Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 5 noyabrdan kuchga kiradi.

  • 1 AQSh dollari 14,66 so‘mga pasaydi va 10 680,40 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 59,71 so‘mga pasaydi va 12 339,07 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,17 so‘mga ko‘tarildi va 149,08 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 16,94 so‘mga pasayib, 10 695,06 so‘mni tashkil qilgandi.