26-aprel kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent-Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha HY273 reysi bortida bola tug‘ildi, deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, tug‘uruq Istanbulga yaqinlashganda boshlangan. 1996-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi S.A. bort kuzatuvchilariga og‘riq boshlanganini bildirgan. Brigadir vaziyatni baholab, bortdagi yo‘lovchilarga murojaat qilib, agar ular orasida shifokorlar bo‘lsa, yordam berishlarini so‘ragan.

Biroz vaqt o‘tgach, yo‘lovchi homiladorlikning 28-haftasida o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan. Xavfsiz qo‘nishdan so‘ng Istanbul xalqaro aeroportining tibbiyot xodimlari bortga chiqqan. Ona va chaqaloq klinikaga yotqizilgan, ularning ahvoli barqaror deb baholandi.