Toshkent shahridan Samarqand va Qarshi shaharlariga qo‘shimcha “Afrosiyob” yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lovchi” kompaniyasi matbuot xizmati.

Xususan, 28-aprel kunidan 1-may kunigacha 767/768-sonli Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha 4 ta reys harakati amalga oshiriladi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

  • 767-sonli Samarqand-Toshkent yo‘nalishi: Samarqand 11:09 — Toshkent 13:19;
  • 768-sonli Toshkent-Samarqand yo‘nalishi: Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48.

Shuningdek, 28-aprel va 1-may kunlari 780/779-sonli Toshkent-Qarshi-Toshkent yo‘nalishida ham “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha 2 ta reys harakati yo‘lga qo‘yiladi. Poyezd amaldagi jadval asosida harakatlanadi:

  • 780-sonli Toshkent-Qarshi yo‘nalishi: Toshkent 07:00 — Qarshi 10:21;
  • 779-sonli Qarshi-Toshkent yo‘nalishi: Qarshi 15:25 — Toshkent 18:50.

“Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida qo‘yilgan qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar chiptalari turistik firmalar tomonidan berilgan arizalarni chetlab o‘tgan holda erkin savdoga chiqarildi”, — deyiladi xabarda.