“O‘zbekistonda o‘zingiz istagan tinchlik, barqarorlik va zarur kafolatlarni topasiz”. Prezident investitsiya forumida nutq so‘zladi
27 aprel 2023, 16:24

“O‘zbekistonda o‘zingiz istagan tinchlik, barqarorlik va zarur kafolatlarni topasiz”. Prezident investitsiya forumida nutq so‘zladi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent investitsiya forumidagi nutqida Xalqaro tijorat sudini ishga tushirish rejalari, “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishni davom ettirish niyatini ma’lum qildi va xususiylashtirish dasturi haqida gapirdi.

O‘zbekiston oltin qazib olishni 1,5 barobarga oshirmoqchi
27 aprel 2023, 15:30

O‘zbekiston oltin qazib olishni 1,5 barobarga oshirmoqchi

O‘zbekiston oltin qazib olishni qariyb bir yarim barobarga, ya’ni 150 tonnagacha oshirishni rejalashtirmoqda.

AQSh elchisi tabiatni asrash uchun second-hand kiyimlar sotib olishini aytdi
27 aprel 2023, 15:10

AQSh elchisi tabiatni asrash uchun second-hand kiyimlar sotib olishini aytdi

Xalqaro Yer kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik nutq so‘zladi. U tabiatni asrash uchun barcha tashkilot va fuqarolar birga harakat qilishi kerakligini aytdi. “Deyarli barcha kiyimlarimni second-hand`dan xarid qilaman, bu odatga aylangan”, — dedi elchi.

Davlat ijrochisi faoliyati yuzasidan shikoyatlar endi faqat ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi
27 aprel 2023, 14:59

Davlat ijrochisi faoliyati yuzasidan shikoyatlar endi faqat ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi

Davlat ijrochisining har qanday qarorlari yoki harakatlari ustidan shikoyat endi faqat ma’muriy sudga yoxud bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga beriladi.

Toshkent metropoliteni 2023-yilda Rossiyadan yana 56 ta vagon qabul qilib oladi
27 aprel 2023, 14:32

Toshkent metropoliteni 2023-yilda Rossiyadan yana 56 ta vagon qabul qilib oladi

Toshkent metropoliteni 2023-yilda yana 56 ta vagon yoki 14 ta tarkibni qabul qilishi kerak, dedi “Transmashxolding” (Rossiya) rahbari poytaxtdagi “Innoprom” ko‘rgazmasida. 2019−2021-yillarda 60 ta vagon yetkazib berilgan.

O‘zbekistonda Xalqaro tijorat sudi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
27 aprel 2023, 14:01

O‘zbekistonda Xalqaro tijorat sudi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda xalqaro ekspertlar ko‘magida Xalqaro tijorat sudi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bundan buyon, tadbirkor va investorlar sudda o‘z talabining to‘g‘riligini isbotlashi shart emas. Endi davlat idorasi o‘z qarorining qonuniyligini isbotlab berishga majbur bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Buxoro va Urganch aeroportlari boshqaruvi xususiy sektorga topshiriladi — prezident
27 aprel 2023, 13:39

Andijon, Namangan, Buxoro va Urganch aeroportlari boshqaruvi xususiy sektorga topshiriladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi yalpi majlisida Andijon, Namangan, Buxoro va Urganch aeroportlari boshqaruvi xususiy sektorga topshirilishini ma’lum qildi.

Qashqadaryoda gaz taqsimlash stansiyalari salkam 23 mlrd so‘mlik gazni talon-toroj qilgani aniqlandi
27 aprel 2023, 11:19

Qashqadaryoda gaz taqsimlash stansiyalari salkam 23 mlrd so‘mlik gazni talon-toroj qilgani aniqlandi

Qashqadaryoda 15 ta gaz taqsimlash punkti va stansiyasi salkam 23 mlrd so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilgani aniqlandi. Ular gazni qabul qilish va yetkazishda hukumat qarori talablariga rioya etmagan.

MB asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilishni keyinga qoldirdi
27 aprel 2023, 11:12

MB asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilishni keyinga qoldirdi

O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilishni bir hafta keyinga qoldirdi. Regulyatorga ko‘ra, “prognozlarni yangilash, ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlardagi o‘zgarishlarni keng qamrovli tahlil qilish” uchun qo‘shimcha vaqt talab etiladi.

2023-yildan xususiy maktablarning ham reytingi tuziladi
27 aprel 2023, 10:48

2023-yildan xususiy maktablarning ham reytingi tuziladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2023-yildan nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini ham baholashni rejalashtirmoqda.

Toshkentdan Samarqand va Qarshiga qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
27 aprel 2023, 10:46

Toshkentdan Samarqand va Qarshiga qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

28-aprel — 1-may kunlari Toshkentdan Samarqand va Qarshi shaharlariga qo‘shimcha “Afrosiyob” yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Namanganda “Jiguli” kanalga tushib ketdi
27 aprel 2023, 10:31

Namanganda “Jiguli” kanalga tushib ketdi

Kosonsoy tumanidan oqib o‘tuvchi “Chust” kanaliga “Jiguli” tushib ketdi. Voqeaga haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan. Mashina FVB xodimlari tomonidan chiqarib olindi.

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kursi tushdi
27 aprel 2023, 10:02

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kursi tushdi

Tijorat banklari 27-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 320 — 11 360 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 380 — 11 435 so‘m.

Interpol qidiruviga berilgan shaxs Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
27 aprel 2023, 09:53

Interpol qidiruviga berilgan shaxs Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Polsha xalqaro qidiruvda bo‘lgan va 2022-yil martida Interpolning Qizil xabarnomasi asosida hibsga olingan shaxsni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi. U yirik firibgarlikda ayblanmoqda.

Turkiya prezidentining yurak xurujiga uchragani rad etildi
27 aprel 2023, 09:24

Turkiya prezidentining yurak xurujiga uchragani rad etildi

25-aprelda Turkiya prezidenti Erdog‘anning sog‘lig‘i yomonlashdi. Keyinroq uning oshqozonida muammo borligi aytilib, bir nechta uchrashuvlar bekor qilindi. Prezident ma’muriyati uning yurak xurujiga chalingani haqidagi xabarlarni “asossiz” deb atadi. 14-may kuni mamlakatda prezidentlik saylovlari bo‘ladi.

Uzbekistan Airways bortida chaqaloq dunyoga keldi
27 aprel 2023, 08:09

Uzbekistan Airways bortida chaqaloq dunyoga keldi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkentdan Istanbulga uchgan samolyoti bortida o‘g‘il chaqaloq tug‘ildi.

O‘zbekistonliklar iyundan Chernogoriyaga vizasiz borishi mumkin bo‘ladi
27 aprel 2023, 00:14

O‘zbekistonliklar iyundan Chernogoriyaga vizasiz borishi mumkin bo‘ladi

Iyun oyidan boshlab O‘zbekiston va Chernogoriya o‘rtasida doimiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu mamlakatga kirishda O‘zbekiston fuqarolaridan viza talab qilinmaydi.

26-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
26 aprel 2023, 22:42

26-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Litiy qazib olishga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston, Putin bilan qo‘ng‘iroqlashgan Mirziyoyev, bemorning eri tomonidan kaltaklagan shifokor, maktab qizlarining navbatdagi janjali, O‘zbekiston va Turkmanistonning 2 ta chegara posti qayta tiklanishi mumkinligi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Buxoroda Vladimir Spivakov ishtirokida simfonik open-air bo‘lib o‘tadi
26 aprel 2023, 20:07

Buxoroda Vladimir Spivakov ishtirokida simfonik open-air bo‘lib o‘tadi

Buxorodagi Minorai Kalon yonida joylashgan Poi Kalon majmuasida Vladimir Spivakov rahbarligida Rossiya Milliy filarmoniya orkestrining ochiq osmon ostidagi xayriya konserti bo‘lib o‘tadi.

Yoshlarni ishga olganlik uchun ijtimoiy soliqni qaytarish tartibi 2024-yil oxirigacha uzaytirildi
26 aprel 2023, 19:54

Yoshlarni ishga olganlik uchun ijtimoiy soliqni qaytarish tartibi 2024-yil oxirigacha uzaytirildi

O‘zbekistonda 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni ishga qabul qilishda ijtimoiy soliqni ish beruvchiga qaytarish tartibi qayta joriy etiladi. Ushbu imtiyoz 2021−2022-yillarda amalda bo‘lgan, 9 mingta korxona undan foydalangan va ularga 150 mlrd so‘m qaytarilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting