Sizga esa eng yoqimli ishlar qoladi — boriladigan diqqatga sazovor joylar haqida ma’lumot to‘plash, restoranlarga tashrifni rejalashtirish va garderob haqida o‘ylash.

реклама

Narxi

Pragaga ikki kishili joylashuv bilan bir kishi uchun bo‘lgan turistik to‘plam narxi 15,6 mln so‘mdan, Karlov Varga — 17,2 mln so‘mdan va Marianske Laznega esa — 18,3 mln so‘mdan boshlanadi.

Kompleks turistik to‘plamlar, narxlar va parvoz sharoitlari haqida batafsil ma’lumotni kompaniya sayti va quyidagi telefon raqamlari orqali bilib olishingiz mumkin: (+998) 71−211−22−22, (+998) 71−201−77−77.

Asialuxe Travel mahsulotlari O‘zbekistonning barcha turistik agentliklarida mavjud.

Sayt: asialuxe.uz
Telegram: t.me/asialuxe
Telegram-guruh: t.me/my_asialuxe
Facebook: fb.com/asia.luxe.travel
Instagram: @asialuxe.travel

Reklama huquqlari asosida.