11 oyda 5,5 mingta kiberjinoyat sodir etildi, ularning 70 foizi bank kartalari bilan bog‘liq
21 dekabr 2023, 09:42

11 oyda 5,5 mingta kiberjinoyat sodir etildi, ularning 70 foizi bank kartalari bilan bog‘liq

O‘zbekistonda 2023-yilning 11 oyida 5,5 mingta kiberjinoyat sodir etildi, shundan 70 foizi bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatlaridir. Prezident barcha elektron to‘lov tizimlari uchun yagona kiberxavfsizlik talablarini ishlab chiqish topshirig‘ini berdi.

Qirg‘iziston parlamenti davlat bayrog‘ini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
20 dekabr 2023, 23:54

Qirg‘iziston parlamenti davlat bayrog‘ini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

Qirg‘iziston parlamenti davlat bayrog‘ini o‘zgartirish haqidagi qonunni muhokamalarsiz qabul qildi. Rasmiylar bayroqdagi quyosh nurlari shaklini ba’zilar kungaboqarga o‘xshatgani sababli o‘zgartirmoqchi. Prezident bu uning tashabbusi ekanini tan olib, o‘zgarishlar uchun “ko‘p mablag‘ kerak emasligini” aytdi.

Toshkentda harakatlanib ketayotgan avtobusda yong‘in chiqdi
20 dekabr 2023, 22:58

Toshkentda harakatlanib ketayotgan avtobusda yong‘in chiqdi

Mirzo Ulug‘bek tumanida 151-sonli Mercedes-Benz avtobusida yuqori bosimli havo quvurining yorilishi tufayli qisqa tutashuv, uning ortidan yong‘in yuz berdi. “Toshshahartransxizmat”ga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan, avtobus dvigateliga zarar yetgan.

Mahallalar raqamlashtirilib, “Xalq nazorati” platformasiga e’tibor kuchaytiriladi
20 dekabr 2023, 22:19

Mahallalar raqamlashtirilib, “Xalq nazorati” platformasiga e’tibor kuchaytiriladi

Prezident IT sohasiga doir yig‘ilishda mahalla qo‘mitalari xodimlari planshet va kompyuterlar bilan ta’minlansa ham, raqamli yechimlardan to‘liq foydalanilmayotganini tanqid qildi. “Raqamli mahalla” tizimini ishga tushirish, “Xalq nazorati” platformasini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Toshkentda yana 5 kishi jinoiy faoliyatda gumonlanib qo‘lga olindi
20 dekabr 2023, 21:58

Toshkentda yana 5 kishi jinoiy faoliyatda gumonlanib qo‘lga olindi

Poytaxt IIBB tovlamachilik, bezorilik va giyohvandlik vositalarini noqonuniy sotishda gumonlanayotgan yana besh nafar shaxs qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

“Har bir soha raqamli texnologiyalar bilan hamohang bo‘lmasa, mamlakat rivojlanmaydi” — prezident
20 dekabr 2023, 21:27

“Har bir soha raqamli texnologiyalar bilan hamohang bo‘lmasa, mamlakat rivojlanmaydi” — prezident

Shavkat Mirziyoyevga ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish, IT-park hududida Angliya huquqini joriy etish, rezidentlar uchun soliq imtiyozlarini 2040-yilgacha uzaytirish, sun’iy intellekt asosida biometrik identifikatsiya qilish, elektr ta’minoti billingiga doir rejalar yuzasidan taqdimot qilindi.

SSV bir korxona ta’sischilari ishtirokida 435 mln so‘mlik tender o‘tkazdi
20 dekabr 2023, 21:15

SSV bir korxona ta’sischilari ishtirokida 435 mln so‘mlik tender o‘tkazdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘z ehtiyojlari uchun hamda tibbiyot forumlariga tashrif buyuradigan mehmonlarga sovg‘a sifatida tender orqali 435 mln so‘mlik kundalik, bloknot, ruchka va boshqalarni xarid qildi. Tender bir korxonaning ta’sischilari o‘rtasida o‘tkazilgan.

Toshkentda Spark urib yuborgan piyoda vafot etdi
20 dekabr 2023, 17:28

Toshkentda Spark urib yuborgan piyoda vafot etdi

Yunusobod tumanida Spark avtomashinasi fuqaroni urib yubordi. Oqibatda yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi.

Qurilish sohasida ayrim binolarni qurish uchun zarur bo‘lgan ishchilar soni me’yori joriy etiladi — Jamshid Qo‘chqorov
20 dekabr 2023, 17:20

Qurilish sohasida ayrim binolarni qurish uchun zarur bo‘lgan ishchilar soni me’yori joriy etiladi — Jamshid Qo‘chqorov

Qurilish sohasida ish o‘rinlarini qonuniylashtirish uchun 1-apreldan ayrim obyektlarni qurish uchun zarur bo‘lgan ishchilar soni me’yorini joriy etish rejalashtirilmoqda, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov. Unga ko‘ra, bu birinchi bosqichda davlat budjetidan moliyalashtiriladigan qurilishlarga qo‘llaniladi.

2024-yilda IT xizmatlarini rivojlantirish uchun 65 mlrd so‘m ajratiladi
20 dekabr 2023, 16:55

2024-yilda IT xizmatlarini rivojlantirish uchun 65 mlrd so‘m ajratiladi

2024-yildan IT kompaniyalari bo‘sh turgan binolarga bir yil muddatga bepul joylashtiriladi. 50 dan ortiq mutaxassisni ishli qilgan kompaniyalarning bir yillik ish haqi xarajatining 15 foizgacha qismi qoplab beriladi. Shavkat Mirziyoyev soha uchun 65 mlrd so‘m ajratilishini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda ayrim xizmatlar uchun to‘lovni naqd pulda qabul qilish to‘xtatilishi mumkin — bosh vazir o‘rinbosari
20 dekabr 2023, 16:39

O‘zbekistonda ayrim xizmatlar uchun to‘lovni naqd pulda qabul qilish to‘xtatilishi mumkin — bosh vazir o‘rinbosari

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish maqsadida naqd pul muomalasini qisqartirish bo‘yicha prezident qarori loyihasi tayyorlanganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap ayrim to‘lovlarni faqat bank kartalari orqali to‘lash haqida bormoqda.

Budjet taqchilligining limitini 3 foizdan 5,5 foizga o‘zgartirish haqidagi qonun ma’qullandi
20 dekabr 2023, 15:38

Budjet taqchilligining limitini 3 foizdan 5,5 foizga o‘zgartirish haqidagi qonun ma’qullandi

Senatda O‘zbekiston konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdori 3 foizdan 5,5 foizga o‘zgartirish ko‘zda tutilgan qonun qabul qilindi.

Davlat tashkilotlariga budjet mablag‘lari hisobidan korporativ yig‘ilishlar o‘tkazish taqiqlandi
20 dekabr 2023, 15:34

Davlat tashkilotlariga budjet mablag‘lari hisobidan korporativ yig‘ilishlar o‘tkazish taqiqlandi

Bosh vaziri Abdulla Aripov barcha davlat tashkilotlariga budjet va undan tashqari mablag‘lar hisobidan Yangi yil bayrami munosabati bilan bayram dasturxoni yozishni va korporativ yig‘ilishlar o‘tkazishni taqiqladi.

Senat 2024-yilga mo‘jallangan davlat budjetini ma’qulladi
20 dekabr 2023, 15:15

Senat 2024-yilga mo‘jallangan davlat budjetini ma’qulladi

Senatorlar davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. budjet daromadlari 375,0 trln so‘m miqdorida, xarajatlari esa 427,6 trln so‘m miqdorida rejalashtirilgan holda konsolidatsiyalashgan budjet 52,6 trln so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 4 foiz miqdoridagi taqchillik bilan shakllantirildi.

Bozorlarni “milliy madaniyatni aks ettirgan zamonaviy komplekslar”ga aylantirish reja qilinmoqda
20 dekabr 2023, 13:45

Bozorlarni “milliy madaniyatni aks ettirgan zamonaviy komplekslar”ga aylantirish reja qilinmoqda

Prezident bozorni O‘zbekistonning “tashrif qog‘ozi”ga aylantirish zarurligini ta’kidladi. U milliy madaniyatni aks ettiruvchi yangi zamonaviy bozor komplekslari loyihasini ishlab chiqishni topshirdi. Har bir hududda zargarlik majmualari tashkil etish, mehmonxona va mehmon uylari sonini ko‘paytirish reja qilindi.

Prezident 2024-yilda temiryo‘l va aviatransport hajmini 20 foizga oshirish topshirig‘ini berdi
20 dekabr 2023, 13:30

Prezident 2024-yilda temiryo‘l va aviatransport hajmini 20 foizga oshirish topshirig‘ini berdi

Prezident 2024-yilda temiryo‘l va aviatransport hajmini 20 foizga oshirish bo‘yicha topshiriq berdi. Bunga erishish uchun Toshkent va viloyatlar markazlari o‘rtasida kamida ikkita, viloyatlar o‘rtasida haftasiga bitta reys yo‘lga qo‘yish, kamida 7 ta samolyot va 6 ta tezyurar poyezd olib kelish rejalashtirilmoqda.

Garovsiz kredit limiti 100 mln so‘mgacha oshiriladi, YTTlar kredit olishi mumkin bo‘ladi
20 dekabr 2023, 13:28

Garovsiz kredit limiti 100 mln so‘mgacha oshiriladi, YTTlar kredit olishi mumkin bo‘ladi

Prezident oilaviy tadbirkorlik uchun garovsiz kreditning maksimal miqdori 33 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha oshirilishini ma’lum qildi. U, shuningdek, “biznesga qadam qo‘yayotgan” yakka tartibdagi tadbirkorlarga kredit berish taklifini ma’qulladi.

“Archa ostidagi xonadonlar”: NRG Jomiy yangi yil aksiyasini boshladi
20 dekabr 2023, 13:00

“Archa ostidagi xonadonlar”: NRG Jomiy yangi yil aksiyasini boshladi

Turar-joy majmuasi NRG Jomiy aholiga zamonaviy bizness-klass xonadonlarni taklif etadi. Qishki aksiya doirasida TJMda xonadonlarni 20% dan boshlang‘ich to‘lov bilan xarid qilish mumkin.

Senat raisi piyodalar ko‘priklarida lift va eskalatorlar ishlamayotgani yoki umuman yo‘qligini tanqid qildi
20 dekabr 2023, 11:38

Senat raisi piyodalar ko‘priklarida lift va eskalatorlar ishlamayotgani yoki umuman yo‘qligini tanqid qildi

Senat raisi Tanzila Narbayeva poytaxtning qator ko‘chalaridagi ko‘priklar (yerusti piyodalar o‘tish joylari)da lift va eskalatorlar ishlamayotgani yoki umuman mavjud emasligini tanqid qildi. Avvalroq “Gazeta.uz” yerusti piyodalar o‘tish joylari muammolari haqidagi videomaterialini e’lon qilgandi.

Toshkent viloyatida bog‘cha mudirining o‘g‘li 4 yoshli qizga tegajog‘lik qilgani aytilmoqda
20 dekabr 2023, 11:23

Toshkent viloyatida bog‘cha mudirining o‘g‘li 4 yoshli qizga tegajog‘lik qilgani aytilmoqda

Keles shahridagi xususiy bolalar bog‘chasida 4 yoshli qizga jinsiy tegajog‘lik qilingani aytilmoqda. Bolalar ombudsmani holat nazoratga olingani va jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. “Gazeta.uz”ga ma’lum bo‘lishicha, mazkur ishda bog‘cha mudirining 24 yoshli o‘g‘li gumonlanmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting