Maqola va reportajlar:

“Hayvonlar qo‘rqib qolgan edi”. Toshkent hayvonot bog‘i 1966-yilgi zilzila oqibatlarini qanday yengib o‘tgan edi?

1966-yil 26-aprelda Toshkentda vayronkor zilzila sodir bo‘lgandi. O‘shanda shahar hayvonot bog‘ida 200 dan ortiq hayvonlar va qushlar bo‘lgan. Bog‘ning haqiqiy ma’nodagi oqsoqoli Mahmadali Asqarov “Gazeta.uz”ga hayvonot bog‘i va uning jonzotlari tabiiy ofatni qanday boshdan kechirgani haqida gapirib berdi.

“Doim aldanganmiz: ketishimizdan boshlab, nurlanishimizgacha” — o‘zbekistonlik chernobilchilarning 37 yillik dardi

Bundan 37 yil avval tarixdagi eng yirik texnogen falokatlardan biri — Chernobil AESdagi portlash yuz bergan edi. O‘zbekistondan uzoqda bo‘lsa-da, bu hodisa uning fuqarolariga ham daxldor. “Gazeta.uz” Chernobil falokati oqibatlarini bartaraf etish ishlarida qatnashgan o‘zbekistonliklar bilan suhbatlashdi.

Toshkentdagi ofat va jasorat

Zilziladan keyingi vayronkor dovul, dovul ketidan yana 12 ming kishini uysiz qoldirgan navbatdagi zilzila, chodirlar shaharchasida Qur’on o‘qiyotgan otaxon, kamaygan jinoyatchilik, eng ko‘p beriladigan savol — “bugun tunda uyda uxlasak bo‘ladimi?”. 1966-yil may oyidagi Toshkentdan tarixiy reportaj.

Foto: Toshkent yerusti metro halqa yo‘lining yangi stansiyalari (8−12) qanday ko‘rinishga ega?

Toshkent metrosi yerusti Halqa yo‘lining beshta yangi bekati (8−12) yo‘lovchilar uchun ochildi. Stansiyalarning interer dizayni, tematik bezakli “Paralimpiya harakati” stansiyasidan tashqari, boshqalar bilan bir xil. Stansiyalar qanday ko‘rinishga egaligi — “Gazeta.uz” fotoreportajida.

O‘zbekistonlik ayol Yaponiyada deputatlikka saylandi. Kim u?

Yaponiyada 23-aprel kuni munitsipal saylovlarning ikkinchi turi bo‘lib o‘tdi. Uning yakunlariga ko‘ra, asli o‘zbekistonlik 37 yoshli Orzugul Boboxo‘jayeva Tokioning Setagaya okrugi deputatligiga saylandi. “Gazeta.uz” u haqda qisqacha ma’lumot beradi.

O‘zbekiston 5 mln dollarga ta’mirlab bergan Qirg‘izistondagi teatr ochildi — foto

24-aprel kuni Bobur nomli O‘sh davlat akademik o‘zbek musiqali drama teatri binosining ochilish marosimi bo‘ldi. Unda ikki mamlakat hukumatlari vakillari qatnashdi. O‘zbekiston ta’mirlash ishlariga 5 mln dollar mablag‘ ajratgandi.

Toshkentda o‘tkazilayotgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi — suratlarda

24−27-aprel kunlari poytaxtda “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda. Unda 5 mingdan ortiq delegatlar, shu jumladan hukumatlar vakillari va ishbilarmonlar fikr almashib, hamkorlik masalalari bo‘yicha muzokaralar olib boryapti. “Gazeta.uz” ko‘rgazmadan fotoreportaj tayyorladi.

Silk Avia “aviamarshrutka”si hududlar o‘rtasidagi qatnovlarni tiklashni niyat qilmoqda

Silk Avia ikki kun ichida 250 ga yaqin chiptani sotishga ulgurdi. Seshanba kuni u ilk tijoriy reysini amalga oshirdi. Toshkentdagi taqdimotda hududlar o‘rtasidagi qatnovni tiklashi aytilayotgan havo kompaniyasini jamoat transporti bilan taqqoslashdi — “o‘tirding va ketding”. “Gazeta.uz” sinov parvozida bo‘ldi.

Yangiliklar:

Alstom Toshkentga optimal tramvay yo‘nalishlarini ishlab chiqishda yordamlashadi — Fransiyadagi elchi

Fransiyaning Alstom kompaniyasi Toshkent ichidagi tramvay liniyasining optimal yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha maslahatlar beradi, deya ma’lum qildi O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi Sardor Rustamboyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni tramvaylarni mahalliylashtirish talabini qo‘ymoqda.

Tabiat resurslari vazirligi 10-mayga qadar har jumani “Avtomobilsiz kun” sifatida o‘tkazishga chaqirdi

Tabiat resurslari vazirligi 10-mayga qadar davom etadigan “Toza havo” oyligi doirasida vazirlik, korxona va hokimliklarning barcha xodimlarini har jumani “Avtomobilsiz kun” sifatida o‘tkazishga chaqirdi.

To‘lovlarni amalga oshirishda vositachilik haqining chegaraviy miqdori belgilandi

O‘zbekistonda aholidan chiptalar, barcha turdagi kommunal xizmatlar, davlat boji va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda olinadigan komissiyalarning eng yuqori miqdori BHMning 20 foizidan ko‘p bo‘lmasligi belgilandi.

O‘zbekiston litiy qazib olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

O‘zbekiston litiy qazib olish va qayta ishlashni yo‘lga qo‘ymoqchi. Geologiya vazirligi mamlakatda boshqa “texnologik metallar” deb ataluvchi sohani rivojlantirishni istiqbolli yo‘nalish sifatida ko‘rmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti bilan telefon orqali gaplashdi

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqotida amaliy hamkorlik, savdo munosabatlari va korxonalar kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash masalalarini ko‘rib chiqdi. Konstitutsiyaviy referendumning Rossiya hududida o‘tkazilishiga ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun Putinga minnatdorlik bildirildi.

Namangan viloyatida talaba qizni ta’qib qilgan erkak jarimaga tortildi

Chortoq tumanida talaba qizni va dugonalarini ko‘p bora bezovta qilib, hatto onasini o‘ldirish bilan qo‘rqitgan erkakka nisbatan 4,9 mln so‘m jarima jazosi qo‘llanildi.

Andijonda shifokor bemorning eri va sheriklari tomonidan kaltaklandi

Asaka tumanida 30 yashar shoshilinch tibbiy yordam shifokori bemorning eri va sheriklari tomonidan kaltaklandi. Bunga erning rashk qilishi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan nazoratga olingan.

Toshkentda enaga qaramog‘ida qolgan 3 yoshli qiz vafot etdi

Sergeli tumanida enaga qaramog‘ida qolgan 3 yoshli qiz vafot etdi. Marhumaning onasi bolani tanishinikida qoldirib ketganini ma’lum qildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.

Toshkentda o‘quvchi qizlar boshqa qizni guruh bo‘lib kaltakladi

Shayxontohur tumanidagi maktabning 5 nafar o‘quvchi qizi uy yerto‘lasida bir qizni kaltakladi. Holatga izoh bergan Toshkent shahri maktab ta’limi boshqarmasi ichki ishlar xodimlari tergov-surishtiruv ishlarini olib borayotganini bildirdi.

Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisining qonuniy talablarini bajarmaslikka da’vat qilish javobgarlikka tortiladi

DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisining qonuniy talablarini bajarmaslik va shunga da’vat qilish BHMning 1 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida 2 ta chegara posti faoliyati qayta tiklanishi mumkin

Shuhrat G‘aniyev Turkmaniston VM raisi o‘rinbosari bilan Turkmanistonda joylashgan O‘zbekiston suv xo‘jaligi obyektlarida ishlovchilar uchun “vaxta” rejimini bekor qilish, 2 ta chegara posti faoliyatini qayta tiklash, Amudaryo suv resurslarini birga boshqarishni avtomatlashtirish kabi masalalarni muhokama qildi.

JSST Markaziy Osiyo davlatlariga ruhiy salomatlik bo‘yicha oilaviy shifokorlarni tayyorlashni taklif etdi

Hozirda bezovtalik va depressiya kabi ruhiy kasalliklar keng tarqalgan. JSST Markaziy Osiyo davlatlarini ruhiy salomatlik xizmatini yanada qulayroq qilish uchun oilaviy shifokorlar darajasida ruhiy salomatlik xizmatini joriy etishga taklif qilmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” tashkilot vakili bilan suhbatlashdi.

Yoshlarni ishga olganlik uchun ijtimoiy soliqni qaytarish tartibi 2024-yil oxirigacha uzaytirildi

O‘zbekistonda 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni ishga qabul qilishda ijtimoiy soliqni ish beruvchiga qaytarish tartibi qayta joriy etiladi. Ushbu imtiyoz 2021−2022-yillarda amalda bo‘lgan, 9 mingta korxona undan foydalangan va ularga 150 mlrd so‘m qaytarilgan.