Amman (Iordaniya) shahrida sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi (U-20) Osiyo chempionatida O‘zbekiston sportchilari yunon-rum kurashi bo‘yicha 8 ta medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Oltin:

-55 kg: Alisher G‘aniyev;

-63 kg: Xusniddin Olimboyev;

-72 kg: Abdullo Aliyev;

-77 kg: Azimjon Soatullayev.

Kumush:

-67 kg: Ilyosjon Abdinazarov;

-97 kg: Damirxon Rahmatov.

Bronza:

-60 kg: Quvonchbek Yaxshiboyev;

-87 kg: Abdulloh Abdumutalibov.

Umumjamoa hisobida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Erondan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.