Qoraqalpog‘istondagi har bir mahallaga qo‘shimcha 500 mln so‘mdan ajratiladi
30 mart 2023, 15:27

Qoraqalpog‘istondagi har bir mahallaga qo‘shimcha 500 mln so‘mdan ajratiladi

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda aholi farovonligini oshirish bo‘yicha 3 ta tashabbusni ilgari surdi. Unga ko‘ra, 452 ta mahallaning har biriga 500 mln so‘mdan qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi, 38 ming odamning kadastri to‘liq qilib beriladi. Shuningdek, yil oxirigacha 4 mingta uy-joy quriladi.

Farg‘onada qiz tushib ketgan attraksion qo‘lbola usulda yasalgan — Kontexnazorat
30 mart 2023, 14:43

Farg‘onada qiz tushib ketgan attraksion qo‘lbola usulda yasalgan — Kontexnazorat

Rishton tumanidagi “Ar-Roshidoniy“ bog‘idagi 17 yoshli qiz tushib ketgan attraksion qo‘lbola usulda yasalgani, texnik pasporti yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Qolaversa, statik va dinamik sinovlardan o‘tkazilmagan. Jabrlanuvchi esa voqea vaqtida himoya zanjirini o‘z qo‘li bilan bo‘shatib yuborgani aytilmoqda.

Nukus voqealari bo‘yicha sudlanuvchilarning 22 nafardan 16 tasi apellyatsiya berdi
30 mart 2023, 14:19

Nukus voqealari bo‘yicha sudlanuvchilarning 22 nafardan 16 tasi apellyatsiya berdi

Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan 22 nafar sudlanuvchidan 16 nafari sud qarori ustidan apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qildi. Ular orasida fevral oyi boshida tergov izolyatorida vafot etgan Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv boshqarmasi sobiq boshlig‘i Polat Shamshetov ham bor.

Samarqand viloyatidagi parranda fabrikasida portlash yuz berdi
30 mart 2023, 13:21

Samarqand viloyatidagi parranda fabrikasida portlash yuz berdi

Kattaqo‘rg‘on tumanida parranda fabrikasida portlash sodir bo‘ldi. Uning oqibatida ikki kishi jarohat oldi.

Xitoy va Braziliya yuanda savdo qilishga kelishib oldi
30 mart 2023, 13:18

Xitoy va Braziliya yuanda savdo qilishga kelishib oldi

Braziliya va Xitoy yuanda savdo qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi va qo‘shma hisob-kitob palatasi tashkil etilganini e’lon qildi. Bu ikki davlat o‘rtasida o‘z valyutalarini AQSh dollariga almashtirmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo qilish imkonini beradi.

2022 yilda sanoat korxonalaridagi baxtsiz hodisalarning 28 tasi o‘lim bilan tugadi
30 mart 2023, 12:52

2022 yilda sanoat korxonalaridagi baxtsiz hodisalarning 28 tasi o‘lim bilan tugadi

Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi nazoratidagi korxona va tashkilotlarda 2022 yilda 81 ta baxtsiz hodisa yuz berdi. Shulardan 28 tasida o‘lim holati qayd etildi. Hodisalar 60 foizdan ortiq holatda tashkiliy sabab bilan bog‘liq, deya izoh berildi.

Qoraqalpog‘istonda Cobalt va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida bir kishi vafot etdi
30 mart 2023, 12:49

Qoraqalpog‘istonda Cobalt va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida bir kishi vafot etdi

To‘rtko‘l tumanida Cobalt va MAN rusumli avtotransportlar o‘rtasida yo‘l transport hodisasi yuzaga keldi. Oqibatda bir fuqaro vafot etdi. Holat sabab surishtiruv ishlari boshlangan.

«Partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 20 ming imzo ko‘p emas» — O‘zbekiston adliya vaziri
30 mart 2023, 11:50

«Partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 20 ming imzo ko‘p emas» — O‘zbekiston adliya vaziri

O‘zbekiston adliya vaziri Akbar Toshqulovning aytishicha, partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 20 ming imzo unchalik ko‘p emas. «Agar har 5 yoki 10 ming kishi partiya ochaversa, ular soni qancha bo‘ladi?» — dedi u. Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov esa vazirning pozitsiyasini «to‘liq avtoritar» deb atadi.

Samarqandda fuqaro Tojikistondan O‘zbekistonga 19,8 kg giyohvand moddani olib o‘tmoqchi bo‘ldi
30 mart 2023, 11:40

Samarqandda fuqaro Tojikistondan O‘zbekistonga 19,8 kg giyohvand moddani olib o‘tmoqchi bo‘ldi

Urgut tumani hududidan o‘tuvchi o‘zbek-tojik davlat chegarasidan 1997 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro Tojikistondan 19 kg 799 gr opiy moddasini kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tayotganida ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga bordi
30 mart 2023, 11:08

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga bordi

30 mart kuni O‘zbekiston prezidenti hududlar rivoji va aholi hayoti bilan tanishish maqsadida Qoraqalpog‘istonga bordi. Tashrif davomida yangi korxonalar ishga tushirilishi, yoshlar bilan muloqot qilish ham rejalashtirilgan.

Farg‘onada 17 yoshli qiz attraksiondan tushib ketib, jarohat oldi
30 mart 2023, 10:53

Farg‘onada 17 yoshli qiz attraksiondan tushib ketib, jarohat oldi

Rishton tumanida 17 yoshli qiz istirohat bog‘idagi attraksiondan ehtiyotsizlik sabab tushib ketib, tan jarohati oldi. «U Bag‘dod tumanidagi shifoxonada davolanmoqda, ahvoli yaxshilanyapti», deyiladi viloyat IIB xabarida. Holat bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlandi, tergovga qadar tekshiruv ketmoqda.

O‘zbekistonda birinchi avtomatlashtirilgan hojatxona ishga tushdi
30 mart 2023, 10:32

O‘zbekistonda birinchi avtomatlashtirilgan hojatxona ishga tushdi

Toshkentning Mirobod tumanida O‘zbekistonda birinchi avtomatlashtirilgan sanitar-gigiyenik shoxobcha ishga tushirildi. Unga kirishdan avval naqd pul yoki QR kod orqali to‘lov qilinadi. Foydalanish jarayonida barcha qurilmalar inson omilisiz boshqariladi. Shoxobcha 24/7 rejimida faoliyat yuritadi.

Ayrim qishloq xo‘jaligi texnikalari bojxona to‘lovlari va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi
30 mart 2023, 10:12

Ayrim qishloq xo‘jaligi texnikalari bojxona to‘lovlari va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi

Prezident qarori bilan 2023 yil 1 apreldan tegishli ro‘yxat bo‘yicha xorijdan olib kelinadigan barcha turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalari va agregatlari hamda ularning butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlari 2025 yilgacha bojxona to‘lovlaridan va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi.

Saudiya Arabistoni hukumati mamlakatning SHHT muloqotida sheriklik maqomini tasdiqladi
30 mart 2023, 10:00

Saudiya Arabistoni hukumati mamlakatning SHHT muloqotida sheriklik maqomini tasdiqladi

Saudiya Arabistoni Vazirlar Mahkamasi qirollikka Shanxay hamkorlik tashkilotining muloqot bo‘yicha sherik maqomini berish to‘g‘risidagi memorandumni tasdiqladi.

Banklar dollarning sotish va sotib olish kurslarini yangiladi
30 mart 2023, 09:42

Banklar dollarning sotish va sotib olish kurslarini yangiladi

Tijorat banklari 30-mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 280 — 11 415 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 415 — 11 470 so‘m.

29 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
29 mart 2023, 22:00

29 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonga keltiriladigan qo‘shimcha 20 ta samolyot, YPX xodimlariga narkotesterdan foydalanishga ruhsat etilgani, «svet» va gaz narxlari bu yil oshmaydi, bojlarning nolga tushirilishi oziq-ovqat va tovarlar narxi hamda iqtisodiyotga qanday ta’sir qilishi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

O‘quvchilari Open budget uchun SIM-karta olishga pul yiqqan maktab direktori ishdan bo‘shatildi
29 mart 2023, 20:40

O‘quvchilari Open budget uchun SIM-karta olishga pul yiqqan maktab direktori ishdan bo‘shatildi

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida o‘quvchilari «Ochiq budjet» loyihasida ovoz to‘plashga SIM-karta sotib olish uchun pul yig‘ishga jalb qilingan maktab direktori ishdan bo‘shatildi. Viloyat hokimi haqiqatan ham ehtiyoj bo‘lsa, maktabni mahalliy budjet hisobidan jihozlash bo‘yicha topshiriq berdi.

O‘zbekistonda vazirlik va davlat tashkilotlarining ochiqlik indeksi e’lon qilindi
29 mart 2023, 20:30

O‘zbekistonda vazirlik va davlat tashkilotlarining ochiqlik indeksi e’lon qilindi

Antikorrupsiya agentligi 2022 yil uchun davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik indeksini e’lon qildi. Unda birinchi uchtalikni Statistika agentligi, Bojxona qo‘mitasi va Toshkent viloyati hokimligi egallagan bo‘lsa, so‘nggi o‘rinlarni «Qishloqqurilish invest», «Yo‘lqurilish» va MTRK band qildi.

Toshkent metrosida ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash haqidagi ijtimoiy reklama joylashtirildi
29 mart 2023, 19:38

Toshkent metrosida ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash haqidagi ijtimoiy reklama joylashtirildi

Toshkent metropolitenida ayollarning zo‘ravonlikka qarshi yordam so‘rab qilgan murojaatlarini radioto‘lqinlar shaklida aks ettirgan banner va posterlar joylashtirildi. Ularning har birida QR-kod mavjud bo‘lib, u orqali yordam haqida batafsil ma’lumot olish mumkin.

Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida qurol yashirilgan o‘ra aniqlandi
29 mart 2023, 18:40

Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida qurol yashirilgan o‘ra aniqlandi

Qirg‘iziston chegarachilari O‘zbekiston chegarasi yaqinidagi vodoprovod lyuki ichiga 16 kalibrli ov miltig‘i yashirib qo‘yilganini aniqladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting