Xorazm viloyati mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini 10 oy davomida zo‘rlab kelgan shaxslarning sudga taqdim etgan va ajrim chiqarilgan apellyatsiya instansiyasi qayta ko‘rib chiqilishi aytilgandi.

Ushbu jinoyat ishi apellyatsiya tartibida yangidan ko‘rib chiqish uchun Toshkent shahar sudiga yuborildi. Shuningdek, mazkur jinoyat ishi yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilib, qo‘shimcha ma’lumot sud jarayoni yakuni bo‘yicha beriladi.

Eslatib o‘tamiz, holat bo‘yicha mehribonlik uyi rahbari 5,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgani hamda 1 yilga davlat ishtirokidagi korxona, tashkilot, muassasalarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq vazifalarda ishlash huquqidan mahrum qilingan. Ikki sobiq amaldor esa 1,5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini olgan.