O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi missiyasini yakunlamoqda
19 noyabr 2023, 14:41

O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi missiyasini yakunlamoqda

O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi Jahongir G‘aniyev diplomatik missiyasi yakunlanishi munosabati bilan mamlakat tashqi ishlar vazirligi vakili Anxeles Morena Bau bilan uchrashdi. U o‘zbekistonlik diplomatga ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.

Shuxrat Sadikov Advokatlar palatasiga rais bo‘ldi
19 noyabr 2023, 14:01

Shuxrat Sadikov Advokatlar palatasiga rais bo‘ldi

Shuxrat Sadikov Advokatlar palatasi raisi etib saylandi. U shu paytga qadar palata raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Samarqandda moliyaviy piramida tashkil etganlikda gumonlanganlar ushlandi
19 noyabr 2023, 10:36

Samarqandda moliyaviy piramida tashkil etganlikda gumonlanganlar ushlandi

Samarqandda Instagram orqali moliyaviy piramida tashkil etganlikda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi. Ular 20 foiz to‘lov qilib, 5 xil turdagi kreditlarni uzoq muddatga olish mumkinligi haqida e’lonlar berib kelgani aytilmoqda. 45 nafar fuqarodan dastlabki to‘lov sifatida 479 mln so‘m olgani aniqlandi.

Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va 4R12 yo‘li kesishmasida yo‘l o‘tkazgich paydo bo‘ladi (foto)
18 noyabr 2023, 20:40

Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va 4R12 yo‘li kesishmasida yo‘l o‘tkazgich paydo bo‘ladi (foto)

Prezident Toshkent shahridagi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va 4R12 avtomobil yo‘li chorrahasida bunyod etiladigan yo‘l o‘tkazgich loyihasi bilan tanishdi. Loyihaga ko‘ra, 1 ta ko‘prik, 3 ta tunnel, 4 tadan aylanma va qo‘shimcha yo‘llar quriladi.

O‘zbekiston 2−3 yil ichida neft mustaqilligiga erishmoqchi
18 noyabr 2023, 16:27

O‘zbekiston 2−3 yil ichida neft mustaqilligiga erishmoqchi

Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida o‘tgan yig‘ilishda Surxondaryoda amalga oshirilayotgan yirik sanoat loyihalari haqida gapirdi. Boysundagi gaz-kimyo majmuasining ishga tushirilishi va geologiya-qidiruv ishlarining kengayishi O‘zbekistonning 2−3 yil ichida neft mustaqilligiga erishishiga olib kelishi kutilmoqda.

“Ommaviy sportdan professional sportga o‘tish ko‘prigi”. Prezident Olimpiya shaharchasi qurilishi bilan tanishdi
18 noyabr 2023, 15:46

“Ommaviy sportdan professional sportga o‘tish ko‘prigi”. Prezident Olimpiya shaharchasi qurilishi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev 2025-yilda Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladigan Olimpiya shaharchasini borib ko‘rdi. 100 gektarli hududda 10 ming o‘rinli stadion, velodrom, suv sporti saroyi va jamoaviy o‘yinlar majmualari quriladi. Shaharcha ilmiy, amaliy, o‘quv-mashg‘ulot markazi bo‘lishi rejalashtirilgan.

Hukumat Toshkentdagi bojxona boshqarmasi yonida yo‘l o‘tkazgich qurish g‘oyasidan voz kechmadi
18 noyabr 2023, 13:08

Hukumat Toshkentdagi bojxona boshqarmasi yonida yo‘l o‘tkazgich qurish g‘oyasidan voz kechmadi

Singapur instituti va Toshkent bojxona boshqarmasi oldida “doimiy yuzaga keladigan tirbandliklarni hisobga olib”, “zamonaviy” yo‘l o‘tkazgich qurish taklif etilyapti. “Gazeta.uz” avvalroq qurib bo‘lingan yo‘l o‘tkazgichlar misolida ular qancha joy egallashi va shahar muhitini yomonlashtirishini ko‘rsatib bergandi.

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin? (18−19-noyabr)
18 noyabr 2023, 10:57

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin? (18−19-noyabr)

5 ta kinopremera, “Humo” xokkey klubi o‘yinlari, Drag Racing, “Yangi nafas” yugurish musobaqasi, Avaz Oxun konserti, ko‘rgazmalar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari, “SAHNA” stendap klubidagi yumoristik shoular va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Rossiya benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi
18 noyabr 2023, 10:15

Rossiya benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi

Rossiya hukumati avtomobil benzinini Rossiyadan olib chiqishga qo‘yilgan vaqtinchalik taqiqni bekor qildi. Taqiq ichki bozordagi narxlarni barqarorlashtirish maqsadida 21-sentabrda joriy qilingandi.

JSST: emlash kamaygani uchun dunyo bo‘ylab qizamiq va undan o‘lim darajasi ortmoqda
18 noyabr 2023, 10:02

JSST: emlash kamaygani uchun dunyo bo‘ylab qizamiq va undan o‘lim darajasi ortmoqda

2022-yilda qizamiq bilan kasallanish 2021-yilga nisbatan 18 foizga, o‘lim darajasi 40 foizdan ko‘proqqa oshgan. Bu emlash qamrovining pasayishi bilan bog‘liq, deyiladi JSST hisobotida.

Nima tayyorlaymiz: Limonli pishiriqlar
18 noyabr 2023, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Limonli pishiriqlar

Limonli muss-chizkeyk, keks, glazurli yoki malina qo‘shilgan limonli pechenye, tvorojnik yoki pirog — Zira.uz limon solib tayyorlangan pishiriqlar retseptini taqdim etadi.

“Askarga yuragini topshirayotgan bola”: Inkuzart Falastin-Isroil urushiga atab rasm chizdi
18 noyabr 2023, 09:32

“Askarga yuragini topshirayotgan bola”: Inkuzart Falastin-Isroil urushiga atab rasm chizdi

Toshkentda ko‘cha rassomi Inkuzart Falastin-Isroil urushiga bag‘ishlangan rasm chizdi. Unda qo‘liga qurol olgan Isroil harbiy xizmatchisi va yuragini unga taqdim etayotgan bolakay aks etgan.

1-dekabrdan Toshkentdagi budjet tashkilotlari va yuridik shaxslar uchun issiqlik ta’minoti tariflari oshadi
18 noyabr 2023, 09:10

1-dekabrdan Toshkentdagi budjet tashkilotlari va yuridik shaxslar uchun issiqlik ta’minoti tariflari oshadi

Veolia Energy Tashkent 1-dekabrdan poytaxtdagi budjet tashkilotlari va yuridik shaxslar uchun issiqlik ta’minotining yangi tariflari kuchga kirishini ma’lum qildi.

Kattaqo‘rg‘onda O‘zbekiston qurolli kuchlari vertolyoti halokatga uchradi. Butun ekipaj halok bo‘ldi
17 noyabr 2023, 22:31

Kattaqo‘rg‘onda O‘zbekiston qurolli kuchlari vertolyoti halokatga uchradi. Butun ekipaj halok bo‘ldi

Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli Mi-8 vertolyoti Kattaqo‘rg‘on poligonida o‘quv-mashg‘ulot parvozini amalga oshirayotgan vaqtida halokatga uchradi. Butun ekipaj halok bo‘ldi.

O‘zbekiston TIV rahbari strategik muloqotda ishtirok etish uchun Xitoyga tashrif buyuradi
17 noyabr 2023, 20:37

O‘zbekiston TIV rahbari strategik muloqotda ishtirok etish uchun Xitoyga tashrif buyuradi

O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov 19−22-noyabr kunlari Xitoyda tashqi ishlar vazirlarining birinchi Xitoy-O‘zbekiston strategik muloqotida ishtirok etadi.

Chilonzordagi bir qancha uy va do‘konlar “renovatsiya”ga tushishi mumkin
17 noyabr 2023, 20:27

Chilonzordagi bir qancha uy va do‘konlar “renovatsiya”ga tushishi mumkin

Hukumat qarori bilan Toshkentning Chilonzor tumanida RSHTYOIM qarshisidagi uy va do‘konlarda “renovatsiya” o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bunda bir qavatli uylar o‘rniga ko‘p qavatlilari quriladi. Qatortol ko‘chasini turizm ko‘chasiga aylantirish, yerto‘lalarni ta’mirlashga kredit ajratish ham taklif etilmoqda.

Srechko Katanets — Turkmaniston ustidan qozonilgan g‘alaba, “dahshatli” maydon va Eronga qarshi bo‘lajak o‘yin haqida
17 noyabr 2023, 19:20

Srechko Katanets — Turkmaniston ustidan qozonilgan g‘alaba, “dahshatli” maydon va Eronga qarshi bo‘lajak o‘yin haqida

O‘zbekiston bosh murabbiyi Srechko Katanets futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionati saralash bosqichining ilk uchrashuvida Turkmanistonni mag‘lub etganidan so‘ng jamoasi g‘alabaga haqli ekanini aytdi. Murabbiy va futbolchi Otabek Shukurov Ashxoboddagi “o‘ynab bo‘lmaydigan” sun’iy maydondan shikoyat qildi.

Oson yetti yoshini nishonladi
17 noyabr 2023, 19:00

Oson yetti yoshini nishonladi

Yetti yilik faoliyati davomida Oson ikki mln dan ortiq sodiq foydalanuvchilarga erishdi. Hozirda kompaniya xorijiy investorlar bilan muzokaralar bosqichida.

“Afg‘onistondan O‘zbekistonga metamfetamin oqimi ko‘payishi mumkin” — CADAP dasturi rahbari
17 noyabr 2023, 18:19

“Afg‘onistondan O‘zbekistonga metamfetamin oqimi ko‘payishi mumkin” — CADAP dasturi rahbari

Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish sezilarli darajada kamaygan bo‘lsa-da, u yerda opioidlar o‘rnini bosuvchi metamfetamin ham yetishtiriladi. Shu munosabat bilan O‘zbekistonga metamfetamin yetkazib berish ko‘payishi mumkin, deya ogohlantirdi Markaziy Osiyoda narkotik moddalar tarqalishining oldini olish dasturi.

“Sog‘liqni saqlash bo‘yicha yagona axborot tizimi kerak” — YUNISEFning O‘zbekistondagi sobiq rahbari
17 noyabr 2023, 18:07

“Sog‘liqni saqlash bo‘yicha yagona axborot tizimi kerak” — YUNISEFning O‘zbekistondagi sobiq rahbari

YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi sobiq rahbari Munir Mamedzade “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida ijtimoiy sektor ehtimoliy favqulodda chaqiriqlarga hozircha tayyor emasligi va nima uchun mamlakatga sog‘liqni saqlashning barcha masalalarini qamrab oluvchi yagona axborot tizimi kerakligini tushuntirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting