Alisher Bahodirov Uzbekistan GTL direktori lavozimiga tayinlandi
2 iyul 2023, 09:08

Alisher Bahodirov Uzbekistan GTL direktori lavozimiga tayinlandi

“O‘zbekneftgaz” kompaniyasining gazni qayta ishlash va gaz-kimyo departamentini boshqarib kelayotgan Alisher Bahodirov Uzbekistan GTL sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodiga direktor etib tayinlandi.

Asakadagi UzAuto Motors zavodi faoliyati modernizatsiya ishlari sabab vaqtincha to‘xtatildi
2 iyul 2023, 09:03

Asakadagi UzAuto Motors zavodi faoliyati modernizatsiya ishlari sabab vaqtincha to‘xtatildi

Asakadagi avtomobil zavodi rejali modernizatsiya ishlari sababli faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi. Ma’lum qilinishicha, zavod Cobalt modelini ishlab chiqarishni yiliga 30 mingtaga oshiradi. UzAuto Motors bu ish avtomobillarni yetkazib berish jadvaliga ta’sir qilmasligiga ishonch bildirdi.

Prezident 50 yilligini nishonlayotgan “Yalla” ansamblini taqdirladi
2 iyul 2023, 08:37

Prezident 50 yilligini nishonlayotgan “Yalla” ansamblini taqdirladi

Prezident farmoni bilan 50 yilligini nishonlayotgan “Yalla” ansambli a’zolari Farrux Zokirov, Abbos Aliyev, Javlon Toxtayev, Timur Xalikov va Igor Xalikov ordenlar bilan taqdirlandi.

Jurnalist-tadqiqotchi Mavlon Shukurzoda vafot etdi
1 iyul 2023, 18:03

Jurnalist-tadqiqotchi Mavlon Shukurzoda vafot etdi

Taniqli jurnalist va yozuvchi Mavlon Shukurzoda 69 yoshida vafot etdi. U 20 dan ortiq kitob, jumladan, “Amerikalik o‘zbeklar”, “Paxtakor-79” va boshqalarni yozgan. Yuzlab maqolalari chop etilgan.

Bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan Marion Biotech siroplariga sanoat propilenglikoli qo‘shilgan bo‘lishi mumkin
1 iyul 2023, 15:47

Bolalar o‘limiga sabab bo‘lgan Marion Biotech siroplariga sanoat propilenglikoli qo‘shilgan bo‘lishi mumkin

Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi o‘z mahsulotlarida yuvish vositalari, antifriz, bo‘yoqlar va boshqa mahsulotlarda qo‘llanadigan zaharli modda — sanoat propilenglikolidan foydalangan bo‘lishi mumkin. Mazkur kompaniya dorilari avvalroq O‘zbekistonda kamida 19 nafar bolaning vafotiga sabab bo‘lgandi.

Rasmiylar Germaniyada og‘ir ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi
1 iyul 2023, 14:55

Rasmiylar Germaniyada og‘ir ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi

Turon World Cooperation orqali Germaniyaga borgan o‘zbekistonlik 100 nafar atrofidagi talaba ish topa olmay, og‘ir ahvolga tushib qoldi. Bandlik vazirligi vaziyatga huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Bosh konsullik va elchixona vaziyatni nazoratga oldi.

Toshkentda DUK xodimi tadbirkordan 300 ming dollar olganlikda gumonlanib ushlandi
1 iyul 2023, 14:16

Toshkentda DUK xodimi tadbirkordan 300 ming dollar olganlikda gumonlanib ushlandi

Poytaxtdagi qurilish korxonasi xodimi ko‘p qavatli turar joy binolarini qurishga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga tadbirkordan 300 ming dollar olganlikda gumonlanib qo‘lga olindi.

O‘zbekiston 5 oy ichida 3811 ta elektromobil xarid qildi
1 iyul 2023, 11:55

O‘zbekiston 5 oy ichida 3811 ta elektromobil xarid qildi

O‘zbekiston yildan yilga elektromobillar importini oshirmoqda. 2023-yil yanvar-may oylarining o‘zidayoq 3811 ta elektromobil olib kelindi. Ko‘rsatkich 2022-yil davomida 2180 tani, 2021-yilda esa 809 tani tashkil etgandi. Eng ko‘p yetkazib beruvchi Xitoy bo‘lib turibdi.

Jizzaxda yuk avtomobili va Epica to‘qnashishi oqibatida 2 kishi vafot etdi
1 iyul 2023, 09:53

Jizzaxda yuk avtomobili va Epica to‘qnashishi oqibatida 2 kishi vafot etdi

Sharof Rashidov tumanida Shacman yuk mashinasi Epica avtomobiliga urilib, 2 yo‘lovchi ayol vafot etdi. Shuningdek, ushbu YTH ortidan yana 5 ta transport vositasi to‘qnashib ketdi.

Davlat OTMlarining magistratura bosqichiga qabul boshlandi
1 iyul 2023, 09:27

Davlat OTMlarining magistratura bosqichiga qabul boshlandi

O‘zbekistonda 1-iyuldan davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga onlayn hujjat topshirish boshlandi. Jarayon 30-iyulga qadar davom etadi.

YeXHT DIIHB O‘zbekistondagi saylovoldi kampaniyasi “sust” o‘tayotganini qayd etdi
30 iyun 2023, 18:23

YeXHT DIIHB O‘zbekistondagi saylovoldi kampaniyasi “sust” o‘tayotganini qayd etdi

O‘zbekistonda saylovoldi kampaniyasi nisbatan sust o‘tmoqda, deyiladi YeXHT DIIHB missiyasi oraliq hisobotida. Unda aytilishicha, rasmiylar YeXHTning ilgari bergan ayrim tavsiyalarini inobatga olgan, qolganlarini esa saylovdan keyin ko‘rib chiqishni rejalashtirgan.

Foto: Trotuarlarni mashinalarni “avaylagan” holda qurish davom etmoqda
30 iyun 2023, 17:30

Foto: Trotuarlarni mashinalarni “avaylagan” holda qurish davom etmoqda

Toshkentda piyodalar uchun ham, velosipedchilar uchun ham noqulaylik tug‘dirayotgan, ayoz kunlar sinovidan o‘tolmagan veloyo‘lakli beton trotuarlar qurilishi davom etmoqda. Avtomobillar uchun yettita yo‘lak ajratilgan bir paytda, piyodalarga ko‘proq joy berishga qo‘rqishayotgandek.

Vazirlar Mahkamasi pedagoglar uchun uzaytirilgan ta’til muddatini tasdiqladi
30 iyun 2023, 13:23

Vazirlar Mahkamasi pedagoglar uchun uzaytirilgan ta’til muddatini tasdiqladi

O‘zbekiston hukumati o‘qituvchilarning uzaytirilgan ta’til muddatini tasdiqladi. Ilgari ular mehnat qonunchiligidagi o‘zgarishlar tufayli ta’til to‘lovi miqdori kamaytirilganidan shikoyat qilgandi. O‘qituvchilarning kalendar kunlar hisobi bo‘yicha ta’til muddati uzaydi.

Shavkat Mirziyoyev iqtidorli yigitlarni “Mard o‘g‘lon” mukofoti bilan taqdirladi (ro‘yxat)
30 iyun 2023, 11:13

Shavkat Mirziyoyev iqtidorli yigitlarni “Mard o‘g‘lon” mukofoti bilan taqdirladi (ro‘yxat)

O‘zbekistonning 14 ta hududidan 2 nafardan vakilga — jami 28 nafar yigitga “Mard o‘g‘lon” mukofoti berildi. Mukofot uchun ayni damda 16,5 mln so‘m pul va OTMlarga imtihonlarsiz grant asosida qabul ko‘zda tutilgan.

Prezident bir guruh yoshlarni “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotladi
30 iyun 2023, 10:47

Prezident bir guruh yoshlarni “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotladi

O‘zbekiston prezidenti Yoshlar kuni munosabati bilan tabrik yo‘llab, ularning bir guruhini “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotladi. Yoshlar orasida talabalar, o‘qituvchi, yozuvchi, shifokor, sportchi, tadbirkor, san’at vakillari va boshqalar bor.

2022-yilda O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini tekshirishlar soni 2 baravarga ko‘paydi
30 iyun 2023, 10:03

2022-yilda O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini tekshirishlar soni 2 baravarga ko‘paydi

2022-yil yakuniga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ma’muriy bosim tekshiruvlar sonining qariyb 2 baravarga ko‘payishi hisobiga oshdi. Biznes ombudsman yuborilgan barcha arizalarning 53 foizini rad etganini va tekshirishlar soni barcha tadbirkorlarning 3 foizini ham tashkil qilmasligini bildirdi.

Toshkentda yoshlar 30-iyun kuni avtobuslardan bepul foydalanadi
29 iyun 2023, 20:56

Toshkentda yoshlar 30-iyun kuni avtobuslardan bepul foydalanadi

30-iyun O‘zbekistonda Yoshlar kuni nishonlanadi. Toshkent shahri hokimligi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar uchun bu kunda avtobuslar bepul xizmat ko‘rsatishini e’lon qildi.

Fransiyada politsiyachi 17 yoshli o‘smirni otib qo‘yishi ortidan tartibsizliklar kelib chiqdi
29 iyun 2023, 20:27

Fransiyada politsiyachi 17 yoshli o‘smirni otib qo‘yishi ortidan tartibsizliklar kelib chiqdi

Fransiyada 17 yoshli o‘smir politsiyachilar tomonidan o‘ldirib qo‘yilgach boshlangan tartibsizliklar ikki kundan beri to‘xtamayapti. Prezident Makron Noilning o‘ldirilishini “kechirib bo‘lmas” deb atadi va marhumning qarindoshlariga hamdardlik bildirdi. U mamlakat aholisini tinchlikni saqlashga chaqirmoqda.

Afrikadan O‘zbekistonga olib kelinayotgan banan partiyasidan 50 kg kokain topildi
29 iyun 2023, 18:40

Afrikadan O‘zbekistonga olib kelinayotgan banan partiyasidan 50 kg kokain topildi

Sankt-Peterburg portida Afrikadan Yevropa orqali O‘zbekistonga yo‘l olgan banan konteynerlaridan birida 50 kg kokain aniqlandi.

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni 66 yoshi bilan tabrikladi
29 iyun 2023, 17:01

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni 66 yoshi bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovni 66 yoshi bilan tabrikladi. Mamlakatda uning sharafiga Arqadag‘ shahri ochildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting