Xalqaro moliya korporatsiyasining (IFC) O‘zbekistonda paxtachilik va o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalari Yaponiya hukumatidan qo‘shimcha moliyalashtirdi, deb xabar berdi “Gazeta.uz"ga IFC matbuot xizmati.

Sektorni modernizatsiya qilish bo‘yicha ikkita tashabbusga qariyb 2 mln dollar yo‘naltirildi. Loyihalardan biri bozor tamoyillariga asoslangan barqaror paxta yetishtirish standartlari tizimini ishlab chiqish va joriy etish orqali O‘zbekistonda paxta yetishtirish amaliyotini va paxta sohasida mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan.

Shuningdek, Yaponiya hukumati IFCni O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikda barqaror kimyo sanoatiga xalqaro xususiy sarmoyalarni jalb qilish uchun teng sharoit va qulay muhit yaratish bo‘yicha ikkinchi loyihani amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlamoqda.

“Yaponiya hukumati xalqaro standartlarni joriy etish va IFCning qimmatli hissasini qo‘shish natijasida ushbu ikki loyiha O‘zbekiston uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan sohalarni isloh qilishga yordam beradi, deb ishonadi. Umid qilamizki, ko‘proq xorijiy sarmoyani jalb qilib, shu jumladan, yapon kompaniyalari ishtirokida, ushbu sohalarda savdoni jonlantirish imkoniyati yaratiladi”, — dedi Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi janob Yoshinori Fujiyama.