Ilhom Qilichxanov Nurafshon shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi
29 aprel 2023, 13:24

Ilhom Qilichxanov Nurafshon shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Toshkent viloyati ma’muriy markazi bo‘lgan Nurafshon shahriga Ilhom Qilichxanov hokim etib tasdiqlandi. Avvalroq sobiq hokim Muzaffar Soliyev vazifasidan ozod etilgani, vazir lavozimida ishlagan vaqtidagi holat bilan bog‘liq ish bo‘yicha tergovga jalb etilgan bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi.

Nima tayyorlaymiz: Osiyo taomlari
29 aprel 2023, 10:50

Nima tayyorlaymiz: Osiyo taomlari

Uyda tayyorlangan koreyscha kim-pab rollari, ramyon, vok lapshasi, Tom Yam sho‘rvasi va boshqalar — Zira.uz turli Osiyo mamlakatlari oshxonasiga mansub mazali taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Buxoroda gaz balloni yorilishi oqibatida 2 kishi 90−95 foiz kuyib, shifoxonaga yotqizildi
29 aprel 2023, 10:00

Buxoroda gaz balloni yorilishi oqibatida 2 kishi 90−95 foiz kuyib, shifoxonaga yotqizildi

Buxoro shahridagi avtoustaxonada 50 litrli suyultirilgan maishiy gaz balloni portladi. Oqibatda 90−95 foiz kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan 2 bemorning ahvoli og‘irligicha qolmoqda.

Samarqand viloyatida ikki maktab o‘quvchi qizlari mushtlashdi
28 aprel 2023, 23:46

Samarqand viloyatida ikki maktab o‘quvchi qizlari mushtlashdi

Bulung‘ur tumanida ikkita maktabning 8-sinf o‘quvchi qizlari stadionda mushtlashdi. Videoda ikki guruh qizlarning mushtlashuvi aks etgan, shuningdek yigitlarning kulgani va luqma tashlaganlari eshitilgan. Tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

“Samolyotda bitta katta oiladek edik”. Uzbekistan Airways ekipaji bortdagi tug‘ruq haqida so‘zlab berdi
28 aprel 2023, 23:19

“Samolyotda bitta katta oiladek edik”. Uzbekistan Airways ekipaji bortdagi tug‘ruq haqida so‘zlab berdi

26-aprel kuni Uzbekistan Airways`ning Toshkentdan Istanbulga uchayotgan samolyoti bortida o‘g‘il bola dunyoga keldi. Styuardessalar “Gazeta.uz”ga tug‘ruq qanday ro‘y berganini so‘zlab berishdi. “Samolyotda bitta katta oiladek edik — 246 qarindosh va hamma kutardi: kimdir nabirasini, kimdir jiyanini, ukasini”.

28-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
28 aprel 2023, 22:00

28-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkentni $250 mlrdga sotishga e’lon bergan maktab o‘quvchisi, referendumda oldinroq ovoz bergan 611 ming fuqaro, “Mening yo‘lim” loyihasi takliflariga ovoz berish boshlangani, ajrashishlar ko‘paygani uchun o‘zgartirish taklif qilingan Yunusoboddagi mahalla nomi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

O‘zbekiston prezidenti Musulmonlar idorasi rahbarini qabul qildi
28 aprel 2023, 21:15

O‘zbekiston prezidenti Musulmonlar idorasi rahbarini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, vijdon erkinligini kafolatlash, ta’lim orqali jaholatga qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi.

Ukrainaning Uman shahrida turar-joy binosiga Rossiya raketasi kelib tushdi, 16 kishi halok bo‘ldi
28 aprel 2023, 19:05

Ukrainaning Uman shahrida turar-joy binosiga Rossiya raketasi kelib tushdi, 16 kishi halok bo‘ldi

Ukrainaning Uman shahrida Rossiya raketasi turar-joy binosiga kelib urilgan. Oqibatda 16 kishi halok bo‘ldi, ulardan 3 nafari bola, 18 kishi esa jarohatlangan.

“Asakabank” yangilangan shartlardagi avtokreditlar taqdimotini o‘tkazdi
28 aprel 2023, 19:00

“Asakabank” yangilangan shartlardagi avtokreditlar taqdimotini o‘tkazdi

Endilikda “Asakabank” tomonidan nafaqat O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan, balki chet eldan import qilingan avto va mototransport vositalari uchun ham avtokredit ajratiladi.

JSST qizamiq bilan kasallanganlar soni ortayotganidan ogohlantirmoqda
28 aprel 2023, 18:41

JSST qizamiq bilan kasallanganlar soni ortayotganidan ogohlantirmoqda

O‘zbekistonni ham o‘z ichiga olgan JSST Yevropa mintaqasida qizamiq bilan kasallanish holatlari ko‘paygan. O‘zbekistonda uch oy davomida 26 ta (o‘tgan yili — 8), Tojikistonda — 199 (451) holat tasdiqlangan.

