Toshkentda qator jinoyatlarda gumonlangan yana 8 nafar shaxs qo‘lga olindi (foto)
24 dekabr 2023, 09:42

Toshkentda qator jinoyatlarda gumonlangan yana 8 nafar shaxs qo‘lga olindi (foto)

Toshkent shahrida huquq-tartibot idoralari tomonidan firibgarlik, tovlamachilik va bezorilikda gumon qilingan yana 8 nafar shaxs qo‘lga olindi. Foto.

Chery brendi avtomobil egalari bilan Samarqandga sayohat uyushtirdi
23 dekabr 2023, 19:00

Chery brendi avtomobil egalari bilan Samarqandga sayohat uyushtirdi

Tadbir butun Chery modellari qatori egalarini birlashtirdi: Arizzo 6 Pro sedanidan Tiggo 7 Pro va Tiggo 8 Pro Max krossoverlarigacha. Avtomashinalarining katta karvoni Toshkent-Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab harakatlandi, uning uzunligi 300 kilometrni tashkil etdi.

“Yunusobod” va “Turkiston” metro bekatlari 25-dekabrdan qayta ishga tushadi
23 dekabr 2023, 17:33

“Yunusobod” va “Turkiston” metro bekatlari 25-dekabrdan qayta ishga tushadi

Avgust oyida yopilgan “Yunusobod” va “Turkiston” metro bekatlari 25-dekabrdan qayta ishga tushadi. Yo‘nalishda harakatlanuvchi poyezdlar oraliq vaqt intervali tig‘iz vaqtlarda 4 daqiqagacha qisqartiriladi.

Asialuxe Travel tomonidan Turkiyaga sayohatlarni erta band qilishning birinchi bosqichi tugashiga 8 kun qoldi
23 dekabr 2023, 17:00

Asialuxe Travel tomonidan Turkiyaga sayohatlarni erta band qilishning birinchi bosqichi tugashiga 8 kun qoldi

Asialuxe Travel milliy turoperatori Turkiyaga sayohatlarni erta band qilish haqida gapirib berdi, shuningdek, ushbu hizmatning sayoxlar uchun afzalliklari bilan o‘rtoklashdi.

Andijon viloyati hokimi mahalla uchun kutubxona qurib berishni buyurdi, uni 12 yoshli bola boshqaradi
23 dekabr 2023, 16:33

Andijon viloyati hokimi mahalla uchun kutubxona qurib berishni buyurdi, uni 12 yoshli bola boshqaradi

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning yoshlar bilan uchrashuvida 12 yoshli bola kitoblar yetishmagani uchun “Yosh kitobxon” tanlovida yuta olmaganini, shu sabab mahallasiga kutubxona qurib berishni so‘radi. Hokim kutubxona bir oyda qurib berilishini, uni bolaning o‘zi boshqarishini aytdi.

Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya tuzilmoqda
23 dekabr 2023, 15:55

Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya tuzilmoqda

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya etib qayta tashkil qilindi. Shuningdek, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy ma’ruzachi instituti ta’sis etildi.

Nozimaxon Davletova Prezident administratsiyasidagi boshqarma boshlig‘i etib tayinlandi
23 dekabr 2023, 15:10

Nozimaxon Davletova Prezident administratsiyasidagi boshqarma boshlig‘i etib tayinlandi

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Nozimaxon Davletova Prezident administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti Tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni axborot-tahliliy ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Jahongir Ahmedov Prezident administratsiyasida ish boshladi
23 dekabr 2023, 14:03

Jahongir Ahmedov Prezident administratsiyasida ish boshladi

Davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti hamda “Ezgu-film” kinostudiyasi bosh rejissyori Jahongir Ahmedov Prezident administratsiyasi ijodiy tashkilotlar va kinematografiya sohasini rivojlantirish sho‘’basi yetakchi inspektori lavozimiga tayinlandi.

“Haj va Umraga borib kelgan har bir yurtdoshimiz ma’naviyat targ‘ibotchisi bo‘lishi kerak” — Shavkat Mirziyoyev
23 dekabr 2023, 13:43

“Haj va Umraga borib kelgan har bir yurtdoshimiz ma’naviyat targ‘ibotchisi bo‘lishi kerak” — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev diniy e’tiqod niqobi ostida yoshlarni ma’rifatga emas jaholatga undayotgan kishilar paydo bo‘layotganini ta’kidladi. Prezident, shuningdek, Haj va Umra ziyoratiga borib kelganlar orasida o‘zini ko‘z-ko‘z qilish, manmanlikka berilish kabi holatlar kuzatilayotganini tanqid qildi.

Surxondaryo, Andijon va Toshkentda salkam 530 ming dollar qalbaki kupyuralarni sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi
23 dekabr 2023, 12:42

Surxondaryo, Andijon va Toshkentda salkam 530 ming dollar qalbaki kupyuralarni sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

DXX Rossiya va Turkiyadan keltirilgan qalbaki 528 150 AQSh dollari miqdoridagi kupyuralarni muomalaga kiritishga uringan shaxslarni qo‘lga oldi.

Toshkentdagi Talabalar shaharchasidan viloyatlarga qo‘shimcha avtobus yo‘nalishlari qo‘yildi
23 dekabr 2023, 11:18

Toshkentdagi Talabalar shaharchasidan viloyatlarga qo‘shimcha avtobus yo‘nalishlari qo‘yildi

O‘zbekiston Milliy universiteti bosh binosi qarshisidagi maydonda 23-dekabr kuni soat 10:00 dan boshlab Olot, Qarshi va Termizga talabalar uchun qo‘shimcha avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi. Chiptalar universitet bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassada sotiladi.

Asaxiy Books yilning eng ommabop asarlari ro‘yxatini e’lon qildi
23 dekabr 2023, 11:00

Asaxiy Books yilning eng ommabop asarlari ro‘yxatini e’lon qildi

“Yil bestsellerlari 2023” reytingida asaxiy.uz orqali O‘zbekiston bo‘ylab eng ko‘p sotilgan 20 kitob o‘rin oldi.

Yangi yil bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?
23 dekabr 2023, 10:45

Yangi yil bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Prezident farmoni bilan 2024-yil 2-yanvar qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi. Shunga ko‘ra, Yangi yil bayramida o‘zbekistonliklar ketma-ket to‘rt kun (30-dekabr — 2-yanvar) dam oladi.

Nima tayyorlaymiz: Salatlar
23 dekabr 2023, 10:44

Nima tayyorlaymiz: Salatlar

“Bayram” salat-torti, stakandagi “mimoza”, “Shuba ostidagi seld balig‘i” ruleti, dudlangan tovuq va koreys sabzisi bilan salat, steyk va karamellangan nokli salat, kolbasa va yashil no‘xatli olivye va boshqalar — Zira.uz`dan Yangi yil dasturxonini bezash uchun turli salatlar retsepti.

2024-yildagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi
23 dekabr 2023, 10:23

2024-yildagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi

O‘zbekistonda 2024-yildagi qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida prezident farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, 22-mart, 11-aprel, 18-iyun, 3-sentabr va 31-dekabr barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilandi.

“Yashil shahar” transport yo‘lagining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
23 dekabr 2023, 10:06

“Yashil shahar” transport yo‘lagining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkentda “Yashil shahar” transport yo‘lagining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Loyiha doirasida Shota Rustaveli ko‘chasida joriy etilishi rejalashtirilgan yashil transport yo‘lagining konsept-dizayni, matematik modeli va uni asosida texnik iqtisodiy asoslari ishlab chiqildi. Loyiha Toshkent shahar hokimligiga kiritildi.

Qanday qilib plastmassadan voz kechish, suv tanqisligi bilan kurashish mumkin? O‘zbekistonlik tadbirkorlar ekologik toza biznes yechimlarni muhokama qiladi
23 dekabr 2023, 09:41

Qanday qilib plastmassadan voz kechish, suv tanqisligi bilan kurashish mumkin? O‘zbekistonlik tadbirkorlar ekologik toza biznes yechimlarni muhokama qiladi

Ishbilarmonlik uchrashuvida tadbirkorlar ekologik toza loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tajribalari haqida gapiradi. Asosiy mavzular: energiya inqirozi davrida yangicha isitish tizimlari va qishloq xo‘jaligida suvni tejash yo‘llari. Har kim o‘z eko-loyihalarini taqdim etishi va muhokama qilishi mumkin.

“Ko‘chalar hamma uchun xavfsiz bo‘lishi kerak”. Toshkentda ayollar xavfsizligiga oid devoriy surat namoyish etildi (+ video)
23 dekabr 2023, 09:27

“Ko‘chalar hamma uchun xavfsiz bo‘lishi kerak”. Toshkentda ayollar xavfsizligiga oid devoriy surat namoyish etildi (+ video)

BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Toshkentdagi yerosti o‘tish joyida ayollar xavfsizligiga bag‘ishlangan devoriy rasm yaratdi. Mualliflarning ta’kidlashicha, aynan shunday yopiq joylarda ayollar o‘zlarini himoyasiz his qilishadi, shu sababli ko‘chalarni hamma uchun xavfsiz ko‘rinishga keltirish muhimdir.

Qirg‘iziston prezidenti davlat bayrog‘i bo‘yicha o‘zgarishni ma’qulladi
22 dekabr 2023, 22:33

Qirg‘iziston prezidenti davlat bayrog‘i bo‘yicha o‘zgarishni ma’qulladi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat bayrog‘ini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Endi bayroqdagi quyoshning to‘lqinli nurlari to‘g‘ri holatda bo‘ladi. Bayroqning eski versiyasidagi quyosh, Japarovning so‘zlariga ko‘ra, “kungaboqarga o‘xshab ketardi”.

2023-yilda mudofaa va xavfsizlik xarajatlari 3,2 trln so‘mga oshirildi
22 dekabr 2023, 22:20

2023-yilda mudofaa va xavfsizlik xarajatlari 3,2 trln so‘mga oshirildi

O‘zbekistonda 2023-yilda mudofaa va xavfsizlikni ta’minlash xarajatlari qo‘shimcha 3,2 trln so‘mga oshirildi. Bunga boshqa xarajatlarni kamaytirish orqali erishilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting