Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida Lacetti va Nexia ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Sevimli” talekanalining “Zamon” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

6-aprel kuni soat 07:30 larda Jarqo‘rg‘on tumani “Oqtepa” mahallasi hududidan o‘tuvchi M41 avtomobil yo‘lida Lacetti qarama qarshi tarafdan harakatlanib kelayotgan Nexia bilan to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida Nexia rulidagi 34 yoshli haydovchi va Lacetti`ning old o‘rindig‘ida bo‘lgan 24 yoshli yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Mashinalar ichida bo‘lgan 6 nafar yo‘lovchi esa og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.