30-aprel kuni Buxoroda YUNESKO tinchlik elchisi, SSSR xalq artisti Vladimir Spivakov rahbarligidagi Rossiya Milliy filarmoniya orkestrining ochiq osmon ostidagi xayriya konserti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati xabar qildi.

Konsert Minorai Kalon yonidagi Poi Kalon majmuasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Alisher Usmonovning “San’at, fan va sport” xayriya jamg‘armasi ko‘magida o‘tkaziladi.

Buxoroda orkestr Pyotr Chaykovskiyning “Uyqudagi go‘zal”, “Qarsildoq” va “Oqqush ko‘li” baletlaridan syuitalarni ijro etadi.