3-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev farmoni [PF-107-son] bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Prezidentning tegishli farmoniga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarini tamomlagan yoshlar uchun 2023/2024 o‘quv yilida davlat granti asosida qo‘shimcha 3000 ta o‘rin ajratiladi.

Bunda soha va tarmoqlarning oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji aniqlanib, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga 2023-yil 20-iyulgacha taqdim etiladi.

Avvalroq 2023−2024 o‘quv yili uchun OTMlarga qabul kvotasi tasdiqlangani haqida xabar berilgandi.