Toshkentda navbat bilan ichimlik suvi o‘chiriladi. Ro‘yxat
28 aprel 2023, 17:30

Toshkentda navbat bilan ichimlik suvi o‘chiriladi. Ro‘yxat

Bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik uchun ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkentning turli hududlarida navbat bilan sovuq suv o‘chiriladi.

O‘zbekiston yengil atletikachilari U-18 Osiyo chempionatida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi
28 aprel 2023, 17:28

O‘zbekiston yengil atletikachilari U-18 Osiyo chempionatida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi

Toshkentda yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilayotgan 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining birinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi uchta medal — 2 ta kumush va bitta bronzani qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasi bo‘yicha referendumda 611 mingdan ortiq fuqaro muddatidan oldin ovoz berdi
28 aprel 2023, 17:16

O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasi bo‘yicha referendumda 611 mingdan ortiq fuqaro muddatidan oldin ovoz berdi

MSK 19−26-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan Konstitutsiya loyihasi bo‘yicha referendumda muddatidan oldin ovoz berishda 611 ming 320 nafar fuqaro ishtirok etganini ma’lum qildi.

Toshkentda o‘tadigan boks bo‘yicha JCHda 13 nafar o‘zbekistonlik sportchi qatnashadi (Ro‘yxat)
28 aprel 2023, 17:05

Toshkentda o‘tadigan boks bo‘yicha JCHda 13 nafar o‘zbekistonlik sportchi qatnashadi (Ro‘yxat)

30-aprel — 14-may kunlari O‘zbekistonda o‘tadigan boks bo‘yicha jahon chempionatida milliy terma jamoadan 13 nafar sportchi qatnashadi. Ular orasida Bahodir Jalolov, Hasanboy Do‘smatov kabi Olimpiya o‘yinlari chempionlari ham bor.

“Agrobank” xalqaro investitsiya forumida ishtirok etdi
28 aprel 2023, 17:00

“Agrobank” xalqaro investitsiya forumida ishtirok etdi

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro investitsiya forumida “Agrobank” Germaniya banklari bilan jami qiymati 50 mln yevrolik ikkita hamkorlik bitimini imzoladi.

Toshkentni $250 mlrdga sotish bo‘yicha e’lon bergan shaxs maktab o‘quvchisi bo‘lib chiqdi
28 aprel 2023, 15:56

Toshkentni $250 mlrdga sotish bo‘yicha e’lon bergan shaxs maktab o‘quvchisi bo‘lib chiqdi

IIV Kiberxavfsizlik markazi 8-sinf o‘quvchisi Toshkent shahrini onlayn sotuv platformasida 250 mlrd dollarga sotish haqida e’lon joylashtirganini aniqlandi. O‘smir buni hazil tariqasida qilganini bildirdi.

Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish uchun “O‘rta Osiyo-Markaz” gaz quvuri ko‘rib chiqilmoqda
28 aprel 2023, 15:42

Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish uchun “O‘rta Osiyo-Markaz” gaz quvuri ko‘rib chiqilmoqda

Rossiyadan O‘zbekistonga gazni “O‘rta Osiyo-Markaz” (CAC) gaz quvuri orqali yetkazib berish rejalashtirilmoqda, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalroq yetkazib berish uchun ko‘rib chiqilgan boshqa — “Buxoro-Ural” gaz quvuri eskirgani sababli mos kelmaydi.

Autodesk qurilish sanoatini raqamlashtirishda BIM`ni taklif qiladi
28 aprel 2023, 15:00

Autodesk qurilish sanoatini raqamlashtirishda BIM`ni taklif qiladi

Arxitektura va qurilish sanoati uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi Autodesk korporatsiyasi samarali hamkorlikni tavsiya etmoqda.

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni O‘zbekistonga olib kirish va tarqatishda gumonlangan 30 nafar shaxs ushlandi
28 aprel 2023, 14:58

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni O‘zbekistonga olib kirish va tarqatishda gumonlangan 30 nafar shaxs ushlandi

O‘zbekistonga noqonuniy ravishda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini olib kirish va ularni mamlakat bo‘ylab tarqatish bilan shug‘ullanganlikda gumonlangan 30 nafar shaxs ushlanib, ularga tegishli 75 275 dona dorilar olib qo‘yildi.

Yunusoboddagi mahalla nomini ajrashishlar ko‘paygani uchun o‘zgartirish taklif qilindi
28 aprel 2023, 14:33

Yunusoboddagi mahalla nomini ajrashishlar ko‘paygani uchun o‘zgartirish taklif qilindi

Yunusobodda salkam 30 yil “Shodlik” deb nomlangan mahalla nomi “tarixiy ahamiyat kasb etishi uchun” 2016-yili “Yo‘layriq” deb o‘zgartirilgan. Oradan yetti yil o‘tib, mahalla nomini endi “Obihayot” deb o‘zgartirishmoqchi. Ta’kidlanishicha, mahallaning hozirgi nomi yosh oilalarning totuvligiga xalal bermoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting