10-aprel kuni soat 17:30 atrofida Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 110-maktabda 8-sinf o‘quvchisi (o‘g‘il bola) vafot etdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Hodisa sodir bo‘lgan joyga tuman hokimi, tuman prokuraturasi, tuman IIO FMB rahbariyati, tezkor navbatchilik guruhi borgan. Maktab kuzatuv kamerasi videoëzuvlari o‘rganilganda, hodisa joyida janjal yoki kelishmovchilik bo‘lmagani aniqlangan.

Sud tibbiyot ekspertizasining 11-apreldagi 160-sonli dastlabki xulosasiga ko‘ra, Shayxontohur tumanida yashovchi, 2009-yilda tug‘ilgan 8-sinf o‘quvchisi M.S.ning o‘limiga “oshqozon osti beziga keng ko‘lamli qon quyilishi, o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi, o‘ng ko‘z yonida shilinma, ichki a’zolari to‘laqonligi, bosh miya va o‘pkalar shishi” sabab bo‘lgan.

Hozirda tergovga kadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.