O‘zbekiston prezidentining 26-apreldagi qarori bilan joriy yilning 1-mayidan 2025-yil 1-yanvarigacha ish beruvchilar 25 yoshga to‘lmagan ishchilarni ishga qabul qilishda yana ijtimoiy soliq to‘lovlarini qaytarib oladilar. Mazkur imtiyoz 2021-yil 1-maydan joriy qilingan va 2023-yil 1-yanvargacha amal qilgan.

Imtiyozdan barcha ish beruvchilar: budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar foydalanishi mumkin, 1 foiz stavka bo‘yicha ijtimoiy soliq to‘lovchilar bundan mustasno.

Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qoplab beriladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev yaqinda bo‘lib o‘tgan yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan yig‘ilishda mazkur imtiyozni qaytadan berish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan edi.

O‘shanda bir yarim yil davomida 9 mingdan ziyod korxona ushbu imtiyozdan foydalangani, ularga 150 mlrd so‘mlik ijtimoiy soliq qaytarilgani, 100 ming yoshlar bandligi ta’minlangani ma’lum qilingan edi.