Bahodirjon Bahromovich Sidiqov “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Mart oyida u kompaniya rahbari vazifasini bajaruvchi lavozimini egallagandi.

Bunga qadar u Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Yoshlik konini o‘zlashtirish bo‘yicha loyiha ofisi rahbari, “O‘zbekneftgaz” boshqaruvi raisining geologiya bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelgan.

Bahodirjon Sidiqov “O‘zbekneftgaz”ni avval ham — 2019-yilning fevralidan 2020-yilning yanvarigacha boshqargan.

uзбекнефтгаз, баҳодиржон сидиқов, рuстам шеров, Mo‘min Ibodov, Odil Temirov

Kuzatuv kengashi qarori bilan Sherov Rustam Cho‘liyevich “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati raisining geologiya va qazib chiqarish (bungacha qazib chiqarish va qayta ishlash) bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini saqlab qoldi.

uзбекнефтгаз, баҳодиржон сидиқов, рuстам шеров, Mo‘min Ibodov, Odil Temirov

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati rahbarining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va axborot texnologiyalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Odil Shukurovich Temirov endilikda qayta ishlash bo‘yicha raisining o‘rinbosari bo‘ldi.

uзбекнефтгаз, баҳодиржон сидиқов, рuстам шеров, Mo‘min Ibodov, Odil Temirov

Mo‘min Mamurjonovich Ibodov boshqaruv raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Prezident administratsiyasi, Oliy Majlis Senati, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida axborot siyosati masalalari bo‘yicha faoliyat olib borgan.

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati, qonuniy talab bo‘lishiga qaramay, 2020-yildan buyon moliyaviy hisobotlarni e’lon qilmayapti.