Qoraqalpog‘istonda oilaning 5 a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi
20 dekabr 2023, 10:43

Qoraqalpog‘istonda oilaning 5 a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Chimboy tumanida bir oilaning 5 a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ulardan ikki nafari voyaga yetmagan bo‘lgan. Xonadonda yana ikki kishi hushsiz holda topilib, shifoxonaga yotqizildi.

Noyabrda avtomobillar sotuvi o‘tgan oyga nisbatan 19 foizga pasaydi
20 dekabr 2023, 10:32

Noyabrda avtomobillar sotuvi o‘tgan oyga nisbatan 19 foizga pasaydi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi noyabr oyida avtomobillar sotuvi 147,5 mingtani tashkil etib, oktabr oyiga nisbatan 19 foizga pasayganini ma’lum qildi. Elektromobillar sotuvi ketma-ket uchinchi oy pasaydi.

Toshkent shahar IIBB Humo Arena majmuasida bo‘ladigan konsertga boruvchilarga tavsiyalar berdi
20 dekabr 2023, 10:19

Toshkent shahar IIBB Humo Arena majmuasida bo‘ladigan konsertga boruvchilarga tavsiyalar berdi

Poytaxt IIBB Humo Arena`da bo‘lib o‘tadigan Hammali & Navai guruhining konsertiga kamida bir soat oldin kelishni va elektron chiptalarni qog‘ozga almashtirishni tavsiya qildi. Avvalroq ushbu majmuaning kirish qismida Jah Khalib konserti boshlanishidan oldin tiqilinch va tartibsizliklar yuz bergandi.

O‘zbekistonda brend mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga imtiyoz va yengilliklar beriladi
20 dekabr 2023, 09:53

O‘zbekistonda brend mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga imtiyoz va yengilliklar beriladi

O‘zbekistonda brendlar nomi ostida ishlab chiqarishni boshlayotgan korxonalarga qator imtiyoz va yengilliklar beriladi. Xususan, ularning xalqaro standartlarni joriy qilishdagi xarajatlari qoplab beriladi hamda xomashyolari bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi.

Biznesning 400 mlrd so‘mlik jarimalari hisobdan chiqarilib, Soliq kodeksining 227−1-moddasi bo‘yicha jazo yengillashishi mumkin
19 dekabr 2023, 21:01

Biznesning 400 mlrd so‘mlik jarimalari hisobdan chiqarilib, Soliq kodeksining 227−1-moddasi bo‘yicha jazo yengillashishi mumkin

Savdo-sanoat palatasi prezident qarori loyihasini ishlab chiqdi, unga ko‘ra tadbirkorlik subyektlariga “amnistiya” e’lon qilish va Soliq kodeksining 227−1-moddasiga asosan belgilangan 400 mlrd so‘mlik jarimani hisobdan chiqarish rejalashtirilgan. Moddada belgilangan jazoni yengillashtirish ham taklif etilmoqda.

Buxoro tumanining sobiq hokimi va Namangan viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi
19 dekabr 2023, 18:11

Buxoro tumanining sobiq hokimi va Namangan viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi

Buxoro tumanining sobiq hokimi Xayrullo Jo‘rayev va Namangan viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Saidahmad Sultonov qamoqqa olindi. Ular mansab vakolatini suiiste’mol qilish va vakolati doirasidan chetga chiqish kabi jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda.

Bloger Otabek Axliddinov 7 yil 1 oyga qamaldi
19 dekabr 2023, 17:57

Bloger Otabek Axliddinov 7 yil 1 oyga qamaldi

Bloger, Shahrixon tumani tibbiyot birlashmasi qabulxona-diagnostika bo‘limi mudiri vazifasida ishlagan Otabek Axliddinovga 7 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. U tovlamachilik va talon-toroj qilish qilishda aybli deb topilgan.

“Yuksalish” harakati Markaziy Osiyoning yetakchi ayollari reytingini e’lon qilindi
19 dekabr 2023, 17:26

“Yuksalish” harakati Markaziy Osiyoning yetakchi ayollari reytingini e’lon qilindi

“Yuksalish” umummilliy harakati Markaziy Osiyoning yetakchi ayollari reytingini tuzdi. Nomzodlar egallab turgan lavozimi va qarorlar qabul qilishga ta’sir qilish darajasi, iqtiboslarda keltirilishi va taniqliligi va ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tashabbuslarni ilgari surganligiga qarab baholangan.

O‘zbekistonda 15 kunda 73 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
19 dekabr 2023, 17:01

O‘zbekistonda 15 kunda 73 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Dekabr oyining 15 kunida hududlar bo‘ylab jami 73 mlrd 274 mln so‘mlik gaz va elektr talon-toroj qilingani aniqlandi. Energetika vazirligi ayrim “tadbirkor”larning noqonuniy foydalanishlari tarmoqlarda ortiqcha yuklanishlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotganini qayd etdi.

Asialuxe Travel Shri-Lankaga sayohat qo‘llanmasini taqdim etdi
19 dekabr 2023, 17:00

Asialuxe Travel Shri-Lankaga sayohat qo‘llanmasini taqdim etdi

Asialuxe Travel milliy turoperatori 2024-yilda trend yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi kutilayotgan Shri-Lanka orol-mamlakatiga sayohat xaqida savollarga javob berdi.

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda tug‘ilgan rossiyalik tadbirkorni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi
19 dekabr 2023, 16:15

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda tug‘ilgan rossiyalik tadbirkorni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

Yevropa Ittifoqi “Mikrotex” egasi va bosh direktori Andrey Xoxlunga nisbatan sanksiya kiritdi. O‘zbekistonda tug‘ilgan rossiyalik tadbirkor Yevropadan yarimo‘tkazgichlarni reeksport qilish orqali Rossiya harbiy sanoatiga yordam berishda ayblangan. sentabrda AQSh ham Xoxlunni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgandi.

“Halollik vaksinasi” bilan emlangan yangi avlodni tarbiyalash ustuvor vazifamizdir — Shavkat Mirziyoyev
19 dekabr 2023, 15:59

“Halollik vaksinasi” bilan emlangan yangi avlodni tarbiyalash ustuvor vazifamizdir — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mukofotning taqdirlash marosimida “halollik vaksinasi” bilan emlangan yangi avlodni tarbiyalash ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi. U Korrupsiya muammolari bo‘yicha mintaqaviy tadqiqot markazi hamda korrupsion surishtiruv instituti joriy etishni taklif qildi.

Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi aralash saylov tizimi asosida o‘tkaziladi
19 dekabr 2023, 15:48

Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi aralash saylov tizimi asosida o‘tkaziladi

Prezident Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi aralash saylov tizimi asosida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan qonunni imzoladi. Shuningdek, siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlar ko‘rsatayotganda ayollar sonining eng kam miqdorini nomzodlar umumiy sonining 30 foizdan 40 foizga oshirish rejalashtirilmoqda.

Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurashni ifodalovchi monument ochildi
19 dekabr 2023, 14:51

Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurashni ifodalovchi monument ochildi

O‘zbekiston prezidenti va Qatar amiri korrupsiyaga qarshi kurashni ifodalovchi monumentini ochib berdi. “Qo‘l ko‘rinishida kompozitsiya halollik, pok amal va niyatlarni, korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni, dunyoning barcha mamlakatlarini unga qarshi kurashishda birlashishga chaqiriqni anglatadi”, — deyiladi xabarda.

Toshkentdagi yerusti piyodalar o‘tish joylari nima uchun noqulay va xavfli?
19 dekabr 2023, 14:31

Toshkentdagi yerusti piyodalar o‘tish joylari nima uchun noqulay va xavfli?

“NOQulay shahar” loyihasining navbatdagi sonida poytaxt qanday qilib o‘z aholisini, jumladan, nogironligi bor insonlar, qariyalar, homilador ayollar va farzandlarini aravachada olib ketayotgan ota-onalarni yuqoriga ko‘tarilib, pastga tushishga majburlayotganini tasvirga oldik.

Beruniy tumaniga yangi hokim tayinlandi
19 dekabr 2023, 14:28

Beruniy tumaniga yangi hokim tayinlandi

Ikrom Xidirov Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumani hokimi etib tayinlandi.

“Pufak indeksi” Toshkentda uy-joy narxlari pufak xavfi chegarasiga yaqinlashayotganini ko‘rsatmoqda — MHTI
19 dekabr 2023, 13:56

“Pufak indeksi” Toshkentda uy-joy narxlari pufak xavfi chegarasiga yaqinlashayotganini ko‘rsatmoqda — MHTI

Toshkent shahrida “pufak indeksi” uy-joy narxlari pufak xavfi chegarasiga yaqinlashib borayotganini ko‘rsatmoqda, deyiladi MHTI hisobotida. Poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan 2 xonali kvartira sotib olish uchun kerak bo‘ladigan vaqt 10 yilgacha yetgan (o‘rtacha ish haqiga nisbatan).

Samarqand va Xorazmda tramvay hamda trolleybus transporti rivojlantiriladi
19 dekabr 2023, 13:21

Samarqand va Xorazmda tramvay hamda trolleybus transporti rivojlantiriladi

Hukumatning tramvay va trolleybus transportida yo‘lovchilarni tashish tizimi samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Unda xodimlarning malakasini oshirish, yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirish va boshqalar ko‘zda tutilgan.

Bekobod tumani hokimi Shuhrat Mirzayev qo‘lga olindi
19 dekabr 2023, 12:38

Bekobod tumani hokimi Shuhrat Mirzayev qo‘lga olindi

Huquq-tartibot idoralari Toshkent viloyatining Bekobod tumani hokimi Shuhrat Mirzayevni qo‘lga oldi. U bu lavozimga to‘rt oy avval tayinlangandi.

Markaziy bank bitta tijorat bankining ayrim operatsiyalarni amalga oshirishini chekladi
19 dekabr 2023, 12:25

Markaziy bank bitta tijorat bankining ayrim operatsiyalarni amalga oshirishini chekladi

Markaziy bank ko‘rsatmalarga amal qilmagani va makroprudensial vazifalar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlamagani sababli bitta tijorat bankining ayrim operatsiyalarni amalga oshirishiga cheklovlar kiritdi. Shuningdek, regulyator 4 ta bank va 1 ta to‘lov tashkilotiga nisbatan jarima qo‘lladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting