Iqtisodiyot

Yangi Silk Avia aviakompaniyasining birinchi samolyoti 21 mart kuni yetib keladi
19 mart 2023, 15:37

Yangi Silk Avia aviakompaniyasining birinchi samolyoti 21 mart kuni yetib keladi

Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasining birinchi ATR 72−600 samolyoti 21 mart kuni Toshkentga yetib kelishi kutilmoqda. Bangkokdan havoga ko‘tarilgan samolyot u olti joyga qo‘nadi. Kompaniya O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida arzon havo qatnovini yo‘lga qo‘yishga va’da bermoqda.

O‘zbekistonda piyoz eksportiga qo‘yilgan cheklov bekor qilindi
18 mart 2023, 18:16

O‘zbekistonda piyoz eksportiga qo‘yilgan cheklov bekor qilindi

O‘zbekistonda narxlar barqarorlashgani sababli piyoz eksportiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklov 15 martdan bekor qilindi. Avvalroq ichki iste’mol bozor narxini arzonlashtirish maqsadida mahsulotni chetga sotish 1 yanvardan boshlab 4 oyga to‘xtatilgan edi.

O‘zbekistonda “Tashabbusli budjet”ning ovoz berish bosqichi boshlandi
18 mart 2023, 13:46

O‘zbekistonda “Tashabbusli budjet"ning ovoz berish bosqichi boshlandi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Tashabbusli budjet” bo‘yicha ovoz berish boshlanganini e’lon qildi. Fuqarolar infratuzilmani yaxshilash, yo‘llar qurish, maktablarni ta’mirlash va boshqa loyihalarga ovoz berish orqali mahalliy budjetning jami 1,7 trln so‘mlik qismini taqsimlashda ishtirok etishi mumkin.

TDT a’zolari kapitali $500 mlnlik Turkiy investitsiya fondini tuzdi, O‘zbekistonning ulushi — $100 mln
17 mart 2023, 16:26

TDT a’zolari kapitali $500 mlnlik Turkiy investitsiya fondini tuzdi, O‘zbekistonning ulushi — $100 mln

Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar tomonidan tuzilgan Turkiy investitsiya jamg‘armasining ustav kapitali 500 mln dollarni tashkil qiladi. O‘zbekistonning undagi ulushi 100 mln dollarga baholanmoqda.

O‘zbekistonda ikkita yangi bank ro‘yxatdan o‘tkazildi
17 mart 2023, 11:50

O‘zbekistonda ikkita yangi bank ro‘yxatdan o‘tkazildi

O‘zbekiston Markaziy banki ikkita yangi bank — Apex Bank va Hayot Bank`ni ro‘yxatdan o‘tkazdi hamda ularga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berdi.

Banklarda dollar kursi bir necha kunlik ko‘tarilishdan so‘ng tushdi
17 mart 2023, 10:12

Banklarda dollar kursi bir necha kunlik ko‘tarilishdan so‘ng tushdi

Tijorat banklari 17 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 350 — 11 415 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 425 — 11 505 so‘m.

«Mamlakatlar tanazzuli sabablari»dan: Shu qadar yaqin, shu qadar farqli
16 mart 2023, 23:45

«Mamlakatlar tanazzuli sabablari»dan: Shu qadar yaqin, shu qadar farqli

Toshkentda «Mamlakatlar tanazzuli sabablari» kitobi hammuallifi Jeyms Robinson bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbir axborot hamkori hisoblangan «Gazeta.uz» nega ayrim mamlakatlar farovonroq degan savolga javob izlangan kitobdan parchalar e’lon qiladi.

Markaziy bank inflyatsiya ko‘rsatkichi pasayishini prognoz qildi
16 mart 2023, 17:24

Markaziy bank inflyatsiya ko‘rsatkichi pasayishini prognoz qildi

O‘zbekiston Markaziy banki ma’lum qilishicha, yillik inflyatsiya ko‘rsatkichi pasaygan, bu esa uning ikkinchi chorakda yanada pasayishi ehtimolini oshirgan. Anomal sovuq savdo va sanoatga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, lekin Markaziy bank birinchi yarim yillikning oxirigacha sohalardagi ko‘rsatkichlar tiklanishini kutmoqda.

ITB O‘zbekistondagi qishloq joylarni rivojlantirish uchun $200 mln ajratdi
16 mart 2023, 17:10

ITB O‘zbekistondagi qishloq joylarni rivojlantirish uchun $200 mln ajratdi

Islom taraqqiyot banki O‘zbekistondagi qishloq joylarni rivojlantirish uchun 200 mln dollar ajratdi. Loyihada 113 ta qishloqni rivojlantirish, yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, elektr ta’minoti tizimini yaxshilash rejalashtirilgan.

Markaziy bank asosiy stavkani 1 foizga tushirib, 14 foiz etib belgiladi
16 mart 2023, 12:17

Markaziy bank asosiy stavkani 1 foizga tushirib, 14 foiz etib belgiladi

Markaziy bank asosiy stavkani 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 14 foiz darajada belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

EastFruit portali — O‘zbekistonda pomidor narxining keskin oshishi sabablari haqida
16 mart 2023, 10:51

EastFruit portali — O‘zbekistonda pomidor narxining keskin oshishi sabablari haqida

O‘zbekistonda issiqxona pomidorining narxi keskin ko‘tarildi, buning sababi sifatida yanvar oyidagi anomal sovuq paytida issiqxonalarda hosilning nobud bo‘lgani ko‘rilmoqda. 10 martga qadar qizil pomidorning ulgurji narxi 27 ming so‘mga, pushti ranglisi esa 33 ming so‘mgacha ko‘tarilgan.

Banklarda dollar kursi biroz ko‘tarildi
16 mart 2023, 10:09

Banklarda dollar kursi biroz ko‘tarildi

Tijorat banklari 16 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 365 — 11 440 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 460 — 11 505 so‘m.

O‘zbek-qirg‘iz zavodida avtomobillarni yig‘ish iyul oyida boshlanishi rejalashtirilmoqda
15 mart 2023, 22:52

O‘zbek-qirg‘iz zavodida avtomobillarni yig‘ish iyul oyida boshlanishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston va Qirg‘iziston iyul oyida avtomobillarni birgalikda yig‘ishni boshlashni rejalashtirmoqda. Zavod Chuy viloyatining Ak-Suu qishlog‘ida qurilib, bu yerda 19 rusumdagi Chevrolet, Daewoo va Isuzu avtomobillarini yig‘ish belgilangan.

Niderlandiya kompaniyasi «O‘zbekkimyomash» zavodining 44,71 foiz ulushini sotib olmoqda
15 mart 2023, 22:03

Niderlandiya kompaniyasi «O‘zbekkimyomash» zavodining 44,71 foiz ulushini sotib olmoqda

Niderlandiyaning Tropidia Holding kompaniyasi «O‘zbekkimyomash» zavodi ustav kapitalidagi 44,71 foiz ulushini 37 mlrd so‘mga sotib olmoqda.

Rossiya kompaniyasi «Elektrqishloqqurilish» nazorat paketini xususiylashtiradi
15 mart 2023, 19:19

Rossiya kompaniyasi «Elektrqishloqqurilish» nazorat paketini xususiylashtiradi

«Ural energetika qurilish kompaniyasi» «Elektrqishloqqurilish» kompaniyasining nazorat paketini sotib oladi. 58,41 foiz aksiyalarni xususiylashtirish bo‘yicha bitim qiymati 93,2 mlrd so‘mga baholanmoqda.

Jenevada O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhining oltinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
15 mart 2023, 12:38

Jenevada O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhining oltinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

Shveysariyada O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha ishchi guruhi oltinchi yig‘ilishini o‘tkazmoqda. Unda mamlakat savdo rejimining barcha jihatlariga taalluqli 10 dan ortiq yangi hujjatlar ko‘rib chiqiladi.

Aksariyat banklar dollarni 11 500 so‘mdan sotishni boshladi
15 mart 2023, 10:12

Aksariyat banklar dollarni 11 500 so‘mdan sotishni boshladi

Tijorat banklari 15 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 000 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 455 — 11 505 so‘m.

Banklarda dollar kursi yana oshdi
14 mart 2023, 11:09

Banklarda dollar kursi yana oshdi

Tijorat banklari 14 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 365 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 430 — 11 480 so‘m.

E-aktiv`da ma’lumotni aks ettirish 2024 yilgacha ixtiyoriy bo‘ladi — Soliq qo‘mitasi
13 mart 2023, 17:48

E-aktiv`da ma’lumotni aks ettirish 2024 yilgacha ixtiyoriy bo‘ladi — Soliq qo‘mitasi

1 martdan E-aktiv tizimida soliq hisobi bilan bog‘liq operatsiyalarni aks ettirish majburiy bo‘lishi kerak edi. Biroq Iqtisodiyot va moliya vazirligi ixtiyoriy buyruqning amal qilish muddatini 2024 yil 1 yanvargacha uzaytirish bo‘yicha hukumatga taklif kiritdi.

O‘zbekistonda yosh oilalar daromadining ko‘proq qismini qarz to‘lashga sarflaydi — PMTI
13 mart 2023, 10:41

O‘zbekistonda yosh oilalar daromadining ko‘proq qismini qarz to‘lashga sarflaydi — PMTI

PMTI o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, yosh oilalar daromadining ko‘proq qismini qarz to‘lashga sarflayotganini ma’lum qilgan. O‘zbekistonda insonlarning daromadlari 30 yoshgacha tez o‘sishi, eng yuqori nuqtasi taxminan 30−50 yosh oralig‘ida saqlanib turishi va 60 yoshdan so‘ng keskin pasayishi aniqlangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting