Sanjar Omonxo‘jayevich Obidov Toshkent shahri hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Sanjar Obidov 1986-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Toshkent moliya instituti va Buyuk Britaniyaning Sterling universitetini tamomlagan.

U ushbu lovozimga qadar qator mas’ul lavozimlarda — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Pedagog kadrlar sifati nazorati, ta’lim hujjatlarini legallashtirish, tan olish va nostrifikatsiya qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i, Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi direktori v.v.b. bo‘lib ishlagan.