9 oy ichida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 242,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 25 171 ta yengil avtomobillar eksport qilgan, deb xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi.

Qayd etilishicha, yengil avtomobil eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 14 036 taga oshgan.

2021 yilning 9 oyida xorijiy davlatlardan 18 150 ta yengil avtomobil import qilingan edi.

Avtomobillarning asosiy qismi hamon Qozog‘istonga jo‘natiladi — UzAuto Motors eksportining 95,9 foizi ushbu mamlakat hissasiga to‘g‘ri keldi (birinchi yarim yillikda bu ko‘rsatkich 93,7 foizni tashkil etgan). Ulardan keyin Ukraina (448), Rossiya (320), Afg‘oniston (128) va boshqalar.

Spot.uz xabariga ko‘ra, mart oyidan beri Qozog‘iston avtomobil bozorida mashhurlik bo‘yicha Chevrolet avtomobillari birinchi o‘rinlarni egallab turibdi. Mamlakatda yangi avtomobillar uchun navbatlar paydo bo‘lmoqda, shu sababli UzAuto ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonda avtomobillar narxi O‘zbekistonnikidan 1000 dollarga qimmatroq.

Avval xabar qilinganidek, joriy yilning sakkiz oyidaUzAuto Motors tomonidan 130,4 ming dona, avgust oyida esa 5534 dona, jumladan, 350 dona Cobalt, 177 dona Nexia, 2 dona Lacetti va birorta ham Spark ishlab chiqarilmagan. Sentabr oyida Lacetti ishlab chiqarish tiklandi, ammo ishlab chiqarish hajmi pastligicha qolmoqda. Kompaniya buni butun dunyoda kuzatilayotgan yarim o‘tkazgichlarning keskin tanqisligi bilan izohlamoqda.