Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 4 noyabrdan kuchga kiradi.

  • 1 AQSh dollari 16,94 so‘mga pasaydi va 10 695,06 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 26,07 so‘mga pasaydi va 12 398,78 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,06 so‘mga ko‘tarildi va 148,91 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 21,92 so‘mga ko‘tarilib, 10 712 so‘mni tashkil qilgandi.