O‘zbekistonda Hamshiralar akademiyasi va bir nechta markaz tashkil etiladi
21 iyun 2023, 11:04

O‘zbekistonda Hamshiralar akademiyasi va bir nechta markaz tashkil etiladi

Chilonzordagi ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi negizida Hamshiralar akademiyasi, shuningdek, farmatsevtika, malakani baholash va tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash kabi markazlar tashkil etiladi. Shifokorlar tegishli hududda eng ko‘p tarqalgan kasalliklar bo‘yicha kurslarda o‘qitiladi.

“Bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”. Toqayev ikki xil maqsadda foydalaniladigan tovarlarning Rossiyaga eksporti haqida
21 iyun 2023, 10:36

“Bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”. Toqayev ikki xil maqsadda foydalaniladigan tovarlarning Rossiyaga eksporti haqida

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakat G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari bo‘yicha xalqaro qoidalarga amal qilayotganini, Qozog‘iston yordamida Rossiyaga ikki xil maqsadda foydalaniladigan mahsulotlar eksport qilinayotgani haqidagi xabarlar “haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini” bildirdi.

“Itdan tarqagan ekansan-ku”. Bandixon prokuroriga tegishliligi aytilayotgan audio tarqaldi
21 iyun 2023, 10:17

“Itdan tarqagan ekansan-ku”. Bandixon prokuroriga tegishliligi aytilayotgan audio tarqaldi

Tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Bandixon tumani prokurori Soatmurod Maxmanovga tegishli ekani aytilayotgan audio tarqaldi. Unda prokurorning MFY raislaridan soliq pulini talab qilgani va uyatsiz so‘zlar bilan haqoratlaganini eshitish mumkin. Holatni viloyat prokuraturasi o‘rganmoqda.

Ayrim banklarda dollarning sotuv kursi 11 545 so‘mgacha ko‘tarildi
21 iyun 2023, 10:06

Ayrim banklarda dollarning sotuv kursi 11 545 so‘mgacha ko‘tarildi

Tijorat banklari 21-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 435−11 490 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 490−11 545 so‘m.

Senatning yalpi majlisi 22-iyun kuni bo‘lib o‘tadi
21 iyun 2023, 09:37

Senatning yalpi majlisi 22-iyun kuni bo‘lib o‘tadi

Senat galdagi yalpi majlisda normativ-huquqiy hujjatlar va loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risidagi qonunni, O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish bitimini va Pokiston bilan harbiy-texnikaviy hamkorlik bitimini ratifikatsiya qilish va boshqa hujjatlarni ko‘rib chiqadi.

20-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
20 iyun 2023, 22:00

20-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Qurbon hayiti namozi vaqtlari, Alisher Usmonovni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan AQSh, Toshkent viloyatida ish vaqtida pichoqlangan ekoinspektor, Andijonda 2 kishini chaqmoq urgani, OTMga onlayn qabul, tadbirkorlarga soliq stavkalarini pasaytirish rejasi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

AQSh davlat kotibi Xitoyda Si Szinpin bilan AQSh-Xitoy munosabatlari va Ukrainadagi urushni muhokama qildi
20 iyun 2023, 18:16

AQSh davlat kotibi Xitoyda Si Szinpin bilan AQSh-Xitoy munosabatlari va Ukrainadagi urushni muhokama qildi

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Pekinda Xitoy raisi Si Szinpin bilan uchrashdi. Muzokaralarda Xitoy tomoni Rossiyaga halokatli qurollar yetkazib bermaslikka va’da berishini, Tayvan masalasida esa yon bermasligini ma’lum qildi. AQSh tomoni esa Shinjon va Gonkongdagi inson huquqlari masalasini ko‘tardi.

Farg‘onada mushukni yoqib yuborganlarning jazosi bekor qilindi, ish endi sudda ko‘riladi
20 iyun 2023, 18:08

Farg‘onada mushukni yoqib yuborganlarning jazosi bekor qilindi, ish endi sudda ko‘riladi

Farg‘onada mushukni tiriklayin yoqib yuborgan shaxslarga nisbatan tayinlangan BHMning 3 baravari miqdorida jarima jazosi bekor qilindi. Holat sudda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.

Samarqandda 50−55 yillik 9 tup qayrag‘och noqonuniy kesib tashlandi
20 iyun 2023, 17:39

Samarqandda 50−55 yillik 9 tup qayrag‘och noqonuniy kesib tashlandi

Bulung‘ur tumanida yo‘l yoqasiga ekilgan, qariyb 50−55 yillik 9 tup qayrag‘och kesib tashlandi. Huquqbuzarlik oqibatida tabiatga 744,6 mln so‘m zarar yetgan.

Bayroqdan foydalanishdagi cheklovlarni yumshatuvchi qonun loyihasi Senatga yuborildi
20 iyun 2023, 17:19

Bayroqdan foydalanishdagi cheklovlarni yumshatuvchi qonun loyihasi Senatga yuborildi

Qonunchilik palatasi deputatlari davlat bayrog‘idan foydalanish bo‘yicha qo‘shimchalar kiritilgan qonun loyihasini qabul qilib, Senatga yubordi. Unda bayroqni xonadonlarga osib qo‘yish, kiyim-kechaklarga yopishtirish, oilaviy va boshqa tadbirlarda ishlatish mumkinligi belgilangan.

Yanvar-may oylarida 1,6 mln nafar o‘zbekistonlik turistik maqsadlarda xorijga chiqdi
20 iyun 2023, 16:32

Yanvar-may oylarida 1,6 mln nafar o‘zbekistonlik turistik maqsadlarda xorijga chiqdi

2023-yilning dastlabki 5 oyida 1,6 mln nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga chiqdi. Statistika agentligi fuqarolar asosan qarindoshlarini yo‘qlash va dam olish maqsadida safarga chiqayotganini ma’lum qildi.

Toshkent viloyatida 14 yoshli qiz quduqqa tushib ketdi
20 iyun 2023, 16:24

Toshkent viloyatida 14 yoshli qiz quduqqa tushib ketdi

Zangiota tumanida 14 yoshli qiz 9 metrlik quduqqa tushib ketdi. U FVV qutqaruvchilari tomonidan olib chiqildi va shifoxonaga yotqizildi.

AQSh Alisher Usmonovni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi
20 iyun 2023, 16:03

AQSh Alisher Usmonovni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalar doirasida Alisher Usmonovni “qora ro‘yxat”ga kiritdi. Shuningdek, ro‘yxatga tadbirkor Gennadiy Timchenko, Davlat dumasi deputati Sulaymon Kerimov va boshqa bir qator yirik tadbirkorlar ham kiritilgan.

O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi vaqtlari e’lon qilindi
20 iyun 2023, 15:41

O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi vaqtlari e’lon qilindi

Musulmonlar idorasi Qurbon hayiti namozi vaqtlarini e’lon qildi. Hayit namozi Toshkent shahrida soat 05:15 da, boshqa hududlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.

“Osmondan alangaga o‘xshash narsa tushdi”. Andijonda 2 kishini chaqmoq urdi, 17 yoshli yigit vafot etdi
20 iyun 2023, 15:19

“Osmondan alangaga o‘xshash narsa tushdi”. Andijonda 2 kishini chaqmoq urdi, 17 yoshli yigit vafot etdi

Paxtaobod tumanida 2 kishini chaqmoq urib, 17 yoshli yigit vafot etdi. Voqea joyida bo‘lgan ayolning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, hodisa vaqtida u qizi va marhum bilan dalada chopiq qilayotgan bo‘lgan. 15 yoshli qiz shifoxonaga yotqizilgan va ahvoli o‘rtacha og‘ir deb baholanmoqda.

Farg‘onada haydovchilik guvohnomasini 1200 dollar evaziga olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
20 iyun 2023, 15:17

Farg‘onada haydovchilik guvohnomasini 1200 dollar evaziga olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Farg‘ona viloyatida S va D toifali haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 1 200 AQSh dollarini olgan shaxs qo‘lga olindi.

2022-yil fevralidan beri Ukrainada 9000 dan ortiq tinch aholi halok bo‘ldi — BMT
20 iyun 2023, 14:09

2022-yil fevralidan beri Ukrainada 9000 dan ortiq tinch aholi halok bo‘ldi — BMT

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri 9000 dan ortiq tinch aholi halok bo‘ldi, 16 000 ga yaqin kishi jarohatlandi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, harbiy harakatlar sodir bo‘lgan joylardan ma’lumot yig‘ish qiyinligi sababli haqiqiy raqamlar ancha yuqori bo‘lishi mumkin.

“Sharoiti og‘ir” 47 ta tumandagi tadbirkorlar uchun soliq stavkalarini pasaytirish rejalashtirilmoqda
20 iyun 2023, 12:54

“Sharoiti og‘ir” 47 ta tumandagi tadbirkorlar uchun soliq stavkalarini pasaytirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonning 11 ta viloyatidagi 47 ta “sharoiti og‘ir” bo‘lgan tumanda tadbirkorlar uchun mol-mulk va yer solig‘i stavkalarini pasaytirish rejalashtirilmoqda. Soliq imtiyozlarini nazarda tutuvchi qonun loyihasini deputatlar konseptual jihatdan qabul qildi.

Farg‘onada mushukni yoqib yuborganlar 990 ming so‘mdan jarimaga tortildi
20 iyun 2023, 12:17

Farg‘onada mushukni yoqib yuborganlar 990 ming so‘mdan jarimaga tortildi

Farg‘ona viloyatida mushukni yoqib yuborgan uch erkakning har biri BHMning 3 baravari miqdorida jarimaga tortildi. Holatda jinoyat ishlari bo‘yicha sud tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun asos bo‘lsada, unday bo‘lmadi. Hayvonlarni himoya qilish harakati prokuraturadan jazoni qayta ko‘rib chiqishni so‘radi.

“O‘rta Osiyo Trans” kompaniyasidagi davlat ulushi Hyper Partners`ga sotiladi
20 iyun 2023, 11:50

“O‘rta Osiyo Trans” kompaniyasidagi davlat ulushi Hyper Partners`ga sotiladi

Davlat aktivlari agentligi “O‘rta Osiyo Trans” korxonasidagi 51 foiz davlat ulushini Hyper Partners MCHJga 65 mlrd so‘mga sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Savdo doirasida Hyper Partners va uning tegishli shaxslaridan hech biri sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilmagani to‘g‘risida xulosa taqdim etilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting