UzAuto Motors Qozog‘istonning Kostanay viloyatidagi “SariarkaAvtoProm” zavodida Chevrolet Onix avtomobillarini kichik uzelli yig‘ishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda hukumat rahbarlari o‘rinbosarlari darajasidagi mamlakatlar ishchi guruhi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Loyihani ishga tushirish 2024-yilning birinchi choragiga mo‘ljallangan. Ma’lum qilinishicha, shartnomalar tuzilib, payvandlash, bo‘yash, yig‘ish sexlari uchun uskunalarni tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Kostanayda Onix avtomobilini yirik uzelli yig‘ish ishlari 2023-yil may oyida boshlangan edi.

O‘zbekistonda ushbu markadagi avtomobilni seriyali ishlab chiqarish joriy yilning fevral oyida boshlangan. Bugungi kunga kelib, Onix uchun navbat 5300 ta, Tracker uchun esa 9200 tadan oshadi.