Toshkent shahri Sergeli tumanida Lacetti 12 yoshli bolani urib ketdi. Bu haqda shahar IIBB xabar qildi.

4-iyul kuni tahminan soat 19:30 larda haydovchi 1998-yilda tug‘ilgan S.S. Lacetti avtomashinasini boshqarib kelayotib, Sergeli tumani Mirzo Tursunzoda ko‘chasida, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda 2011-yilda tug‘ilgan O.S.ni urib yuborgan.

Oqibatda piyoda O.S. turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.