Surxondaryodagi arxeologik yodgorlikka 13 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi
20 iyul 2023, 17:27

Surxondaryodagi arxeologik yodgorlikka 13 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi

Denov tumanidagi I-XII asrlarga oid arxeologik yodgorlikka 13 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi. Tuman fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalarini berish komissiyasi obyektni fuqaroga bog‘dorchilik uchun berib yuborgan.

O‘zbekistonda chet tilidan ijodiy imtihonning yozma qismi 21-iyulda boshlanadi
20 iyul 2023, 17:21

O‘zbekistonda chet tilidan ijodiy imtihonning yozma qismi 21-iyulda boshlanadi

21−23-iyul kunlari respublikaning barcha hududlarida chet tilidan ijodiy imtihonning yozma qismi (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) bo‘lib o‘tadi. Abituriyentlar binoga imtihon boshlanishidan 1 soat avval pasport va ruxsatnoma bilan kelishi kerak.

Toshkentning ayrim ko‘chalarida tungi vaqtda yo‘l chiroqlari o‘chiriladi
20 iyul 2023, 17:05

Toshkentning ayrim ko‘chalarida tungi vaqtda yo‘l chiroqlari o‘chiriladi

Havo harorati keskin ko‘tarilishi sababli 20-iyuldan boshlab Toshkent shahrining ayrim ko‘chalari yoritish tizimida cheklov kiritiladi.

Webster universiteti kuzgi semestriga qabul tugashiga oz qoldi
20 iyul 2023, 17:00

Webster universiteti kuzgi semestriga qabul tugashiga oz qoldi

31-iyulgacha Toshkentdagi Webster universitetining kuzgi semestriga hujjatlar qabuli davom etadi. Arizalar onlayn qabul qilinib, 14 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Darslar to‘liq ingliz tilida olib boriladi.

Bloger Asad Algo o‘limi yuzasidan jinoyat ishi ochildi
20 iyul 2023, 15:53

Bloger Asad Algo o‘limi yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Bloger Asad Algo (Asadbek Arzikulov) o‘limi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘limidan 3 kun oldin u tanishi bilan janjallashib qolgan, oqibatda bloger og‘ir jarohat olgan, ammo tibbiy muassasaga murojaat qilmagan.

O‘zbekistonda yo‘l obyektlarida 400 ga yaqin qoidabuzarlik aniqlandi
20 iyul 2023, 15:46

O‘zbekistonda yo‘l obyektlarida 400 ga yaqin qoidabuzarlik aniqlandi

Besh oy davomida “O‘zyo‘linspeksiya” O‘zbekistondagi yo‘l obyektlarida 400 ga yaqin qoidabuzarlikni aniqladi. 20 ta holatda mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzilib, 52 ta holatda sifatsiz ish uchun to‘lovni bekor qilish to‘g‘risida talabnomalar kiritilgan.

Jizzaxda fuqaro 113,5 kg baliqni noqonuniy ovlab, tabiatga 178,5 mln so‘m zarar yetkazdi
20 iyul 2023, 14:58

Jizzaxda fuqaro 113,5 kg baliqni noqonuniy ovlab, tabiatga 178,5 mln so‘m zarar yetkazdi

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida fuqaro 113,5 kg baliqni noqonuniy ovladi. Tabiatga 178,5 mln so‘m zarar yetgan. Hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.

O‘zbekiston Gruziya portlarida terminallar qurish va ijaraga olishni ko‘rib chiqmoqda
20 iyul 2023, 14:45

O‘zbekiston Gruziya portlarida terminallar qurish va ijaraga olishni ko‘rib chiqmoqda

O‘zbekiston Gruziya portlarida dengiz terminallari va omborlarni qurish, shuningdek, portlarni uzoq muddatli ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Bu bo‘yicha bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasining Gruziyaga tashrifi doirasida memorandum imzolandi.

O‘zbekistonda kelasi hafta harorat +44 darajagacha ko‘tariladi
20 iyul 2023, 14:27

O‘zbekistonda kelasi hafta harorat +44 darajagacha ko‘tariladi

24−27-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga issiq havo kirib keladi. Hududlarda harorat +41…+44 darajagacha isiydi. Ba’zi joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Toshkent viloyatida bolalarni poyabzal bilan urgan bog‘cha tarbiyachisi ishdan olindi
20 iyul 2023, 14:17

Toshkent viloyatida bolalarni poyabzal bilan urgan bog‘cha tarbiyachisi ishdan olindi

Tarmoqlarda Yangiyo‘l tumanidagi bog‘chada tarbiyachi bolalarni urishib, oyoq kiyimi bilan urayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha tergov va sud tibbiy ekspertizasi o‘tkazilmoqda, xodim esa ishdan olindi.

Zarafshon ekologiya inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi hibsga olindi
20 iyul 2023, 14:14

Zarafshon ekologiya inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi hibsga olindi

Zarafshon tabiiy resurslar inspeksiyasi boshlig‘i ikki kishini ishga joylashtirish evaziga 2500 AQSh dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Alta Plast jonli efirda deraza profillarining krash-testini o‘tkazadi
20 iyul 2023, 13:00

Alta Plast jonli efirda deraza profillarining krash-testini o‘tkazadi

Deraza profillari ishlab chiqaruvchi Alta Plast kompaniyasi YouTube orqali jonli efirda deraza profillarining 24 soatlik krash-testini o‘tkazadi.

AQShda 15 yoshli o‘zbekistonlik yigit otishmada vafot etdi
20 iyul 2023, 12:47

AQShda 15 yoshli o‘zbekistonlik yigit otishmada vafot etdi

Nyu-York shahrida sodir bo‘lgan otishmada og‘ir yaralangan 15 yoshli o‘zbekistonlik yigit shifoxonada vafot etdi. 17 yoshli gumonlanuvchi qidiruvga berilgan.

Toshkentda avtobus urib yuborgan piyoda vafot etdi
20 iyul 2023, 12:38

Toshkentda avtobus urib yuborgan piyoda vafot etdi

Yakkasaroy tumanida 77-sonli avtobus haydovchisi yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Fuqaro olgan tan jarohatlari sababli shifoxonada vafot etdi.

Harorat “yondiryapti”. Undan qanday saqlanish bo‘yicha JSST tavsiyalari
20 iyul 2023, 12:17

Harorat “yondiryapti”. Undan qanday saqlanish bo‘yicha JSST tavsiyalari

2022-yili Yevropada 60 ming kishi anomal issiqdan vafot etdi. Ko‘rsatkich global isish paytida yana ortishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti odamlardan bu paytda o‘zi bilan yaxna suv olib yurish, yengil va keng liboslar kiyish hamda mashinalarda bola, hayvonlarni qoldirmaslikni so‘radi. Batafsil tavsiyalar.

Nikolayev viloyatiga uyushtirilgan raketa zarbasi oqibatida 19 kishi jarohatlandi
20 iyul 2023, 12:16

Nikolayev viloyatiga uyushtirilgan raketa zarbasi oqibatida 19 kishi jarohatlandi

Rossiya tomonidan Ukrainaning Nikolayev viloyati o‘qqa tutildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 19 kishi jarohat olgan, qurbonlar ham borligi aytilmoqda. Raketa zarbasi 3 qavatli binoning bir necha qavatini vayron qilgan va 450 kvadrat metr maydonda yong‘in kelib chiqqan.

Toshkentda 3 ta avtomobil to‘qnashdi, bir kishi jarohatlandi
20 iyul 2023, 11:59

Toshkentda 3 ta avtomobil to‘qnashdi, bir kishi jarohatlandi

Toshkent shahri Shirin ko‘chasida uchta yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, ulardan birining haydovchisi kasalxonaga yotqizildi.

20 yoshli instabloger Asad Algo vafot etdi
20 iyul 2023, 10:13

20 yoshli instabloger Asad Algo vafot etdi

Instagram`da milliondan ortiq obunachiga ega bo‘lgan bloger Asad Algo jarrohlik amaliyotidan so‘ng 20 yoshida vafot etdi. Uning ko‘cha bezorilari hujumiga uchragani aytilmoqda. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, deya xabar berdi Bosh prokuratura.

Banklarda dollar kursi 11 655−11 660 so‘m etib belgilandi
20 iyul 2023, 10:01

Banklarda dollar kursi 11 655−11 660 so‘m etib belgilandi

Tijorat banklari 20-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 540−11 600 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 655−11 660 so‘m.

Mirziyoyev Ko‘rfaz davlatlari bilan vizasiz rejim va erkin savdo hududini joriy etishga chaqirdi
20 iyul 2023, 08:42

Mirziyoyev Ko‘rfaz davlatlari bilan vizasiz rejim va erkin savdo hududini joriy etishga chaqirdi

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlarining birinchi sammitida Do‘stlik, mintaqalararo bog‘liqlik va hamkorlik bitimini ishlab chiqish, erkin savdo hududi va vizasiz sayyohlik makonini yaratish taklifini ilgari surdi. Ikkinchi sammit Samarqandda o‘tkaziladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting