26-aprel kuni taxminan soat 14:35 atrofida Namangan viloyati Kosonsoy tumanida “Jiguli” kanalga tushib ketdi, deya xabar bermoqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Tumanning “Obod” mahallasida yashovchi, 1981-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvida bo‘lgan “VAZ 2106” avtomobili “Maxtumi A’zam” mahallasidan oqib o‘tuvchi “Chust” kanaliga tushib ketgan. Holatni bartaraf etish maqsadida viloyat FVB qidiruv-qutqaruv guruhi voqea joyiga yetib borgan va avtomashinani suvdan olib chiqqan.

Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisada hech kim tan jaroxati olmagan, deyiladi xabarda.