O‘zbekistonda iyun oyi O‘rta Osiyo iqlimi uchun juda issiq o‘tdi
5 iyul 2023, 13:02

O‘zbekistonda iyun oyi O‘rta Osiyo iqlimi uchun juda issiq o‘tdi

O‘zbekistonda iyun oyi O‘rta Osiyo iqlimi uchun juda issiq o‘tdi. Toshkentda bu oy kuzatuvlar tarixidagi eng issiq iyun oyi bo‘lib, 2021-yilgi ko‘rsatkichdan o‘tib ketdi. Sinoptiklar shimoli-g‘arbiy hududlarga Rossiyadan salqin havo kirib kelishi tufayli ob-havo nisbatan salqin bo‘lganini ham qayd etdi.

O‘zbekistonda 10 ta strategik kon, 40 ta oltin uchastkasi auksion orqali tadbirkorlarga beriladi
5 iyul 2023, 13:01

O‘zbekistonda 10 ta strategik kon, 40 ta oltin uchastkasi auksion orqali tadbirkorlarga beriladi

2023-yilda O‘zbekistonda 10 ta strategik qazilma koni, 40 ta oltin izlovchilar uchun uchastka hamda 500 dan ortiq noruda kon va maydonlari elektron auksion orqali tadbirkorlarga taqdim etiladi.

Nukusda Yandex Go xizmati ish boshladi
5 iyul 2023, 11:26

Nukusda Yandex Go xizmati ish boshladi

Qoraqalpog‘iston poytaxti Nukus shahrida Yandex Go taksi agregatori ishga tushdi. Bu O‘zbekistonning xizmat kirib borgan to‘qqizinchi shahri hisoblanadi.

Milliy gvardiyaga har biri 2,3 mlrd so‘mlik 10 ta ot sotib olish bo‘yicha tender e’lon qilindi
5 iyul 2023, 11:02

Milliy gvardiyaga har biri 2,3 mlrd so‘mlik 10 ta ot sotib olish bo‘yicha tender e’lon qilindi

Milliy gvardiya qoshidagi Ot sporti bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabiga har biri 2,3 mlrd so‘mlik 10 ta ot sotib olish bo‘yicha tender e’lon qilindi. Shuningdek, maktabga 650 mln so‘mlik beda pichani xarid qilish bo‘yicha tender o‘tkazilgan, keyinroq esa bitim bekor qilingan.

Toshkentda Lacetti 12 yoshli bolani urib ketdi
5 iyul 2023, 10:55

Toshkentda Lacetti 12 yoshli bolani urib ketdi

Sergeli tumanida 25 yoshli haydovchi yo‘lni kesib o‘tayotgan 12 yoshli piyodani urib ketdi. Piyoda turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.

Endi qarzni to‘lamaganlik uchun belgilangan jarima miqdori undiriladigan summadan oshmaydi
5 iyul 2023, 10:20

Endi qarzni to‘lamaganlik uchun belgilangan jarima miqdori undiriladigan summadan oshmaydi

Prezident imzolagan qonun bilan ma’muriy jarima summasi ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan oshishi mumkin emasligi belgilandi.

Bahodirjon Sidiqov “O‘zbekneftgaz”ga rahbar etib tayinlandi
5 iyul 2023, 10:19

Bahodirjon Sidiqov “O‘zbekneftgaz”ga rahbar etib tayinlandi

Mart oyidan buyon kompaniya rahbari vazifasini bajarib kelayotgan Bahodirjon Sidiqov “O‘zbekneftgaz” boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Uning o‘rinbosarlari Odil Temirov va Rustam Sherov mas’uliyat sohasi o‘zgartirilgan holda lavozimlariga qayta tayinlandi.

Ayrim banklarda dollarning sotuv kursi 11 600 so‘mga yetdi
5 iyul 2023, 09:54

Ayrim banklarda dollarning sotuv kursi 11 600 so‘mga yetdi

Tijorat banklari 5-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 480−11 540 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 550−11 600 so‘m.

Afg‘onistonda ayollar go‘zallik salonlari faoliyati taqiqlandi
5 iyul 2023, 09:43

Afg‘onistonda ayollar go‘zallik salonlari faoliyati taqiqlandi

“Tolibon” harakati Afg‘onistondagi ayollar go‘zallik salonlarini yopishga buyruq berdi. Avvalroq mamlakatda ayollarga o‘qish taqiqlangan, hijob o‘rash esa shart etib belgilangandi.

NYT: Rossiya yangi onlayn kuzatuv vositalarini yaratmoqda. Ularni xorijga, jumladan, Markaziy Osiyoga sotishga harakat qilmoqda
4 iyul 2023, 23:23

NYT: Rossiya yangi onlayn kuzatuv vositalarini yaratmoqda. Ularni xorijga, jumladan, Markaziy Osiyoga sotishga harakat qilmoqda

Rossiyalik dasturchilar faol ravishda Telegram, WhatsApp va Signal foydalanuvchilari faoliyatini kuzatishga yordam beruvchi dasturiy ta’minotni yaratishmoqda. Ular ushbu texnologiyalarni Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa mintaqalarga ham sotishga harakat qilmoqda, deyiladi The New York Times surishtiruvida.

Xarkov viloyatiga uyushtirilgan raketa zarbasidan 30 dan ortiq kishi, jumladan, 10 bola jarohatlandi
4 iyul 2023, 22:14

Xarkov viloyatiga uyushtirilgan raketa zarbasidan 30 dan ortiq kishi, jumladan, 10 bola jarohatlandi

Rossiya tomonidan Ukrainaning Xarkov viloyati o‘qqa tutishi oqibatida kamida 30 kishi jarohat oldi. Qurbonlar orasida 10 nafar bola, jumladan, ikki go‘dak ham bor.

Buxoroning tarixiy qismida qiz va yigitning raqsi mayda bezorilik sifatida baholandi
4 iyul 2023, 22:00

Buxoroning tarixiy qismida qiz va yigitning raqsi mayda bezorilik sifatida baholandi

Tarmoqlarda Buxorodagi “Poyi Kalon” yodgorligi fonida qiz va yigitning raqsi aks etgan video tarqaldi. Video bir yil muqaddam tasvirga olingan, viloyat IIB ularning harakatlarini “madaniyatsizlik” deb atadi. Yoshlarga mayda bezorilik bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

4-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
4 iyul 2023, 22:00

4-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

2023/2024 o‘quv yilida OTMlarga qabul kvotasi, Grigoriy Lepsning konserti haqida gapirgan Madaniyat vaziri o‘rinbosari, bankrotlik xavfi ostidagi TMZ, Samarqandda biolaboratoriya hududidan topilgan erkak jasadi, buzish boshlangan Toshkentdagi sobiq MXX binosi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

BMTTD va Shveysariya hukumati O‘zbekiston yoshlarini raqamli iqtisodiyotga jalb qilish loyihasini boshladi
4 iyul 2023, 21:43

BMTTD va Shveysariya hukumati O‘zbekiston yoshlarini raqamli iqtisodiyotga jalb qilish loyihasini boshladi

Shveysariya BMTTDning O‘zbekistondagi yoshlar o‘rtasida raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha tashabbusini moliyalashtirmoqda. Loyiha 13 ming benefitsiar, jumladan, qizlar va qishloq aholisiga mo‘ljallangan. Ularga raqamli iqtisodiyotda muvaffaqiyatga erishish uchun ko‘nikma va vositalar bilan yordam beriladi.

Shavkat Mirziyoyev SHHTning qo‘shnichilik va ishonch kodeksini ishlab chiqishni taklif qildi
4 iyul 2023, 18:31

Shavkat Mirziyoyev SHHTning qo‘shnichilik va ishonch kodeksini ishlab chiqishni taklif qildi

O‘zbekiston prezidenti SHHTning onlayn sammitidagi nutqida konstruktiv va ishonchga asoslangan muloqotni yo‘lga qo‘yishga kuchli ehtiyoj borligini ma’lum qildi. U SHHTning yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va transchegaraviy sheriklik kodeksini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi.

“O‘zbekistonda san’atga hech qanday to‘siq yo‘q”. Madaniyat vaziri o‘rinbosari — Grigoriy Lepsning konserti haqida
4 iyul 2023, 17:20

“O‘zbekistonda san’atga hech qanday to‘siq yo‘q”. Madaniyat vaziri o‘rinbosari — Grigoriy Lepsning konserti haqida

O‘zbekistonlik faollar Ukrainaga qarshi urushni qo‘llab-quvvatlovchi Grigoriy Lepsning konsertini bekor qilishni talab qilmoqda. Madaniyat vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov mamlakatda san’atga hech qanday to‘siq yo‘qligini aytdi. “Kelyapti, san’atini namoyish qilyapti, ketyapti”, — dedi u san’atkorlar haqida.

Namanganda 4 tup daraxt kesgan fuqaroning ozodligi 2 yilga cheklandi
4 iyul 2023, 17:02

Namanganda 4 tup daraxt kesgan fuqaroning ozodligi 2 yilga cheklandi

Namangan tumanida 4 tup qimmatbaho sadaqayrag‘och daraxtini kesib yuborgan fuqaroga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Undan o‘simlik dunyosiga yetkazgan zarari uchun 326 mln so‘m zarar ham undiriladi.

Qoraqalpog‘istonlik yoshlarga davlat grantida o‘qish uchun qo‘shimcha 3000 ta o‘rin ajratiladi
4 iyul 2023, 17:00 5

Qoraqalpog‘istonlik yoshlarga davlat grantida o‘qish uchun qo‘shimcha 3000 ta o‘rin ajratiladi

Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan hamda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarini tamomlagan yoshlar uchun 2023/2024 o‘quv yilida davlat granti asosida qo‘shimcha 3000 ta o‘rin ajratiladi.

“Odamlar paketlardan voz kechib, shoper, ekosumkalardan foydalanishini kutyapman” — ekobloger noodatiy kiyimda ko‘rinish berdi
4 iyul 2023, 15:59

“Odamlar paketlardan voz kechib, shoper, ekosumkalardan foydalanishini kutyapman” — ekobloger noodatiy kiyimda ko‘rinish berdi

Ekobloger “O‘rikguli” 3-iyul — Xalqaro plastik paketlarsiz kunda egniga 250 ta paketdan iborat kiyim kiyib, poytaxt ko‘chalarini aylandi, metropolitendan foydalandi. “Gazeta.uz” uning bundan ko‘zlagan maqsadi bilan qiziqdi. Uning aytishicha, g‘oya yarim yil oldin paydo bo‘lgan, ammo aynan 3-iyulni kutgan.

“Kompromatuzb ishi” bo‘yicha gumonlanuvchilarga qo‘yilgan ayblovlar e’lon qilindi
4 iyul 2023, 15:40

“Kompromatuzb ishi” bo‘yicha gumonlanuvchilarga qo‘yilgan ayblovlar e’lon qilindi

“Kompromatuzb ishi” bo‘yicha jinoyat ishi sudga yuborildi. Oliy sud gumonlanuvchilarga nisbatan qanday ayblovlar qo‘yilganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting