Qozog‘iston O‘zbekistonga ko‘mir tashish tariflarini oshirmoqchi, biroq un tranziti uchun tariflarni kamaytirishni so‘ramoqda
18 iyul 2023, 12:33

Qozog‘iston O‘zbekistonga ko‘mir tashish tariflarini oshirmoqchi, biroq un tranziti uchun tariflarni kamaytirishni so‘ramoqda

Qozog‘iston O‘zbekistonga ko‘mir tashish tariflarini oshirishni rejalashtirmoqda, biroq ayni paytda O‘zbekistondan Afg‘onistonga un mahsulotlari tranziti uchun tariflarni kamaytirishni so‘ramoqda. Mamlakatlar bosh vazirlari o‘rinbosarlari Qarag‘andada maishiy texnika ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni ham muhokama qildi.

Rossiyada pasportini oldirib qo‘yib, maoshsiz ishlagan 12 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
18 iyul 2023, 11:52

Rossiyada pasportini oldirib qo‘yib, maoshsiz ishlagan 12 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Chuvashiya Respublikasida hujjatlarini oldirib qo‘yib, oylik maoshsiz ishlagan o‘zbekistonliklarning 12 nafariga vatanga qaytish sertifikati rasmiylashtirildi. Ular O‘zbekistonda yangi pasport oladi.

O‘zbekistonda ozodlikdan mahrum qilinganlar soni 4 yilda qariyb 3 baravarga oshdi
18 iyul 2023, 11:33

O‘zbekistonda ozodlikdan mahrum qilinganlar soni 4 yilda qariyb 3 baravarga oshdi

O‘zbekistonda sudlanganlar va ozodlikdan mahrum qilinganlar soni 4 yilda karrasiga oshgan. Sudlangan voyaga yetmaganlarning soni 3 baravardan ko‘proqqa oshgan. Bu Oliy sud ochiqlagan statistik ma’lumotlarda aks etadi.

Termizda 316 mln so‘m qalbaki pullar va alkogol mahsulotlari yoqib yuborildi
18 iyul 2023, 11:24

Termizda 316 mln so‘m qalbaki pullar va alkogol mahsulotlari yoqib yuborildi

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida soxta pullar yasovchi shaxsdan olib qo‘yilgan 50 ming so‘mlik kupyuradagi jami 316 mln so‘m qalbaki pullar va noqonuniy alkogol mahsulotlari yoqib yuborildi.

2023-yilning dastlabki 6 oyida tez yordamga 6,3 milliondan ortiq murojaat kelib tushdi
18 iyul 2023, 10:23

2023-yilning dastlabki 6 oyida tez yordamga 6,3 milliondan ortiq murojaat kelib tushdi

O‘zbekistonda 2023-yil yanvar-iyun oylarida tez tibbiy yordam xizmatiga 6 mln 337 mingta chaqiriq kelib tushdi. Ularning eng ko‘pi vodiy viloyatlari va poytaxtda qayd etilgan. 2022-yil davomida chaqiriqlar soni 13 milliondan oshgandi.

Sanjar Obidov Toshkent shahri hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi
18 iyul 2023, 09:52

Sanjar Obidov Toshkent shahri hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi

Sanjar Obidov Toshkent shahri hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi. U avval Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida faoliyat yuritgan. Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi direktori v.v.b. bo‘lib ham ishlagan.

Banklarda dollar kursi 11 665 so‘mgacha ko‘tarildi
18 iyul 2023, 09:49

Banklarda dollar kursi 11 665 so‘mgacha ko‘tarildi

Tijorat banklari 18-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 520−11 590 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 640−11 665 so‘m.

Farg‘ona viloyatida 2−3 balli zilzila sodir bo‘ldi
18 iyul 2023, 09:01

Farg‘ona viloyatida 2−3 balli zilzila sodir bo‘ldi

Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida 3,9 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu shaharga yaqin boshqa hududlarga 2−3 ball ko‘rinishida sezildi.

O‘zbekistonlik kurashchilar Osiyo chempionatida 8 ta medalni qo‘lga kiritdi
18 iyul 2023, 06:13

O‘zbekistonlik kurashchilar Osiyo chempionatida 8 ta medalni qo‘lga kiritdi

Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Iordaniyada o‘tkazilgan Osiyo chempionatida sakkizta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Makkada YTHga uchragan
18 iyul 2023, 06:00

Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Makkada YTHga uchragan

Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov Makka shahrida avtohalokatga uchragani haqida xabarlar tarqaldi. Buni tasdiqlagan imomning farzandi videomurojaat yo‘llab, otasini mashina turtib yuborgani, hozir uning ahvoli yaxshi ekani va har bir muolaja bepul amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.

17-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
17 iyul 2023, 22:00

17-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Jizzaxda YTH sabab vafot etgan ikki futzalchi, Toshkentda TAPOiCh ko‘prigidagi beton to‘siqqa urilgan Nexia-3, Gruziya portida logistika markazi ochishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston, iyun oyida inflyatsiya minimal darajaga yetgani va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

UzAuto Motors Qozog‘istonda Onix avtomobilini kichik uzelli yig‘ishni boshlashni rejalashtirmoqda
17 iyul 2023, 21:04

UzAuto Motors Qozog‘istonda Onix avtomobilini kichik uzelli yig‘ishni boshlashni rejalashtirmoqda

UzAuto Motors 2024-yilning birinchi choragida Qozog‘istonda Chevrolet Onix avtomobillarini kichik hajmda yig‘ishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Ushbu modelni yirik uzelli yig‘ish ishlari joriy yilning may oyidan boshlangan.

O‘zbekiston prezidenti Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradi
17 iyul 2023, 20:38

O‘zbekiston prezidenti Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18−19-iyul kunlari “Markaziy Osiyo — Ko‘rfaz arab mamlakatlari hamkorlik kengashi” formatidagi birinchi sammitda ishtirok etish uchun Jiddada bo‘ladi

Click Up ilovasida yangi “Mening avto” bo‘limi paydo bo‘ldi
17 iyul 2023, 19:00

Click Up ilovasida yangi “Mening avto” bo‘limi paydo bo‘ldi

Endi Click Up ilovasining “Mening avto” bo‘limida 15% gacha keshbek bilan sug‘urtani rasmiylashtirish va avtomobil haqidagi barcha ma’lumotlarni qo‘l ostida saqlash mumkin.

Toshkent aeroportida yo‘lovchilar va xodimlarni haqorat qilgan erkak 10 sutkaga qamaldi
17 iyul 2023, 18:00

Toshkent aeroportida yo‘lovchilar va xodimlarni haqorat qilgan erkak 10 sutkaga qamaldi

Mast holatda aeroport xodimlari va yo‘lovchilarni haqorat qilgan erkak Toshkent−Moskva reysida uchmaydigan bo‘ldi va 10 sutkaga qamaldi. Aniqlanishicha, u uch hafta oldin shu holatda bo‘lgani uchun besh kunga hibsga olingan bo‘lgan.

Jizzaxda ikki futzalchi YTH oqibatida vafot etdi
17 iyul 2023, 17:56

Jizzaxda ikki futzalchi YTH oqibatida vafot etdi

Jizzaxda ikki o‘zbekistonlik futzalchi yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi.

O‘zbekiston Gruziyaning Poti portida logistika markazi tashkil etishi mumkin
17 iyul 2023, 16:50

O‘zbekiston Gruziyaning Poti portida logistika markazi tashkil etishi mumkin

O‘zbekiston Gruziyaning Poti portida logistika markazi tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni AQSh, Kanada va Yaponiyaga soliq va Gruziyaning ushbu davlatlar bilan GSP+ dasturidan foydalangan xolda bojxona bojisiz re-eksport qilish imkonini beradi.

Nashida ortidan 3 yilga qamalgan yigitga nisbatan chiqarilgan sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi
17 iyul 2023, 15:40

Nashida ortidan 3 yilga qamalgan yigitga nisbatan chiqarilgan sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi

Toshkent viloyat sudi jihod va hijratga da’vat qiluvchi diniy mazmundagi nashidalarni 10 kishilik Telegram-guruhga yuborgani uchun 3 yilga qamalgan Jahongir Ulug‘murodovga nisbatan chiqarilgan sud hukmini o‘zgarishsiz qoldirdi.

Toshkentda Nexia-3 TAPOiCh ko‘prigidagi beton to‘siqqa urildi
17 iyul 2023, 15:18

Toshkentda Nexia-3 TAPOiCh ko‘prigidagi beton to‘siqqa urildi

Dushanba tongida Mirzo Ulug‘bek tumanida Nexia-3 TAPOiCh ko‘prikdagi beton to‘siqqa urildi. Voqeaga 21 yoshli fuqaroning boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan. Ikki yil avval ko‘prikdan Matiz ham qulab tushgandi.

Kreml don bitimi “amalda bekor qilinganini” e’lon qildi
17 iyul 2023, 15:05

Kreml don bitimi “amalda bekor qilinganini” e’lon qildi

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov 17-iyuldan boshlab Turkiya hamda BMT ishtirokida Ukraina bilan tuzilgan don shartnomasi amalda tugatilganini ma’lum qildi. U bunga bitimdagi Rossiya talablari bajarilmaganini sabab sifatida keltirgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting