O‘zbekistonda yil davomida 9,2 tonnaga yaqin giyohvandlik vositalari musodara qilindi
26 dekabr 2023, 15:25

O‘zbekistonda yil davomida 9,2 tonnaga yaqin giyohvandlik vositalari musodara qilindi

O‘zbekiston bojxonachilari tomonidan yil davomida qariyb 9,2 tonna giyohvandlik vositalari musodara qilindi. Bu o‘tgan yilgidan 12 barobarga ko‘r. Ularning katta qismi — 8,5 tonnasi sentabr oyida qandolat ko‘knorisi deb ko‘rsatilgan rekord partiya bo‘ldi.

O‘zbekistondan Qirg‘izistonga salkam 600 ming dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlarga hukm o‘qildi
26 dekabr 2023, 14:34

O‘zbekistondan Qirg‘izistonga salkam 600 ming dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlarga hukm o‘qildi

Namangan tuman sudi O‘zbekistondan Qirg‘izistonga 590 ming AQSh dollarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan 4 nafar shaxsga hukm o‘qidi. Ayblanuvchilarning 2 nafari 5 yilga, yana 2 nafari esa 5 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.

“Blitsda men favoritman, tezkorda esa ko‘pchilik, jumladan, Abdusattorov yutishi mumkin” — Magnus Karlsen
26 dekabr 2023, 14:32

“Blitsda men favoritman, tezkorda esa ko‘pchilik, jumladan, Abdusattorov yutishi mumkin” — Magnus Karlsen

Samarqandda shaxmatning tezkor va blits yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimi va matbuot anjumani bo‘ldi. Amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen turnir uchun o‘z prognozini aytdi: “O‘zimni blitsda favorit deb bilaman, rapidda esa ko‘pchilik, jumladan, Nodirbek Abdusattorov yutishi mumkin”.

O‘zbekistonda 2024-yilda iqtisodiy o‘sish sekinlashib, inflyatsiya tezlashadi — XVJ missiyasi
26 dekabr 2023, 13:59

O‘zbekistonda 2024-yilda iqtisodiy o‘sish sekinlashib, inflyatsiya tezlashadi — XVJ missiyasi

XVJ missiyasi O‘zbekistonda 2024-yilda iqtisodiy o‘sish 5,7 dan 5,2 foizgacha sekinlashishi, inflyatsiya esa energiya tariflari oshishi hisobiga 11 foizgacha tezlashishini kutmoqda. Qat’iy pul-kredit siyosatini davom ettirish, budjet xarajat va daromadlarini sezilarli darajada optimallashtirish zarurligi qayd etildi.

Prezident 2024-yil uchun davlat budjetini tasdiqladi
26 dekabr 2023, 13:28

Prezident 2024-yil uchun davlat budjetini tasdiqladi

Shavkat Mirziyoyev “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. 2024-yil uchun konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligining cheklangan miqdori YAIMning 4 foizi miqdorida belgilandi.

Dori moddalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid norma bekor qilinishi mumkin
26 dekabr 2023, 12:52

Dori moddalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid norma bekor qilinishi mumkin

Deputatlar dori moddalari (substansiyalar)ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid normani bekor qilish nazarda tutilgan qonun loyihasini qabul qildi. Shuningdek, loyihada SSV vakolatidan retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatini yiliga kamida bir marta tasdiqlash normasi chiqarilmoqda.

Pokiston havo ifloslanishiga qarshi kurashishda sun’iy yomg‘irdan foydalandi
26 dekabr 2023, 11:31

Pokiston havo ifloslanishiga qarshi kurashishda sun’iy yomg‘irdan foydalandi

Pokiston hukumati Lahordagi havo ifloslanishiga qarshi kurashish uchun ilk bor sun’iy yomg‘ir yog‘dirdi. Jarayon bir muddat havo sifatini yaxshiladi, ammo bu ko‘pga cho‘zilmadi. Faollar atrof-muhit ifloslanishini daraxtlar kesilishi, qurilish ishlari va chiqindi gazlar bilan bog‘lamoqda.

Maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitiladi
26 dekabr 2023, 10:59 3

Maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitiladi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 1-yanvardan maktab direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish hamda maxsus portal orqali ularga menejerlik sertifikatini elektron berish tizimi joriy qilinadi. Sertifikatga ega direktorlar 3 yil davomida malaka oshirish kurslaridan ozod etiladi.

Toshkentda kameralar avtobus yo‘laklarida to‘xtaganlik uchun bir kunda 175 ta jarima qayd etdi
26 dekabr 2023, 10:07

Toshkentda kameralar avtobus yo‘laklarida to‘xtaganlik uchun bir kunda 175 ta jarima qayd etdi

24-dekabr kuni Toshkentning Amir Temur va Alisher Navoiy ko‘chalarida o‘rnatilgan beshta kamera avtobus yo‘lagida to‘xtagan 175 nafar haydovchiga jarima soldi.

Toshkent viloyatida 13 yoshli qizga o‘gay onasi tomonidan zo‘ravonlik qilingani aniqlandi
26 dekabr 2023, 10:04

Toshkent viloyatida 13 yoshli qizga o‘gay onasi tomonidan zo‘ravonlik qilingani aniqlandi

Zangiota tumanida 13 yoshli qizga nisbatan o‘gay onasi tomonidan zo‘ravonlik qilingani aniqlandi. Ayolning ruhiy holatiga huquqiy baho berish uchun ekspertiza tayinlandi.

16 kishi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga tasdiqlandi
26 dekabr 2023, 09:17

16 kishi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga tasdiqlandi

Prezident Fanlar akademiyasining 16 nafar yangi haqiqiy a’zosini tasdiqladi. Ular orasida qator ilmiy muassasalar rahbarlari va xodimlari bor. Bungacha FAning haqiqiy a’zolari ro‘yxati 2017 va 1995-yillarda to‘ldirilgandi.

O‘zbekistonda oiladagi zo‘ravonlikni qoralovchi va muvaffaqiyatli xotin-qizlarga bag‘ishlangan filmlar suratga olinadi
25 dekabr 2023, 23:45

O‘zbekistonda oiladagi zo‘ravonlikni qoralovchi va muvaffaqiyatli xotin-qizlarga bag‘ishlangan filmlar suratga olinadi

Oilaga tayyorgarlik mavzulari maktab o‘quv dasturiga biologiya va tarbiya fanlari doirasida kiritiladi. Ona tili va chet tili fanlarida o‘quvchilarga “oila muqaddasligini ochib beradigan” mavzular o‘qitiladi. Oiladagi zo‘ravonlikni qoralovchi va muvaffaqiyatli xotin-qizlarga atalgan kino va reklamalar ishlanadi.

2030-yilga borib davlat organlari va korxonalari rahbarligidagi ayollar ulushi 30 foizga yetkazilishi kerak
25 dekabr 2023, 23:07

2030-yilga borib davlat organlari va korxonalari rahbarligidagi ayollar ulushi 30 foizga yetkazilishi kerak

Prezident qaroriga ko‘ra, 2030-yilga borib davlat idoralari rahbariyatining kamida 30 foizi ayollardan iborat bo‘lishi kerak. Shuningdek, kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi ayol tadbirkorlarning ijara haqi qisman qoplanadi, xotin-qizlar tomonidan yetishtiriladigan mahsulotlar bo‘yicha fyuchers shartnomalari tuziladi.

“Demak, bizni aldagan bo‘lib chiqyapsizlar”. Deputat gaz va neft ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga beriladigan imtiyozlarga qarshi chiqdi
25 dekabr 2023, 21:21

“Demak, bizni aldagan bo‘lib chiqyapsizlar”. Deputat gaz va neft ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga beriladigan imtiyozlarga qarshi chiqdi

Foydali qazilmalar qazib oluvchi kompaniyalar uchun navbatdagi imtiyozni joriy etish reja qilinmoqda. Kelasi 2 yilda metall va uglevodorodlar qazib olishni boshlaydiganlar renta solig‘idan umrbod ozod etilishi mumkin. Deputat Doniyor G‘aniyev bunga qarshi chiqsa-da, hamkasblari normani baribir qabul qildi.

Bayram kunlari Toshkentdagi avtobuslar qisqartirilgan jadval asosida harakatlanadi
25 dekabr 2023, 17:41

Bayram kunlari Toshkentdagi avtobuslar qisqartirilgan jadval asosida harakatlanadi

Toshkentda avtobuslar 30-dekabrdan 2-yanvarga qadar yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida, 6-yanvar — shanba kuni esa ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi.

Buxoroda aholiga ajratilgan 800 tonnadan ortiq ko‘mir talon-toroj qilingani aniqlandi
25 dekabr 2023, 17:12

Buxoroda aholiga ajratilgan 800 tonnadan ortiq ko‘mir talon-toroj qilingani aniqlandi

Buxoroning Vobkent, Olot, Qorako‘l va Jondor ko‘mir omborlarida aholiga imtiyozli narxda yetkazib berilishi kerak bo‘lgan 806,4 tonna ko‘mir noqonuniy sotib yuborilgani ma’lum bo‘ldi.

Toshkent viloyatida 13 yoshli qizni zo‘rlagan sobiq IIB xodimi 15 yilga qamaldi
25 dekabr 2023, 17:02

Toshkent viloyatida 13 yoshli qizni zo‘rlagan sobiq IIB xodimi 15 yilga qamaldi

Bo‘stonliq tumani sudi 31 yoshli sobiq profilaktika inspektorini voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda aybdor deb topib, unga 15 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Jinoyat uchun shart-sharoit yaratib bergan 3 kishiga nisbatan ish ochish masalasi bo‘yicha prokurorga xabar yuborildi.

Prezident amaliy tashrif bilan Rossiyaga jo‘nab ketdi
25 dekabr 2023, 16:07

Prezident amaliy tashrif bilan Rossiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev 25-dekabr kuni amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi. Davlat rahbari MDH mamlakatlari rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etadi.

Zo‘ravonlik kuzatilgan oilalarda yarashish muddatisiz er-xotinni ajratish rejalashtirilmoqda
25 dekabr 2023, 16:01

Zo‘ravonlik kuzatilgan oilalarda yarashish muddatisiz er-xotinni ajratish rejalashtirilmoqda

Zo‘ravonlikka uchragan jabrlanuvchining talabiga ko‘ra sud tomonidan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlarning soddalashtirilgan tartibda, yarashish uchun muhlat tayinlamasdan hal qiluv qarori chiqarishi mumkin. Mazkur qonun loyihasini tayyorlash Vazirlar Mahkamasi va Oliy sudga topshirildi.

Samarqand viloyatida noqonuniy mayning bilan shug‘ullangan korxona aniqlandi
25 dekabr 2023, 15:34

Samarqand viloyatida noqonuniy mayning bilan shug‘ullangan korxona aniqlandi

Bosh prokuratura Nurobod tumanidagi korxona elektrga noqonuniy ulanib, kripto-aktiv va mayning faoliyati bilan shug‘ullanganini aniqladi. MCHJ 2,5 mlrd so‘mlik elektrdan o‘g‘rincha foydalangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting