Jahon banki O‘zbekiston YAIM o‘sishi bo‘yicha prognozini yaxshiladi
6 oktabr 2023, 10:37

Jahon banki O‘zbekiston YAIM o‘sishi bo‘yicha prognozini yaxshiladi

Jahon banki O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sishi 2023-yilda 5,5 foiz atrofida, 2024-yilda esa 5,6 foiz darajasida bo‘lishini prognoz qilmoqda. Rossiyadan pul o‘tkazmalari kamayishi tufayli iste’mol darajasi o‘sishi sekinlashadi. Qashshoqlik darajasi biroz pasayishi kutilmoqda.

Toshkentning 4 ta tumanidagi ayrim hududlarda gaz vaqtincha o‘chiriladi
6 oktabr 2023, 09:49

Toshkentning 4 ta tumanidagi ayrim hududlarda gaz vaqtincha o‘chiriladi

6-oktabr kuni Bektemir, Yunusobod, Sergeli, Yakkasaroy tumanlaridagi ayrim mahalla va ko‘chalarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

O‘zbekiston ilk bor 4,25 trln so‘mlik yashil suveren xalqaro obligatsiyalarni London fond birjasida joylashtirdi
6 oktabr 2023, 09:43

O‘zbekiston ilk bor 4,25 trln so‘mlik yashil suveren xalqaro obligatsiyalarni London fond birjasida joylashtirdi

O‘zbekiston birinchi marta 4,25 trln so‘m miqdoridagi yashil suveren xalqaro obligatsiyalar hamda 660 mln dollar miqdoridagi xalqaro obligatsiyalarni London fond birjasida joylashtirdi.

O‘zbekistonlik beshkurashchi Alise Faxrutdinova ikkinchi bor Olimpiadaga yo‘llanma oldi
6 oktabr 2023, 09:00

O‘zbekistonlik beshkurashchi Alise Faxrutdinova ikkinchi bor Olimpiadaga yo‘llanma oldi

Osiyo o‘yinlari 2023 Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilmoqda. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik beshkurashchi Alise Faxrutdinova quvonarli natijalarni qo‘lga kiritdi va Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanma oldi. Life Group Business ushbu sport turini qo‘llab-quvvatlaydigan kompaniyalardan biridir.

Shavkat Mirziyoyev Qozondan Moskvaga yetib bordi
6 oktabr 2023, 08:31

Shavkat Mirziyoyev Qozondan Moskvaga yetib bordi

O‘zbekiston prezidenti Qozondan Moskvaga yetib bordi. Aeroportda tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti va hukumat rahbari bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti norvegiyalik yozuvchi Yun Fossega berildi
5 oktabr 2023, 23:27

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti norvegiyalik yozuvchi Yun Fossega berildi

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti norvegiyalik yozuvchi, shoir va dramaturg Yun Fossega “aytib bo‘lmaydiganlarni so‘zlatadigan novatorlik pesalari va prozasi uchun” berildi.

O‘zbekiston prezidenti Tatariston raisi bilan muzokaralar o‘tkazdi
5 oktabr 2023, 22:34

O‘zbekiston prezidenti Tatariston raisi bilan muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston prezidenti Qozon shahrida Tatariston rahbari Rustam Minnixanov bilan uchrashdi. Hamkorlik masalalari va ikki davlat hududlari forumi yakunlari muhokama qilindi. O‘zbekistonda Rossiyaning “Alabuga” va “Master” texnoparklari bilan sanoat parklarini tashkil etish ham kelishuvlar ro‘yxatidan o‘rin oldi.

Ukrainaning Xarkov viloyatidagi qishloq o‘qqa tutilishi oqibatida qariyb 50 kishi halok bo‘ldi
5 oktabr 2023, 21:22

Ukrainaning Xarkov viloyatidagi qishloq o‘qqa tutilishi oqibatida qariyb 50 kishi halok bo‘ldi

Ukrainaning Xarkov viloyati Kupyanskiy tumanidagi do‘kon va kafega raketa zarbasi berilishi natijasida 50 ga yaqin odam, jumladan, bir bola halok bo‘ldi, yana yetti kishi jarohatlangan.

Toshkent viloyatida to‘y korteji a’zolari 10 kunga qamaldi
5 oktabr 2023, 19:07

Toshkent viloyatida to‘y korteji a’zolari 10 kunga qamaldi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida to‘y kortejining ikki ishtirokchisi 10 sutkaga hibsga olindi. Mashinalarni boshqarayotgan yoshlar to‘y marosimiga ketayotgan yo‘lda rulni qo‘yib yuborib, salondan to‘liq chiqib olishgan.

Uch nafar o‘zbekistonlik bokschi Osiyo o‘yinlari oltin medalini qo‘lga kiritdi
5 oktabr 2023, 18:50

Uch nafar o‘zbekistonlik bokschi Osiyo o‘yinlari oltin medalini qo‘lga kiritdi

Xitoyda davom etayotgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar yana 3 ta oltin va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Boks bo‘yicha terma jamoa a’zolari Xasanboy Do‘smatov, Abdumalik Xalokov va Bahodir Jalolov oltin medalga sazovor bo‘ldi.

1-noyabrdan 1000 kVtdan ziyod elektr energiyasi sarflagan aholi 2−4 baravar ko‘proq pul to‘laydi
5 oktabr 2023, 18:17

1-noyabrdan 1000 kVtdan ziyod elektr energiyasi sarflagan aholi 2−4 baravar ko‘proq pul to‘laydi

1-noyabrdan o‘zbekistonliklar oyiga 1000 kVtdan ko‘p elektr energiyasi sarflagani uchun tarifdan 2−4 baravargacha qimmatroq to‘lov qiladi. Bu tartib hukumatning yopiq qarori bilan tasdiqlandi. Energetika vazirligi esa o‘suvchan koeffitsiyent “aholining 98 foiziga umuman ta’sir qilmasligini” aytmoqda.

Britaniyada 2008-yildan keyin tug‘ilganlarga sigaret sotishni taqiqlash taklif qilindi
5 oktabr 2023, 17:45

Britaniyada 2008-yildan keyin tug‘ilganlarga sigaret sotishni taqiqlash taklif qilindi

Britaniya hukumati “chekmaydigan avlod”ni yaratish maqsadida Angliyada 2008-yildan keyin tug‘ilganlarga tamaki mahsulotlarini sotishni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Bu 2040-yilga borib yoshlar orasida chekishni deyarli tamomila to‘xtatish imkonini beradi, — deyiladi xabarda.

Sud Toshkentda halokatli YTHga sababchi bo‘lgan Captiva haydovchisiga hukm chiqardi
5 oktabr 2023, 17:14

Sud Toshkentda halokatli YTHga sababchi bo‘lgan Captiva haydovchisiga hukm chiqardi

Aprelda Captiva qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, Cobalt bilan to‘qnashib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘lgandi. YTHga aybdor shaxs sudda boshqaruv vaqtida hushini yo‘qotganini aytdi. Unga 3 yil muddatga transport boshqarish huquqidan mahrum qilish va 5 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

O‘zbekistonda oxirgi 10 yilda eng ko‘p sel toshqini 2022-yilda kuzatildi
5 oktabr 2023, 16:00

O‘zbekistonda oxirgi 10 yilda eng ko‘p sel toshqini 2022-yilda kuzatildi

O‘zbekistonda oxirgi 10 yilda eng ko‘p sel-suv toshqin hodisalari 2022-yilda (171 ta) kuzatildi. “Eng achinarli holat — bundan insonlarning halok bo‘lishi qayd etilmoqda”, — dedi O‘zgidromet agentligi boshqarmasi boshlig‘i Qahramon Zahidov.

Oliy ta’lim vazirligi barcha kasb-hunar ta’limi muassasalarini yaxlit tizim sifatida muvofiqlashtiradi
5 oktabr 2023, 15:11

Oliy ta’lim vazirligi barcha kasb-hunar ta’limi muassasalarini yaxlit tizim sifatida muvofiqlashtiradi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi barcha kasb-hunar ta’limi muassasalarini yaxlit tizim sifatida muvofiqlashtiradi, deya ta’kidlandi prezidentga qilingan taqdimotda. Kelgusi o‘quv yilidan boshlab ayrim texnikumlarda xalqaro dastur asosida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 3 ta mintaqalararo va 7 ta tijoriy shartnomalar imzolandi
5 oktabr 2023, 14:47

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 3 ta mintaqalararo va 7 ta tijoriy shartnomalar imzolandi

Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan forumda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida Toshkent viloyatida Wildberries logistika xabini qurish, Rossiyadan metro vagonlarini yetkazib berish, suv ta’minoti bo‘yicha tajriba almashish, shuningdek, Ozon marketpleysi bilan elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha hujjatlar imzolandi.

O‘zbekiston prezidenti Tataristonga bordi
5 oktabr 2023, 14:42

O‘zbekiston prezidenti Tataristonga bordi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga rasmiy tashrifining birinchi manzili — Qozon shahriga keldi. Bu uning Tataristonga ilk tashrifi hisoblanadi.

Jurnalist Suriya Magdeyeva vafot etdi
5 oktabr 2023, 14:38

Jurnalist Suriya Magdeyeva vafot etdi

“Darakchi plyus” gazetasi jurnalisti Suriya Magdeyeva kasallikdan so‘ng 43 yoshida vafot etdi.

Bu yilgi qishda yanvardagidek anomal sovuq kutilmayapti — O‘zgidromet
5 oktabr 2023, 14:16

Bu yilgi qishda yanvardagidek anomal sovuq kutilmayapti — O‘zgidromet

Kelayotgan qish mavsumida yanvar oyida kuzatilganidek anomal hodisalar bo‘lishi kutilgani yo‘q, deya ma’lum qildi Gidrometeorologik ta’minot boshqarmasi boshlig‘i Azimjon Narzullayev. — Biroq harorat −7…−12 darajagacha, shimolda −17…−22 darajagacha tushishi mumkin.

Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi kutilmoqda
5 oktabr 2023, 14:05

Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi kutilmoqda

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida 13-oktabr kuni MDH davlat rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tadi. Unda hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlar rahbarlari, xususan, O‘zbekiston prezidenti ham ishtirok etishi kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting